3.3.7.Kurs ishlariga quyiladigan talablar:
Kurs ishlari mavzulari mazkur fan yoki yo’nalish bo’yicha o’quv jarayonining boshlanishida talabalarga tavsiya etiladi va kafedra yig’ilishida muhokama etiladi.
Kurs ishida bakalavr ushbu fan bo’yicha mavjud adabiyotlar va internet ma’lumotlaridan xabordor bo’lgan holda kurs ishi rahbarining bevosita rahbarligi ostida tuzilgan rejaga asosan adabiyotlar sharhini, quyilgan maqsadga muvofiq olingan ilmiy tadqiqot natijalarini keng va atroflicha tahlil qilishi lozim.
Kurs ishida bakalavr yig’ilgan materiallar va utkazilgan tadqiqotlar bo’yicha xulosalar chiqarishi va ma’lum bir malakaga ega bo’lishi hamda kafedrada himoya qilishi lozim.
3.5.8. Malakaviy amaliyotni tashkil qilishga qo’yiladigan talablar
O’simlik va xayvonot dunyosi xilma – xilligini o’rganish; O’zbekiston flora va faunasini asosiy vakillarini bilish; dala sharoitida material yig’ishni va uni aniqlashni, saqlashni o’rganish; o’simlik va xayvonot dunyosini atrof – muhit bilan birligi va ularga ekologik omillar ta’sirini o’rganish.
Ilmiy–tekshirish institutlari va ishlab chiqarish korxonalarida talabalar nazariy bilimlarini qo’llay olishi; dala va laborotoriya sharoitida ilmiy isht olib borish ko’nikmalarini egallash; ilmiy–tekshirish asboblaridan foydalanish, tajriba qo’yish va olingan natijalarni xisoblash va tahlil qilish usullarini egallash; xisobotlar va ilmiy maqolalar yozish ko’nikmalari bo’yicha malaka hosil qilish.
O’quvchilarga bilim berish bo’yicha ko’nikmalar hosil qilish; auditoriya bilan muloqot olib borish; o’rta maktab, lisey va kollejlarda dars berishni turli uslublarini egallash; o’quvchilar olgan bilimini baholay olish; boshqa o’qituvchilar darsini erkin tahlil qilib, muhokama qila olish.
O’quv-dala amaliyoti:
Talabalar botanika va zoologiya fanlari bo’yicha dala amaliyotiga ekskursiyaga chiqishadi. Shuningdek mutaxassislik bo’yicha mos O’zRFA ITI va korxonalari strukturasi, ilmiy yo’nalishlari hamda foydalanishning zamonaviy ilmiy uslubiy qurilmalari hamda o’rta maktab, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari strukturasi, o’quv jarayonini tashkil qilinishi bilan tanishadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |