Innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti huziridagi sharof rashidov politexnika texnikumi


Barqaror rivojlanish va atrof muhit


Download 1.07 Mb.
bet74/119
Sana19.04.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1366217
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   119
Bog'liq
MAJMUA.guldu.uz-EKOLOGIYA

16.2. Barqaror rivojlanish va atrof muhit.


  • 1983-yili BMT Bosh Kotibining tashabbusi bilan Atrof-muhit va rivojlanish bo’yicha xalqaro komissiyasi tuzildi. Norvegiya bosh vaziri G.X. Bruntland boshchiligidagi komissiya 1987-yili «Bizning umumiy kelajagimiz» deb nomlantan ma’ruzani e’lon qildi. Ushbu xujjatda yirik ekologik muammolarni iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy muammolardan ajralgan xolda xal qilib bo’lmasligi bayon qilindi. Komissiya atrof muhit uchun xavfsiz bo’lgan iktisodiy-ekologik rivojlanish davriga o’tish zarurligini yoqlab chiqdi. Ma’ruzada ilk bor jamiyatning barqaror rivojlalnsh yo’liga o’tishi zarurati rad qilib bo’lmaydigan xulosallar asosida isbotlab berildi. Barqaror rivojlanish deganda hozirgi avlodlar hayotiy extiyojlarini kelgusi avlodlar extiyojlarini qondirishga zarar yetkazmasdan amalga oshiriladigan rivojlanish tushuniladi. Barqaror rivojlanish mazmun bo’yicha ekologik rivojlanish tushunchasiga juda ham yaqindir. 1992-yilning 3-14 iyun kunlarida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shaxrida BMTning Atrof muhit va rivojlanish bo’yicha Konferensiyasi bo’lib utdi. Unda 179 davlatlarining raxbarlari, xukumat vakillari, ekspertlar, nodavlat tashkilotlari, ilmiy va ishbilarmon doiralar vakillari qatnashdilar. Bu vaqtga kelib jaxonda olamshumul voqealar ro’y berdi. 1991- yili Sharqiy Yevropa va SSSRdagi totalitar sistema inqirozga uchradi. Jaxon urushi xavfi keskin kamaydi va juda katta moliyaviy resurslardan tinchlik maqsadlarida foydalanish imkoniyati vujudga keldi.

  • Konferensiya quyidagi muhim xujjatlarii qabul kildi:

  • -Atrof muhit va rivojlanish bo’yicha Rio deklaratsiyasi;

  • -Barcha turdagi o’rmonlardan unumli foydalanish, ularni saqlash va o’zlashtirish prinsiplari to’g’risidagi Bayonnoma; -"XXI asrga Kun tartibi" - jaxon hamjamiyatining yaqin kslajaqinng ekologik-iktisodiy va ijtimoiy-iktisodiy muammolarini xal qilishga tayyorgarligiga yo’naltirilgan xujjat. Bundan tashkari konferensiya doirasida iqlim o’zgarishi bo’yicha chegaraviy konvensiya va biologik xilma-xillikni saqlash konvensiyalari tayyorlandi.



  • Download 1.07 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   119




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling