Innovatsiyalar vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
II Bob. Boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’rgatishning metodikasi
Download 195.98 Kb. Pdf ko'rish
|
kurs ishi (3)
II Bob. Boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’rgatishning metodikasi
2.1 .Geometrik material ustida ishlash metodikasi Qurilmalarning aniqligi va o'lchashga oid dastlabki tasovvurlar bolalar ongida boshlang'ich sinflardayoq shakllana boshlaydi. I sinf o'quvchilari chizg'ich yordamida kesmalarni 1 sm.gacha aniqIik biIan o'Ichash ko'nikmasiga ega bo'lishlari kerak. Bunday sharoitda zaruriy amaliy ishlarni bajarilishi aniqligini muntazam kuzatib borish zarur bo'ladi. Chizish asboblari va qalamlardan foydalanishda bolalar oldiga yozish va hisoblash ko'nikmalarini shakllantirish kabi jiddiy talablar qo'yish kerak. Chizish va o'Ichashga oid ko'nikmalarni shakllantirish ishlarini asta - sekin va izchillik bilan, buning uchun nafaqat matematika, boshqa fanlardan, jumladan, mehnat darsi, tasviriy san'at, tabiatshunoslik mashg'ulotlaridan ham foydalanish lozim. Biz I-IV sinflarda geometriyadan amaliy ishlar haqidagi masalani ko’rib o’tamiz. Bunday ishlarning mohiyati haqida F.A.Orexov quyidagicha yozadi: "Geometriyadan amaliy ishlar o’quvchilarning o’qituvchi rahbarligidagi o’qitish faoliyati ko’rinishlaridan biridir. Bunday o’qish jarayonida geometriya geometrik obrazlarni qurish hamda yasash, hosil bo’lgan figuralar va ular orasidagi munosabatlarni o’quv nazariy va amaliy tadqiqot yo’li bilan o’rganiladi." Amaliy ishlar o’quvchilarning geometrik shakllar va ulardagi miqdoriy o’zlashtirishlariga, olingan bilimlarini turli amaliy na nazariy masalalarni hal etishga tatbiq qila olishlariga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Amaliy ishlar ta'lim berishda perspektiv prinsipni amalga oshirish uchun ahamiyatga ega. Bu prinsipning mohiyati boshlang’ich maktabga nisbatan quyidagidan iborat: geometrik materialni o’rganish vaqtida geometrik figuralar haqidagi tasavvurlarni to'plash, geometrik figuralarni yasash malakalarini hosil qilish yo’li bilan navbatdagi sistematik kursni o’rganishga tayyorlash. Darsda o’quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish o’qituvchi uchun eng qiyin, shu bilan birga muhim ishdir. Amaliy ishlar o’qitishning jami ish ritmini 17 buzmasdan, differensiallab olib borish imkonini beradi. Jadvalli amaliy ishlarda ilgari o’rganilgan mavzuni takrorlash yangi o’tish bilan birga olib boriladi, geometrik tasavvurlarning to’planishiga asoslanib navbatdagi mavzularni o’rganish uchun zarur bo’lgan shart-sharoit vujudga keladi"-deb yozadi F.A.Orexov. Amaliy ishlar fanlararo aloqalarning eng yaxshi vositalaridan biri bo’lib, o’quvchining o’z-o’zini nazorat qilish ko’nikmasini rivojlantiradi va takomillashtiradi, mustaqil ishlarini ta'minlaydi, qiziquvchanligini va topqirligini o’stiradi. Matematikadan amaliy ishlarga bag’ishlangan maqolalarning ko’pchiligi ham bu ishlarning pedagogik nuqtai-nazaridan maqsadga muvofiqligini, mamlakatimizda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mulki bo’lib qolayotganligi haqida guvohlik berib turibdi. Maktabda matematika o’qitishda amaliy ishlardan foydalanish g’oyasi, matematika ta'limi ishining mazmun, shakllari, metodlari va turlarida borgan sari keng aks etmoqda. Amaliy ishlarga hisoblash, o’lchash, yasash, chizish usullarini kompleks qo’llanishini talab etadigan barcha ishlar taalluqlidir. F.A.Orexov amaliy ishlarni uch guruhga bo’ladi: tayyorlov, asosiy va amaliy ishlar. Muallif ko’rsatadiki, tayyorlov ishlari yordamida yangi materialni o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan masalalar takrorlanadi, o’tiladigan mavzu bolalarning kuchi yetadigan shaklda qo'yiladi. Asosiy ishlarni bajarish bilan o’quvchilar o’rganilayotgan figuralarning xossalarini ko’rib chiqadilar va isbot qiladilar. Amaliy (tatbiqiy) ishlarni bajarishdan maqsad topilgan xulosalarni amaliy va nazariy masalalarga qo’llanishidir, buning natijasida bolalarning bilimi chuqurlashadi va mustahkamlanadi". Boshlang’ich sinflarda ta'lim berish o’ziga xos xususiyatlarga ega. Matematikadan amaliy ishlarning ichki tuzilishi masalasi alohida e'tibor berishni talab etadi. Amaliy ishlarda bajariladigan topshiriqlarning hajmi ba'zi hollarda barcha mazmuniy tayanch bandlarni o’z ichiga oladi, bu bandlarni o’zlashtirish o’rganilayotgan mavzuni butunlay tushunishni ta'minlaydi. O'zining ichki tuzilishiga ko’ra bitta amaliy ish yo bitta mustaqil topshiriqdan iborat bo'lishi, yoki 18 2-4 va undan ortiq topshiriqni o’z ichiga olishi mumkin, keyingi holda ularning bir qismi didaktik maqsadlarga qarab uyda yoki darsning istalgan qismida bajarilishi mumkin. Jihozlar: o’quvchilarda amaliy ishlarda chizmalar (rasmlar, sxemalar) chizishlari uchun kataklarga bo’lingan maxsus daftar, shuningdek, chizg’ich, chizmachilik uchburchagi va qalamlar bo’lishi kerak. O’qituvchi chizmachilik qurollaridan foydalanish qoidalarini o’quvchilarga tushuntirib berishi lozim. Darsda individual yondashish, o'quvchilaming individual xususiyatlarni hisobga olish o’qituvchi ishining mas'uliyatli va muhim jihatlaridan biridir. Amaliy ishlar, birinchidan, bolalarning individual xususiyatlarini o’rganish uchun qulay sharoit yaratadi. Haqiqtan ham, o'quvchilar amaliy ishlar tipidagi topshiriqlarni bajarayotganlarida o’qituvchi ularning ishini kuzatib borish - imkoniga ega bo'lib, amaliy ishlarning o’ziga xos xususiyatlarini qayd qilib boradi, bolalar duch kelayotgan qiyinchiliklarni ko’radi. Bu kuzatishlar o’qituvchiga har bir o’quvchining imkoniyatini aniqlash va bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olishi lozim. Jumladan, o'quvchilar asosiy topshiriqni bajarganlaridan so’ng ularga alohida topshiriqlarni berish foydalidir. Bunday qo’shimcha topshiriqlar sifatida (masalan, berilgan chizma bo’yicha) boshqa masala tuzish va uni yechishni yoki masalaning boshqacha yechilishini topishni, bitta masala yechilishining turli usullarini taqqoslashni berishi mumkin. Materialni tanlashda bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olib jadval usulda bosilgan didaktik materiallar, shuningdek, o'qituvchining o’quvchilar bilan birga tayyorlagan didaktik material katta yordam berishi mumkin. Bilim, malaka va ko’nikmalarni hisobga olish. Amaliy ishlar o’quvchilarning bilmlari, malakalari va ko’nikmalarini ratsional aniqlashga imkon beradi. Amaliy ishlarni o’quvchilar mustaqil bajarayotganlarida o’qituvchi o’quvchilar duch kelayotgan qiyinchiliklarni kuzatish imkoniga ega bo'ladi, ish qanday ketayotganligini baholaydi,qiynalayotgan o’quvchiga yordam beradi va h.k.Bilimlarni tekshirish va 19 baholashga kam vaqt ketadi. Ishlarni tekshirish va baholashni tezlashtirish uchun o’lchashlar va hisoblashlar natijalarini oldindan tayyorlab qo’yish muhimdir. Download 195.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling