Informatika va axborot texnologiyalari:
informatika tushunchasi: axborot to’plash, uzatish, qayta ishlash va jamg’arish
jarayonlarining umumiy tavsifi; informasion jarayonlarni amalga oshirishning texnikaviy va dasturiy vositalari; funksional va hisoblash masalalarini yechish modellari; algoritmlash va dasturlash; yuqori darajada dasturlash tillari; ma’lumotlar bazasi; dasturiy ta’minot va dasturlash texnologiyasi, kompyuter grafikasi asoslari.
Biometriya:
Biometriyani asosiy tushunchalari; eksperemental ko’rsatgichlar yig’indisini son (miqdor) tavsiflari; taqsimlanish qonunlari; statistik ma’lumotlarni tuzish; statistik gipotezalarni parametrik va noparametrik tekshirish usullari; ma’lumotlar ishonchligini mezoni; dispers, korrelyasion va regress analiz; tajribalarni rejalashtirish masalalari.
Tabiiy-ilmiy kurs Fizika:
mexanikaning fizika asoslari: klassik mexanikada holat tushunchasi, harakat qonunlari, tenglamasi, saqlanish qonunlari, relyativ mexanika asoslari, mexanikada nisbiylik tamoyili, qattiq jism, suyuqlik va gazlar kinematikasi va dinamikasi; elektr va magnetizm: vakuumda va moddada elektostatika va magneostatika, integral va differensial ko’rinishdagi Maksvell tenglamalari, moddiy tenglamalar, kvazistasionar toklar, elektrodinamikada nisbiylik tamoyili; tebranish va to’lqinlar fizikasi: garmonik va nogarmonik ossillyator, spektral yoyimaning fizikaviy manosi, to’lqin jarayonlari kinematikasi, me’yoriy modlar, to’lqinlar interferensiyasi va difraksiyasi, Furye optikasi elementlari; kvant fizikasi: korpuskulyar–to’lqin dualizmi, noaniqlik tamoyili, kvant holatlari, superpozisiya tamoyili, harakatning kvant tenglamalari, fizikaviy kattaliklar operatorlari, atomlar va molekulalarning energetik spektri, kimyoviy bog’lanish tabiati; statik fizika va termodinamika: termodinamikaning uch qonuni, holat termodinamik funksiyasi, fazaviy muvozanat va fazaviy o’zgarish, muvozanatsiz termodinamika unsurlari, klassik va kvant statikasi, kinetik hodisalar, zaryadlangan zarralar tizimi, kondensasiya holati.
Do'stlaringiz bilan baham: |