Innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti
Mulk qismlarining o‘zaro munosabatiarini aks ettiruvchi pozitsiya
Download 161.24 Kb.
|
Mamatqulov 21-19 (2) (2)
Mulk qismlarining o‘zaro munosabatiarini aks ettiruvchi pozitsiya asosida quyidagi tamoyillar yotadi:
— qo‘shimcha mahsuldorlik tamoyili; — hissa tamoyili; — o‘suvchi va kamayuvchi samaradorlik tamoyili; — balanslilik (proporsionallik) tamoyili; — optimal miqdorlar tamoyili; — iqtisodiy bo‘linish tamoyili. Qo‘shimcha mahsuldorlik mehnat, mablag' va boshqaaiv xarajatlar qoplangandan keyin, yerga taalluqli sof daromad bilan belgilanadi. Mazkur tamoyil tovarlami ishlab chiqarish yoki xizmatlar uchun ishlab chiqarishning to‘rtta omili mavjudligi va zarurligi to‘g‘risidagi mumtoz iqtisodiy nazariya qoidasini aks ettiradi. Bular yer, mehnat, mablag' va boshqaruv omillaridir. Shu mavjud omillardan lozim darajada foydalanganda daromad olish va ularga sarflangan xarajatlar qoplanganidan keyin qolishi mumkin boigan qo'shimcha qiymat yerga taalluqlidir. Qo'shimcha mahsuldorlik shuning natijasida hosil boiadiki, yer sotuvlaridan keladigan foydani ko'paytirish, xarajatlami kamaytirish yoki alohida ehtiyojlarni qondirish hisobiga qo'shimcha daromadlar olish imkonini beradi. Masalan, bozor avj olgan joydagi do‘konda, shunga o'xshash shaharchekkasida joylashgan do'konga nisbatan tovarlar ko'proq sotiladi. Iste’molchilarninggeografik markazlarida joylashgan ulguiji savdo ombori transportga ketadigan xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Hissa — ishlab chiqarish omillarining biror bir tarkibiy qismining mavjudligi yoki yo'qligi tufayli mulk qiymati o‘zgaradigan summa. Boshqacha aytganda, hissa — ishlab-chiqarish omillarining muayyan tarkibiy qismlarining mavjudligi natijasi bo'lgan mulk qiymatiga qilingan qo‘shimchadir. Bunda hissa miqdori, odatda, kо‘rib chiqilayotgan tarkibiy qismning aniq qiymatiga mos kelmaydi. Hissa tamoyili, odatda, eng yaxshi va samarali mulkdan foydalanish tahlil etilganda ortiqcha yoki yetishmagan yaxshilanishlarni aniqlash uchun foydalaniladi. O‘suvchi va kamayuvchi samaradorlikning mohiyati shundaki, ishlab chiqarish omillarining biror bir zaxirasi o'sib borgan sari sof samaradorlik avvaliga ko‘payadi, keyin esa, aksariyat, kamayadi. Mikroiqtisodiyotda bu tamoyil chegaraviy samaradorlikning kamayishi qonuniga mos keladi. Bu qonun qolganlari doimiy bo‘lgani holda faqat bitta omil o'zgaradigan vaziyatga to‘g‘ri keladi. Mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishi kam ayib boradigan o‘zgaruvchan omil miqdori chegaraviy samaradorlikning kamayish nuqtasi deb ataladi. O'suvchi va kamayuvchi samaradorlik tamoyilining amal qilishini yer massivi qurilishi misolida ko‘rib chiqamiz. Quruvchida tanlash irnkoni bo‘lsa, yer massivini istalgan miqdordagi yer maydonlariga bo‘lib chiqishi va tegishli ravishda har bir obyektda bir oilali turar-joyni qurishi mumkin. Ehtimol, obyekt hajmiga ko'tariladigan uy-joyning sifatiga ham bog'liq bo'ladi va tegishli ravishda uning qiymati ham o‘zgaradi. Quyidagi jadvalda turli yer obyektlari miqdori uchun foyda hisobkitobi namunasi misol sifatida keltirilgan: Umumiy foyda miqdorlarining raqamli tartibi shuni ko'rsatadiki, chegaraviy samaradorlikning kamayish nuqtasi to'rtta obyektga to‘g‘ri keladi, ya’ni obyektlar sonining bundan keyingi ko'payishi umumiy daromadning kamayishiga olib keladi. Balans tamoyili shundan iboratki, yeming eng katta qiymatiga erishiladigan ishlab chiqarish omillarining maqbul birikmasi istalgan turdagi mulk uchun to‘g‘ri keladi. Agar muvozanat tamoyili buzilsa, unda «kam yaxshilangan» yoki «ortiqcha yaxshilangan» mulk paydo bo‘ladi. Bunday hollarning har bittasida yerdan samarasiz foydalanganlik tufayli u o'z qiymatini yo'qotadi, bunday mulk bilan ehtimolli bitishuvlar bo‘yicha tavakkal ortadi. Muvozanat tamoyili nafaqat alohida mulk, balki daha, tuman, shahar uchun ham qo’llanishi mumkin. Download 161.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling