Innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti huziridagi sharof rashidov politexnika texnikumi


Download 1.07 Mb.
bet16/119
Sana19.04.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1366217
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119
Bog'liq
MAJMUA.guldu.uz-EKOLOGIYA

3.5.3. Umumkasbiy fanlar.

  • Umumbiologik kurs: Botanika:

  • Tuban o’simliklar; kelib chiqishi, evolyusiyasi, eukariot va prokariot vakillar; xujayra tuzilishi, tallom strukturasi; suvo’tlari; zamburug’lar, lishayniklar: sistematik guruhlari, ko’payishi va tarqalishi, ekologik guruhlari, muhim vakillari, ahamiyati.

  • O’simliklar anatomiyasi va morfologiyasi: yuksak o’simliklarni xujayra tuzilishi; hayot faoliyati mahsulotlari; o’simlik to’qimalari; tuzilishi, turlari, ahamiyati, joylashishi.

  • O’simlik vegetativ a’zolari tuzilishi va rivojlanishi; gulli o’simliklar biologik turlari; ildiz, tuzilishi, funksiyasi, shoxlanish; poya, tuzilishi, funksiyasi, yog’ochlikni shakllanishi; barg, tuzilishi, funksiyasi, turlari, metamarfozi, o’simliklar ko’payish a’zolari va ko’payish; jinssiz va jinsiy ko’payish; vegetativ ko’payish a’zolari, gulning tuzilishi va uning biologik ahamiyati; to’pgullar; androsey, changning tuzilishi; mikrosporagenez, otalik gametofit rivojlanishi; genisey; urug’kurtak tuzilishi; megasporogenez va onalik gametofit rivojlanishi; changlanish usul va turlari; qo’sh urug’lanish; urug’ni rivojlanishi va klassifikasiyasi; yuksak o’simliklar: xilma–xilligi, tur, urug’, oila. Tartib, sinf, bo’lim sistematik belgilari; yuksak o’simliklarni kelib chiqishi va rivojlanishi; flora haqida tushuncha; kelib chiqishi va evolyusiyasi; flora xaqida tushuncha; kelib chiqishi va evolyusiyasi; flora analizi: turli region floralarini solishtirish; florani vertikal va gorizontal tarqalishi qoidalari.

  • Zoologiya:

  • Umurtqasizlar zoologiyasi: hayvon organizmlar tuzilish prinsiplari va ularni umurtqasiz va umurtqalilarga bo’linishi; bir xujayralilar; sarkomastigoforalar, sporalilar, infuzoriyalar tipi: xujayrasini tuzilishi, hayot tarzi, ko’payishi, rivojlanishi, muhim vakillari, sistematikasi, ahamiyati; ko’p xujayralilar: kelib chiqishi nazariyalari; g’ovakichlilar, bo’shlig’ichlilar, taroqlilar: tuzilishi, yashashi, ko’payishi, rivojlanishi, sistematikasi, muhim vakillari, ahamiyati; chuvalchanglar; yassi, to’garak, xalqalilar: tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi, yashashi, sistematikasi, muhim vakillari, ahamiyati; bo’g’imoyoqlilar: jabralilar, xeliseralilar, traxeyalilar: tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi, yashash tarzi, muhim vakillari, sistematikasi, ahamiyati; molyuskalar: xitonlar, ikkipallalilar, qorinoyoqlilar, boshoyoqlilar: tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi, yashash tarzi, sistematikasi, muhim vakillari, ahamiyati; ignatanlilar: tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi, sistematikasi, muhim vakillari, ahamiyati. Kichik tiplar: mikrososporidiyalar, mikrosporidiyalar, plastinkasimonlar, nemertinlar, onixoforalar, paypaslagichlilar, pogpnoforalar, qiljag’lilar.

  • Umurtqalilar zoologiyasi: xordalilar; kelib chiqishi nazariyasi; sistematikasi, xayvonot dunyosidagi o’rni; tuban xordalilar: chala xordalilar, pardalilar, boshskletsizlar: tuzilishi, fiziologiyasi, ko’payishi, rivojlanishi, muhim vakillari, ahamiyati; yuksak xordalilar: umurtqalilar: to’garak og’izlilar, toqaylilar va suyakli baliqlar; amfibiyalar, reptilyalar, qushlar, sutemizuvchilar: anamniyalar va amniotlar; kelib chiqishi, evolyusiyasi, ichki va tashqi tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi, muhim vakillari, sistematikasi, ekologiyasi, ahamiyati; umurtqali hayvonlarni muhofaza qilish va resurslaridan turg’un foydalanish masalalari va muammolari. Sitologiya va gistologiya:

  • Xujayra–tiriklik elementar birligi; sitologik tadqiqotlar bosqichlari; maktablar; xujayra nazariyasi; tadqiqot usullari; xujayrani funksional tuzilishi; o’simlik va xayvon xujayralari; biologik membranalar; plazmatik membrana; o’simlik xujayrasi qobig’i; sitoplazma: xujayraaro kontaktlar; yadro; yadro komponentlari va ularni funksiyalari; organellalar va ularni klassifikasiyasi; vakuollalar; endoplazmatik to’r; ribosomalar; oqsil biosintezi; Golji apparati; lizosomalar; plastidalar va mitoxondriyalar; xujayrani tayanch–xarakat tizimi, mikrofilamentlar, mikronaychalar; sentriolalar; xujayralar ko’payishi; turlari; xujayra sikli; mitoz, amitoz, meyoz turlari, fazalari, genetik ahamiyati; xujayra patologiyasi.

  • To’qimalar xaqida ta’limot: to’qimalar klassifikasiyasi, evolyusiyasi; epiteliy to’qima va uning turlari; bezli epiteliy: turlari, sekresiya; qon va limfa; mikroskopik tuzilishi; shakliy elementlar; turlari; qon gistogenezi; qon hosil bo’lishi; limfa va xujayra elementlari; biriktiruvchi to’qima shakllanishi va regenerasiya; tog’ay to’qima: tuzilishi, turlari, gistogenez, regenerasiya; suyak to’qima, xujayralari, suyak to’qimasi turlari, kimyoviy tarkibi va mikroskopik tuzilishi; osteon; osteoksalatlar va osteoblastlar; gavers tizimlari rivojlanishi; regenerasiya; suyak pardasi; muskul to’qima; turlari; silliq muskul to’qima; ko’ndalang – targ’il muskul to’qima; miofibrilla va protofibrilla; optik va kimyoviy xususiyatlari; gistogenez va regenerasiya; yurak – muskul to’qimasi; muskullardagi biriktiruvchi to’qima; paylar va muskullar birikishi;nerv to’qima; neyronlar tuzilishi va turlari; dendrit va neyritlar; tigroid modda, kimyoviy tarkibi; tuzilishi va funksiyasi; neyrofibrillalar, sinapslar, neyrogliyalar; nerv to’qimasi gistogenezi; nerv tolalari; degenerasiya va regenerasiya.


  • Download 1.07 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling