1. 5850200 –Ekologiya va tabiatdan foydalanish yo’nalishining umumiy tavsifi
Yo’nalish - O’zbekiston uzluksiz ta’lim Davlat ta’lim standartlari, oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti, oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga kiritilgan.
Ta’limning kunduzgi o’qish shaklida muddati – 4 yil.
Akademik daraja – «Bakalavr».
Bakalavr:
kasblar va lavozimlar milliy klasifikatoriga muvofiq oliy ma’lumotli shaxs egallashi lozim bo’lgan lavozimlarga ta’limning yo’nalishi bo’yicha mustaqil faoliyat ko’rsatishga;
ushbu ta’lim yo’nalishi xamda turdosh ta’lim yo’nalishlarining tegishli magistratura mutaxassisliklari bo’yicha oliy ta’lim olishni davom ettirishga;
qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida qo’shimcha kasbiy ta’lim olishga tayyorlangan bo’lishi kerak.
1.4. 5850200 –Ekologiya va tabiatdan foydalanish ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr kasbiy faoliyati sohalari va obyektlarining tavsifi
Yo’nalishning fan va texnika sohasidagi o’rni.
5850200–Ekologiya va tabiatdan foydalanish – fan va texnika sohasidagi yo’nalish bo’lib, u o’z ichiga tirik tabiat xaqidagi fanlar majmuini olib tirik materiyani notirik tabiat bilan o’zaro bog’liqligida bo’ladigan barcha jarayonlarni o’rganadi.
Kasbiy faoliyat obyektlari.
5850200 –Ekologiya va tabiatdan foydalanish ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr kasbiy faoliyatining obyektlari; tirik tabiat mavjudotlarini ulkan xilma–xilligi, ularni tuzilishi va funksiyasi, kelib chiqishi va tarqalishi, rivojlanishi, atrof–muxit bilan va o’zaro munosabatlari, xayotiylikka xos umumiy va xususiy qonuniyatlar–modda va energiya almashinuvi, ko’payishi va o’sishi, o’zgaruvchanlik va irsiylanish, turg’unlik va adaptasiya, ekologiya va tabiatni muxofaza qilish muammolari.
Do'stlaringiz bilan baham: |