417
«Buyuk didaktika» asarida
«pan sofiya g‘oyasini» (
pan gerkcha —
butun, hamma,
sofiya — donolik, aqllilik)
hamma narsani bilish, hamma
uchun bilim berish» demakdir. Pan sofiyada u tabiat va jamiyat bilimlarining
yig‘indisini beradi. Maktab — bu muassasa, u yerda «Hammani
har narsaga
o‘rgatmoq kerak» degan fikr ko‘p marta takrorlanishini ko‘ramiz.
Komenskiyning pansofiya ishi Angliyaning ilg‘or kishilari tomonidan
quvvatlanib, parlament tomonidan chaqiriladi. Komenskiy 1641 yili Angliyaga
keladi, lekin grajdanlar
urushi boshlanib ketib, bu ish qolib ketadi. Komenskiy
duyoga tanilgandan so‘ng hamma mamlakatlarga uni taklif eta boshlaydilar.
Shvetsiyada
lotin tili darsligini va til o‘qitish metodikasini tuzadi.
Komenskiy chex qardoshlari jamoasiga yepiskop qilib tayinlangach,
1648 yilda Leshnoga qaytib keladi. Jamoa tarqatilgandan so‘ng
u yana
o‘qituvchilik faoliyatini davom ettiradi. Bir necha yil Vengriyada maktablarni
boshqarada.
«Vidimiy mir v kartinkax», ya’ni
«Hislar vositasi bilan idrok
qilinadigan narsalarning suratlari» degan asar yozib,
o‘qish ishini rasmlar
bilan olib borishni ilgari suradi. Bunda «Yoshlarning xulq qoidasi», «Yaxshi
tashkil topgan maktablarning qonuni» degan bir qancha pedagogikaga doir
ishlari berilgan.
9-chizma
1656-yili Shved—polyak urushi vaqtida
Leshnodagi chex qardoshlari
jamoasi tor-mor qilinadi. Komenskiy Gamburgga qochadi. Undan Amsterdamga
o‘tadi. Shunda Gollandiya senatining buyrug‘iga muvofiq uning asarlari to‘plami
bosilib chiqadi.
Komenskiy o‘z vatanini juda sevar va uning mustaqilligi uchun kurash
olib boradi. Uning ko‘p asarlarida vatanparvarlik hissi aks etgan. U chex xalq
Do'stlaringiz bilan baham: