Innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti


Download 161.24 Kb.
bet2/12
Sana05.04.2023
Hajmi161.24 Kb.
#1273457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mamatqulov 21-19 (2) (2)

KIRISH




I

Yer osti konstruktsiyalari haqida umumiy tushuncha




1.1

Qurilish konstruktsiyalarni rivojlanish tarixi




1.2

Qurilish maydonida yershunoslikka oid izlanish o'tkazish




1.3

Poydevor turlari va ularni loyihalash




1.4

Qurilish konstruksiyalariga qoʻyiladigan asosiy talablar




II

Yer osti konstruktsiyalarga ta’sir etuvchi tashqi va ichki omillarga qarshi himoya choralari




2.1

Yer osti konstruksiyalarining mustahkamligi va bikrligini ta’minlash




2.2

Yer osti konstruksiyalarining zilzilabardoshliligini oshirish




2.3

Qurilishda qo’yiladigan barcha umumiy iqtisodiy talablar













III

Hisob qisim




IV

Xulosa




V

Foydalangan adabiyotlarim






KIRISH
Mustаqillik yillаridа O’zbеkistоndа misli ko’rilmаgаn ko’lаmdа mukаmmаl qurilish ishlаri аmаlgа оshirilmоqdа, qurilish sоhаsi esа xаlq xo’jаligining yetаkchi sоhаlаridаn birigа аylаndi. O’tgаn yillаr dаvоmidа ko’plаb zаmоnаviy turаr-jоy binоlаri, kаsb-hunаr kоllеjlаri vа аkаdеmik litsеylаr, mаktаblаr, оliy o’quv yurtlаri, shifоxоnаlаr, bаnklаr, mеhmоnxоnаlаr, sаnоаt, qishlоq xo’jаlik binоlаri vа inshооtlаri, yo’llаr vа ko’priklаr bаrpо etildi. Buyuk Sоhibqirоn Аmir Tеmurning «Bizning qudrаtimizgа shubhа qiluvchilаr bo’lsа, biz qurgаn imоrаtlаrni ko’rsinlаr» dеgаn so’zlаri hоzirgi kundа hаm o’z аhаmiyatini yo’qоtmаgаnigа ushbu qurilishlаr dаlil bo’lа оlаdi.
Mustaqillikdan keyin O’zbekistonda turli hil bino va inshoatlar qurila boshladi. Bularga misol qilib aytsam:
Tashkent City hududida barpo etilgan mehmonxona binosi 21 qavatga ega. Bu xalqaro ishbilarmonlik markazida faoliyat yuritadigan oltita mehmonxonaning birinchisi. 
Mehmonxonadagi 258 ta xonalari standart, lyuks hamda fransuz, ingliz, arab va mumtoz uslubda barpo etilgan 8 ta prezident xonalaridan iborat. Prezident lyuks xonalarining maydoni 250 kv. m bo‘lib, mehmon kutish zali, tushlik zonasi va oshxonani o‘z ichiga oladi.
Hilton Tashkent City`da tadbirlar o‘tkazish uchun beshta ko‘p tarmoqli anjumanlar zali hamda yozgi ayvonga chiqishli banket zali mavjud. Ularning umumiy maydoni 2450 kv. m ni tashkil etadi. Barcha anjumanlar zallari birinchi va ikkinchi qavatlarda joylashgan bo‘lib, tabiiy yoritish imkoniyatlariga ega.
Nest One - Toshkent shahrida qurilayotgan koʻp funksiyali osmonoʻpar bino boʻlib, balandligi 266,5 m boʻlgan “Toshkent City”
Kompleksning markaziy va eng baland minorasi 51 qavatdan iborat boʻlib, turar joy xonalari, ofislar, restoranlar, sport maydonchalari va boshqa jamoat joylarini oʻz ichiga oladi. Kompleksning qo'shni binolarida ofis maydoni va besh yulduzli "The Ritz-Carlton" mehmonxonasi joylashgan.
Loyihaning umumiy maydoni 187,284 kv.m. Yer uchastkasining umumiy maydoni 14,779 kv.m. Loyiha byudjeti 150 million AQSh dollarini tashkil etadi.
2021-yilning fevral oyida AKFA Universiteti yangi zamonaviy kampus qurilishi boshlangani haqida eʼlon qildi. Kampus Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan edi. 2021-yilning avgust oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarini oʻzgartirish boʻyicha qaror qabul qildi.. Natijada endilikda kampus Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashdi.
AKFA Universiteti maʼlumotiga koʻra, Turkiyaning NKY Architects and Engineers kompaniyasi kampusning konseptual dizaynini ishlab chiqdi.. Yangi kampus 2021-yilning oktabr oyida ishga tushdi.
Kampus qurilishi boshlanishidan avval universitetga yer ajratish masalasi katta munozaraga olib keldi. Avval hukumat universitetga yerni bepul ajratmoqchi edi. Buning evaziga universitet taʼlimni rivojlantirish uchun sarmoya kiritish majburiyatini olishi kerak edi. Lekin bu OAV va jamiyat orasida munozaralarga olib keldi. Natijada universitet kampus uchun yerni mahalliy fermadan sotib oldi.
Tashkent-City (“Tashkent City” xalqaro biznes markazi, “Tashkent City” IBC) – Toshkent shahrida qurilayotgan biznes markazi. Shayxontoxur tumanida, Alisher Navoiy shoh ko'chasi, Olmazor va Furqat ko'chalari hamda Islom Karimov shoh ko'chalari oralig'ida joylashgan.
Tashkent City IBC doirasida biznes, turar-joy xonadonlari va hordiq chiqarishni birlashtirgan tadbirkorlik faolligi zonasi yaratilmoqda. “Tashkent City” IBC loyihasining boshqaruvchi kompaniyasi “Tashkent City” direksiyasi hisoblanadi.
Buzilgan Olmazor va Ukchi mahallalari oʻrnida, umumiy maydoni 80 gektar boʻlgan hududda qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu Oʻzbekistondagi bir martalik eng yirik qurilish loyihasidir. Loyihaning qurilishi xususiy investorlar tomonidan moliyalashtirilmoqda



Download 161.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling