Innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti huziridagi sharof rashidov politexnika texnikumi
Download 1.07 Mb.
|
MAJMUA.guldu.uz-EKOLOGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.00. Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar 1072
- 3.00. Umumkasbiy fanlar 3578
- 4.00 Ixtisoslik fanlari 288
- 5.00 Qo’shimcha fanlar 416
- 6.00 Tanlov fanlari 232
- 8.00 Bitiruv malakaviy ishi 378
- Xammasi: 9072 2-ilova 5441500 –Ekologiya
- Fanlar Umumiy yuklamanihaj mi, soatlarda
- Ja’mi: 232
- Kirish Umumiy
2-ilova 5441500 –Ekologiya yo’nalishi bo’yicha tanlov fanlarining taxminiy ro’yxati
Eslatma: Talabalar avvalo pedagogik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish yo’nalishlaridan birini tanlab ushbu fanlardan 5-6 tasini tanlab o’qiydilar. Yo’nalishlar bo’yicha tanlov fanlarining ishchi dasturlari fakultet ilmiy kengashida tasdiqlanadi. NAMUNAVIY O’QUV DASTURIKirish Umumiy ekologiya kursini o’tishdan maqsadi, talabalarga organizm va tashqi muhit orasidagi bog’lanishlar, tashqi muhit omillarining tirik organizmlarga ta’siri, jamoada organizmlar va tashqi muhit bilan munosabatlarni umumiy qonuniyatlari to’g’risida, organizmlar sonining dinamikasi, jamoalar tuzilishi va dinamikasi to’g’risida bilim berishdir. Shu bilan birga tabiat va jamiyat bir butunligi, biosferaga antropogen omillarning salbiy ta’siri, tabiatni muhofaza qilish masalalari to’g’risida talabalarga tushuncha beriladi. Ekologik xavfni oldindan aniqlash va uni oldini olish, yer, havo, suv tozaligini asrash, o’simlik va hayvonlarni yo’qolib ketishiga yo’l qo’ymaslik, barqaror taraqqiyotga erishish asosi ekanligi to’g’risida hozirgi zamon bilimlarini beradi. Ekologiya fanining predmeti va hozirgi zamon fanlari orasida tutgan o’rni. Hayotning pog’anali tizimida ekologik kuzatishlar obyekti. Ekologik uslublarning o’ziga xos xususiyatlari. Hozirgi ekologiyaning bo’linishi, uning boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Ekologiya tabiatni muhofaza qilishda va tabiiy resurslardan foydalanishda nazariy asos ekanligi, ekologik o’zgarishlarning dolzarbligi. Ekologiya tarixi O’rta Osiyoda ekologiyaning rivojlanishida D.N.Qashqarov, Ye.P.Karovin, T.Z.Zohidov, I.I.Granitov, K.Z.Zokirov, A.T.To’laganov va boshqa olimlarning roli. Hozirgi zamon ekologiyasining dolzarb masalalari. Autekologiya Omillar ekologiyasi, muhit to’g’risida tushuncha. Muhit yashash sharoiti va manba sifatida. Fizik-kimyoviy muhit to’g’risida tushuncha. Quruqliu va havo muhiti, suv muhiti, tuproq yashash muhiti sifatida. Abiotik omillar. Ekologik omillar klassifikasiyasi. Abiotik omillar, ularning organizmlarga ta’sir qilishi. Iqlim omillarining ekologik roli – harorat, yorug’lik, namlik, nurlanish, organizmlarning ularga moslashuvi. Biotik omillar (fitogen, zoogen, antropogen, mikrobiogen, mikogen). Organizmlarga ekologik omillar ta’sirining umumiy qonuniyati va organizmlarning unga reaksiyasi. Ekologik omillarning bir-biriga ta’siri, cheklovchi omillar, chidamlilik. Ekologik valentlik. Organizmlarning indikasion ahamiyati. Biosfera ta’limoti Biosfera to’g’risida tushuncha. Biosfera haqida hozirgi zamon ilmiy qarashlarining shakllanishida V.I.Vernadsikyning roli. Tirik va biokos modda. Biosferaning energetika balansi. Tirik modda va uning fnuksiyalari. Asisiy kimyoviy elementlarning aylanma harakati, quruqlik va okeanning birlamchi hosildorligi. Odam va biosfera. Asosiy biogen elementlarning tabiiy sikllarga antropogen ba’siri. Inslniyat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan biosfera energetik balansining o’zgarishi. Noosfera konsepsiyasi. Global ekologiyaning vujudga kelishi. Inson faoliyatining turli sohalarida, salbiy va ijobiy ta’siri. Ekologik muammolari. O’simlik va hayvonlarni muhofaza qilish. Ularni biosfera va inson hayotidagi roli. Biologik xilma-xillikni asrash. O’zbekiston «Qizil kitoblar». Tabiat muhofazasi va xalkaro hamkorlik, barqaror rivojlanish konsepsiyasi, Ekologik ta’lim va tarbiya. Tabiatni muhofaza qilishda va tabiatdan rasional foydalanish muammolarini yechishda ekologiya ilmiy asos ekanligi. Atrof-muhit holatini aniqlashda ekologik indikasiyaning roli. Ekologik ekspertiza, Ekologik monitoring. Tabiatga insonning bevosita va bilvosita ta’siri. Aholi sonini o’sishi, ilmiy texnik progress, hozirgi zamonda biosferani himoya qilish insoniyatni eng muhim muammolaridan biri ekanligi ekologiya xavfsizligi muammosi. Tabiiy resurslar klassifikasiyasi. Tugaydigan va tugamaydigan resurslardan foydalanish. Agroekosistemalar ularni asosiy xususiyati va yashash muhiti. Paxta yakka hokimligi va uning oqibatlari. Atmosfera havosi, suv resurslari, tuproq, o’simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish. Biosferani global ifloslanganligi, uni masshtabi, ifloslanish oqibati va u bilan kurashish muammosi. Toza ichimlik suvi muammosi. Mineral o’g’itlar va pestisidlardan foydalanishning ekologik ahamiyati. Qishloq xo’jaligi ekologiyasi. Atrof muhitga sanoat va transportning ta’siri. Biosferaning taksikant va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi. Yadro halokati xavfsizligi. Global ekologik muammolar. Temperaturaning planetada oshib borishi, cho’llashish jarayonining kuchayishi. Shahar, inson va hayvonlar yashaydigan yangi ekologik muhit. Atmosfera va inson. Ifloslangan havoning tirik organizmlarga ta’siri. Atrof muhitni ifloslanishdan muhofaza qilish. Tabiatni muhofaza qilish. Rekultivasiya, buzilgan yerlarni biologik rekultivasiyalash. Planeta biologik xilma-xilligini saqlash. Flora va faunaning populyasiya va tur tarkibining o’zgarishida insonning ta’siri. Qizil kitoblar. Suvlarni muhofaza qilishning ahamiyati. Orol muammosi. Biosfera qo’riqxonalari. Boshqa muhofaza qilinadigan territoriyalar. O’zbekistonda qo’riqxonalar tashkil etish va ulardan foydalanishning asosiy qoidalari. O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari. Tabiatni muhofaza qilish va O’zbekiston qonunchiligi. Jamiyat va tabiat muhofaza qilishda halqaro tashkilotlar. YuNESKOning «Biosfera va inson» programmasi. Tabiatni muhofaza qilishda uzluksiz ekologik ta’lim tarbiyaning ahamiyati. Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot konsepsiyasi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling