Innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti huziridagi sharof rashidov politexnika texnikumi


–Ekologiya va tabiatdan foydalanish


Download 1.07 Mb.
bet5/119
Sana19.04.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1366217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Bog'liq
MAJMUA.guldu.uz-EKOLOGIYA

5850200 –Ekologiya va tabiatdan foydalanish ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar


    1. Bakalavr tayyorgarligiga qo’yiladigan umumiy malakaviy talablar Bakalavr:

      • dunyoqarash tavsifidagi bilimlar tizimini egallagan bo’lishi; gumanitar-ijtimoiy iqtisodiy fanlar asosini, davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi; ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qilish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak;

      • Vatan tarixini bilishi; ruhan milliy va umuminsoniy qadriyatlar bo’yicha o’z nuqtai nazarini bayon eta olishi va ilmiy asoslay olishi, milliy istiqlol g’oyasi asosida faol hayotiy o’rinni egallashi;

      • tabiat va jamiyatda yuz berayotgan jarayonlar va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo’lishi, tabiat va jamiyat rivoji haqida bilimlarga ega bo’lishi, ulardan hayotda va kasbiy faoliyatda zamonaviy ilmiy asoslarda foydalana bilishi;

      • insonning insonga, jamiyatga, atrof-muhitga bo’lgan munosabatini tartibga soluvchi huquqiy va ahloqiy me’yorlarni kasbiy faoliyatda hisobga ola bilishi;

      • axborotni to’plash, saqlash, ularga ishlov berish va ulardan foydalanish metodlarini egallashi; o’zining kasbiy faoliyatida asosli mustaqil qarorlar qabul qila bilishi;

      • bakalavriatning mos yo’nalishi bo’yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishi;

      • yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtira olishi, takomillashtirishi va o’z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila bilishi;

      • sog’lom turmush olib borishi haqida ilmiy tasavvurga va e’tiqodga ega bo’lishi, o’zini jismonan takomillashtirishi malaka va ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.

    2. Umumkasbiy malaka talablari.

Bakalavr:
ta’lim sohasida: boshlang’ich va o’rta maktablarda, lisey va kollejlarda tabiatshunoslik
va biologiyadan dars o’tishni bilishi kerak.
ilmiy sohada: turli xil organizmlarni va ularda kechadigan jarayonlarni tabiiy va sun’iy
sharoitlarda ishlab chiqilgan metodikalar yordamida ilmiy–amaliy tadqiq qila bilishi lozim; uskunalarni loyihalash sohasida: turli xil organizmlarni va ularda kechadigan biologik jarayonlarni o’rganishda qo’llaniladigan asbob–uskunalarni loyihalashda nazariy jihatdan ishtirok eta olishi kerak; texnologiyalar sohasida: biologik tizimlar va jarayonlarga asoslangan texnologiyalarni
loyihalash va amalga oshirishni bilishi lozim; uskunalar va jarayonlardan foydalanish sohasida: biologiyaga ta’luqli fan va ishlab chiqarish sohalarida qo’llaniladigan asbob–uskunalardan foydalanish va xizmat ko’rsatishni bilish kerak; ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish sohasida: biologiya sohasi bilan bog’liq
bo’lgan ishlab chiqarish muassasa va korxonalarni boshlang’ich bo’g’ini ishini tashkil etish va boshqarish haqida tushunchaga ega bo’lishi kerak; iqtisodiy sohada: ijtimoiy–iqtisodiy fanlarni o’zlashtirishda olgan bilimlarini amalda
tegishli sohalarda qo’llay olishi lozim;

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling