Ishlab chiqarish amaliyoti:
Talabalar ixtisoslik bo’yicha mos O’zRFA ITI va tarmoq institutlari ilmiy laboratoriyalarida mavjud zamonaviy asbob-uskunalar yordamida olib borilayotgan ilmiy– tadqiqot ishlarida qatnashadilar, olingan natijalarni qayta ishlashda ishtirok etadilar. Shu bilan birga olgan nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar. Shuningdek xalq ta’limi muassasalaridagi darslarda ishtirok etadilar. O’quv rejasi va dars jadvali tuzish jarayoni bilan tanishadilar.
Pedagogik amaliyot:
Maktab, sinf va biologiya fanidan o’quv reja bilan umumiy tanishuv. Ta’lim korxonasi raxbariyati tomonidan uyushtiriladigan suxbatlarda ishtirok etish. Sinf va o’quvchilar bilan tanishuv, sinf rahbari bilan suhbat, uning ish rejasi bilan tanishish, maktab hujjatlari: sinf jurnali, o’quvchilar kundalik daftari, o’kuvchining fan daftarlari bilan tanishish. Sinf rahbari tomonidan o’tkaziladigan sinf soatlari, majlislari, suhbatlarida ishtirok etish; biriktirilgan sinf darslarida, predmet o’qituvchilari darslarida ishtirok etish va ularni birgalikda taxlil qilish. Auditoriya bilan muomala va dars o’tish ko’nikmasi va malakasiga ega bo’lish. Biologiyani o’qitishda turli xil metodlardan foydalanish, o’qituvchilar bilan muloqot qilishni bilish xamda o’qitishning hozirgi zamon texnik vositalaridan erkin foydalana bilish. O’tkazilgan darslarni erkin tahlil qila olish; o’quvchilar
3.5.9. Bitiruv malakaviy ishi
Bitiruv malakaviy ishlar mavzui ta’lim muassasasining bitirtiruvchi kafedralari tomonidan kadrlar iste’molchilari talablarini, shuningdek zamonaviy fan, texnika, texnologiyalar yutuqlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Talabaga bitiruv malakaviy ishi topshirig’i, odatda, u uchinchi kursni tugatgandan so’ng beriladi. Ish umumkasbiy va ixtisoslik fanlarni o’rganganlik me’yoriga ko’ra to’rtinchi kurs mobaynida, shuningdek, mazkur standartda bajarish uchun ajratilgan vaqt mobaynida bajariladi.
Bitiruv malakaviy ishning hajmini kafedra belgilaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |