Innovatsiyalar vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Geometrik materialni o’rganish bo’yicha qo’llaniladigan didaktik


Download 195.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana18.06.2023
Hajmi195.98 Kb.
#1564885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi (3)

1.3. Geometrik materialni o’rganish bo’yicha qo’llaniladigan didaktik 
materiallar 
Geometriyaga oid bilimlarni o’qitishda, mustahkamlash va olingan bilim, 
ko’nikma, malakalarni nazorat qilish uchun kerakli barcha ta’lim vositalari 
darsning didaktik ta’minoti deyiladi. 
Didaktik ta’minot tarkibida darslik va bosma asosli daftardan tashqari 
ko’rgazmali qurollar (geometrik figuralarining modellari, geometrik figuralarining 
rasmlari, qismlarga ajaratilgan geometrik figuralar tasvirlangan plakatlar), 
tarqatma materiallar (o’chash, hisoblash ishlarini bajarishga oid geometrik 
figuralar modellari yoki ular tasvirlangan kartochkalar, testlar, geometrik masala 
yozilgan kartochkalar) nazorat qilish uchun kerakli materiallar (amaliy ishlar, 


13 
testlar, diktantlar mustaqil ishlar, dars ishlanmalari, axborot texnologiyalari, 
pedagogik texnologiyalar).Geometrik materiallni o’qitish jarayonining sifati va 
samaradorligini oshirish maqsadida o’quv-metodik kompleksi yaratiladi. Bu 
kompleksi tarkibida darslik va bosma asosli daftardan tashqari, matematikadan 
topshiriqlar yozilgan kartochkalar, o’qituvchilarga mo’ljallangan metodik 
tavsiyalar va ko’rsatmalar va boshqalar kiradi. 
Geometrik materiallni o’qitish vositalari orasida geometrik topshiriqlar 
yozilgan kartochkalar muhim o’rin tutadi. Bular darsliklarga qo’shimcha tariqasida 
nashr qilinadi. Ularning asosiy maqsadi individual topshiriqlar bo’yicha 
bolalarning 
mustaqil 
ishlarini 
tashkil 
qilishda, 
programmaning 
asosiy 
materiallarini puxta o’zlashtirishda o’qituvchiga yordam berishdan iborat. Shunday 
qilib, kartochkalar darsliklarni mashqlar bilan to’ldirishgagina mo’ljallangan 
bo’lmay, balki bolalarning, darslikka yuklab bo’lmaydigan, mustaqil o’quv 
faoliyatlarini 
boshqarishning 
bir 
qator 
funksiyalarini 
ham bajaradi. 
Kartochkalardan har xil foydalanish mumkin. Masalan, ulardan o’qituvchi 
mustaqil va nazorat ishlarni o’tkazishda, o’quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni 
to’ldirishda, frontal, gruppaviy va individual ishlarni tashkil qilishda, bilimlarni 
umumlashtirish va sistemaga solishda, bilimlar, malakalar va ko’nikmalarni 
hisobga olish va nazorat qilishda foydalanishi mumkin. 
Geometrik materialni o‘rgatish vazifalarini hisobga olgan holda o‘qitishning 
har xil vositalaridan keng foydalanish kerak. Bular geometrik figuralarning rangli 
kartondan yoki qalin qog‘ozdan tayyorlangan demonstratsion, butun sinf uchun 
mo‘ljallangan modellari, figuralar tasvirlangan plakatlar, doskadagi chizmalar, 
diapozitivlar, diafilmlardan iborat. Bundan tashqari, individual ko‘rgazmalar ham 
kerak bo‘ladi. Bular qog‘oz poloskalar ko‘rinishidagi tarqatma materiallar, 
figuralar modellari, qog‘oz va kartondan qirqilgan har xil uzunlikdagi cho‘plar va 
boshqa narsalar bo‘lishi mumkin. Ayrim mavzularni o‘rganishda o‘quvchilar bilan 
birgalikda qo‘lda ko‘rgazma-qo‘llanmalar tayyorlash foydali, bular to‘g‘ri, o’tkir, 
o’tmas burchak modeli, ko‘pburchaklar modellari (shu jumladan to‘g‘ri 


14 
to‘rtburchaklar va kvadratlar ham) va boshqa narsalardan iborat. Doskada 
chizmalarni bajarish uchun chizmachilik o‘lchash asboblari to’plami, chizg‘ich, 
chizmachilik sirkuli albatta sinfda mavjud bo‘lishi kerak. Shunday asboblar har bir 
o‘quvchida ham bo‘lishi kerak. Birinchi sinfdan boshlab o‘quvchilarda nuqta, 
to‘g‘ri chiziq, nur, egri chiziq, kesmalarni bir-biridan farqlash o’rgatiladi. 1-sinf 
Matematika darsligi (L. O’rinboyeva va boshq. Toshkent: Respublika ta’lim 
markazi, 2021. – 160 b.) da 3-bob “Geometrik shakllar” deb nomlangan. 20 soatga 
mo’ljallangan ushbu bob o’qituvchi tomonidan mukammal tushuntirilsa, o’quvchi 
sodda geometrik shakllar bo’yicha beriladigan savollarga javob berib, qanday 
chizish, yasashni ko’rsata oladi. Mashqlarni bajarish asosida o‘quvchilar to‘g‘ri va 
egri chiziqlarning ba‘zi xossalari bilan tanishadilar. Masalan. bolalar nuqtadan 
chiziqlar o‘tkazish bo‘yicha mashq qilib, bir nuqta orqali istalgancha to‘g‘ri va egri 
chiziq o‘tkazishlari mumkin, ikki nuqta orqali bitta to‘g‘ri chiziq, istalgancha egri 
chiziq o‘tkazish mumkin degan xulosaga keladilar. Kesma bilan ham o‘quvchilar 
amaliy tanishadilar. Agar to‘g‘ri chiziqqa ikkita nuqda qo‘yilsa, to‘g‘ri chiziqning 
chegarasi shu nuqdalardan iborat qismi to‘g‘ri chiziqchalar kesmasi yoki qisqacha 
kesma deyiladi. Kesmaning chegaralarini chiziqchalar (shtrixlar) bilan belgilash 
ham mumkin. 
2-sinf matematika darsligi (L. O’rinboyeva va boshq. Toshkent: Respublika 
ta’lim markazi, 2021. – 192 b.) da esa turli materiallardan yassi geometrik shakllar, 
sodda fazoviy shakllarni yasash, sodda shakllardan murakkab geometrik shakllarni
hosil qilishni, to’g’ri to’rtburchak va kvadratni farqlashni, ularning perimetri, 
yuzasini topishni o’rganadilar. Ko’pburchak va uning perimetri, fazoviy geometrik 
shakllar, ularning yasalishi bilan tanishadilar. 3-sinf darsligi orqali sodda 
geometrik shakllar(kesma, nur, to’g’ri, egri chiziq, parallel va perpendikulyar 
chiziqlar, simmetriya o’qi) ning ta’rifini o’rganadilar, uchburchaklar qaysi 
belgisiga ko’ra teng yonli, teng tomonli va turli tomonli bo’lishini o’qib, bilib 
oladilar.
Kesma, doira, uchburchak, ko’pburchaklarni teng bo’laklarga bo’lish 


15 
topshirig’i orqali ularda ko’zda chamalash ko’nikmasi rivojlantiriladi. Butunni 
teng qismlarga bo’lish topshirig’i bolalarni geometrik shakllarni o’lchashni aniq 
bajarishga undaydi. 4-sinfda bolalar avvalgi sinflardagi geometrik bilimlarini 
yanada mustahkamlaydilar. Darslikda geometrik shakllar geometrik jismlar va 
yassi shakllarga ajratib ko’rsatiladi, ko’pyoq, uning xossalari, parallelepiped va 
kubning ta’rifi keltirilgan, murakkab shaklda uchburchak va to’rtbrchaklar 
nechtadan ekanligini. Geometriyaga oid qiziqarli masalalardan matematika, 
darslarida foydalanilsa, dars jarayoni qiziqarli kechadi, shuning bilan birga 
o’quvchilarning mantiqiy fikrlashi va tafakkuri rivojlanadi, o’z fikrini asoslash 
ko’nikmalari shakllanadi, olgan bilimlarini hayot bilan bog’lay oladi. 
Boshlang’ich sinflarda matematika darslarida kichik – kichik matematika 
diktantlar o’tkaziladi. Ushbu diktantlarga geometrik mazmundagi materiallarni 
kiritib borish maqsadga muvofiq. Bu geometriya elementlari haqida olingan 
bilimlarni mustahkamlashga, eslashga hamda shakllarning gavdalantirishga, 
shakllarni xossalarini yodda saqlashga yordam beradi. 
Olingan bilimlarning mustahkamlashning va tekshirishning yana bir usuli 
testdir. Geometrik testlar – bu masalalar to’plami emas, balki maxsus vazifalar 
to’plami bo’lib, ular shunday tuzilganki o’quvchi maktab dasturidan nimani va qay 
darajada egallaganini tekshiruvchi omildir. Shuni ta’kidlash kerakki, ob’yekt 
shaklini to’g’ri idrok qilish uchun, predmet formalarini abstraktlashtirish 
qobiliyatini rivojlantirish uchun o’quvchilarning shakllarning modellarini 
kuzatishlarigina emas, balki ularning o’zlari tomonidan shunday modellarning 
mustaqil yaratilishi ham juda muhimdir. Bu o’rinda mashhur geometr N. A. 
Izvolskiyning «Biror geometrik obrazni o’rganishdan avval bu obrazni yaratish, 
ro’yobga chiqarish kerak» degan fikrini keltirish o’rinlidir. Shu maqsadlarda 
(mehnat ta’limi yoki matematika darslarida) dastlabki paytlarda geometrik 
shakllarning modellarini andaza (shablon) ustidan qalam yuritish yo’li bilan hosil 
qilishdan foydalanish mumkin.
 


16 

Download 195.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling