Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


Ushbu darslik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va inno-


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

Ushbu darslik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va inno-
vatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi № 391-sonli buyrugʻiga 
asosan nashr etishga tavsiya etilgan
Pedagogika nazariyasi va tarixi fani bo‘lajak o‘qituvchilarda ta’lim-
tarbiya jarayonida pedagoglik kasbiga doir bilim, ko‘nikma, malakalarni 
shakllantirish, ulardagi majvud tushuncha, tasavvurlarini boyitishga xizmat 
qiladi. Ushbu “Pedagogika nazariyasi va tarixi” darsligining ikkinchi qismi
“Pedagogika tarixi” moduli mavzularini qamrab olib, unda o‘zbek va jahon 
pedagogikasining tarixiy taraqqiyoti hamda rivojlanishi, Sharq va G‘arb 
mutafakkirlari, pedagog olimlarining pedagogik nazariyalari va faoliyatlari
keng yoritilgan. Pedagogika tarixi kursi pedagogikaning alohida sohasi hamda 
fan sifatida o‘rganilib, darslikda ibtidoiy jamoada tarbiya, sharq Uygʻonish 
davrida taʼlimiy-axloqiy fikrlar rivoji, Eng qadimgi davrlardan XVI asrgacha
ayollar ta’lim va tarbiyasi mazmuni, XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda 
Movarounnahrda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji, XVII asrdan 
XIX asrning yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji, 1924-
1991-yillarda Oʻzbekistonda taʼlim tizimi va mustaqil Oʻzbekiston taʼlim 
tizimi, mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji, hozirgi davrda jahon 
mamlakatlari taʼlim tizimi va pedagogika fani rivojiga doir masalalar o‘z 
aksini topgan.
© “Aziz kitobxon” nashroyoti, 2023-y. 



KIRISH 
Pedagogika nazariyasi va tarixi darsligi (2-qism) Oʻzbekiston Respublikasi 
oliy oʻquv yurtlarining 60110100-Pedagogika (tarbiya fani oʻqituvchisi) 
bakalavriat ta’lim yoʻnalishi davlat ta’lim standarti va malaka talablari asosida 
tuzilgan. Pedagogika nazariyasi va tarixi fani oʻquv rejaning majburiy fanlaridan 
biri hisoblanib, “Pedagogika nazariyasi” va “Pedagogika tarixi” boʻlim 
(modul)laridan iborat. Pedagogika nazariyasi va tarixi fani pedagogik oliy oʻquv 
yurtlarida talabalarni kasbiy va pedagogik tayyorlash tizimida yetakchi oʻrinni 
egallaydi. Ushbu fan boʻlajak oʻqituvchilarni zamonaviy pedagogika fanining 
nazariy-tarixiy va metodik asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish, 
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan 
talablar asosida taʼlim-tarbiya jarayonini oqilona tashkil etish, pedagogik 
merosdan samarali foydalanish, real taʼlim amaliyotida yuksak pedagogik 
madaniyat va texnikani namoyon eta olishga oʻrgatishni koʻzda tutadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev mamlakatda 
amalga oshirilayotgan pedagogik ta’lim islohotlarining asosiy maqsadi kuchli 
raqobatbarsosh pedagogik mutaxassis kadrlarni tayyorlash – deb aytgan, chunki, 
xalqning boy intellektual merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida zamonaviy 
madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyaning yangi yutuqlarini 
oʻzlashtirgan salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashning yangi tizimini 
rivojlantirish Oʻzbekiston Respublikasida pedagogik ta’lim taraqqiyotining 
muhim shartlaridan biri boʻlib qoldi.
Bakalavriat ta’lim yoʻnalishida tahsil oluvchi pedagogika yo‘nalishidagi 
talabalar “Pedagogika tarixi” modulini oʻrganish davomida: Pedagogika tarixi 
kursi pedagogikaning alohida sohasi hamda fan sifatida, ibtidoiy jamoada 
tarbiya, V-VII asrgacha ta’lim-tarbiya pedgogik fikrlar tarixi, Sharq Uyg‘onish 
davrida pedagogik nazariyalarning hamda ta’limiy-axloqiy fikrlarning rivoji, 
XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movarounnahrda tarbiya, maktab va
pedagogik fikrlar rivoji, XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya, maktab 



va pedagogik fikrlar rivoji, XIX asrning 2-yarmi – XX asrning 1-choragida 
Turkiston o‘lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar, 1924-1991-yillarda 
Oʻzbekistonda taʼlim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji, turli davrlarda ayollar 
ta’limi masalasining faollashishi va yoritilishining pedagogik sharoitlari,  
mustaqil Oʻzbekiston taʼlim tizimi, mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji, 
hozirgi davrda jahon mamlakatlari taʼlim tizimi va pedagogika fani rivojiga oid 
ma’lumotlarni oʻzlashtiradilar.
“Pedagogika tarixi” kursi pedagogikaning alohida sohasi sifatida 
pedagogik fikrlarning paydo boʻlishi va rivojlanishini oʻrganish orqali yangi, 
istiqbolda hal etilishi lozim boʻlgan vazifalarni belgilab beradi hamda uni hal 
etish strategiyalarini koʻrsatib beradi. U eng qadimgi davrlardan Oʻzbekiston 
Respublikasi mustaqilligi e’lon qilingandan keyingi davrda pedagogik fikrlar va 
ta’lim tizimining rivojlanishi hamda eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha 
jahon mamlakatlarida tarbiya, ta’lim va pedagogik fikrlar rivojiga doir 
masalalarni oʻzida aks ettirgan. 
Pedagogika tarixi qadim zamonlardan tortib, to hozirgi kungacha boʻlgan 
turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyalarining 
taraqqiyotini davrlar talabi asosida oʻrganib kelar ekan, oʻtmishdagi progressiv 
pedagoglar va atoqli mutafakkirlarning ta’lim-tarbiyaga doir muhim fikrlarini 
o‘rganish pedagogik tafakkurning o‘sishiga, pedagoglik madaniyatining ortishiga 
imkon beradi. Oʻtmishning pedagogik tizimlarida boʻlgan ilgʻor va progressiv 
fikrlardan ijodiy foydalanish imkoniyati yuzaga keladi.
“Pedagogika nazariyasi va tarixi” (2-qism) darsligi didaktik, pedagogik, 
metodik bilimlarga ega, mukammal pedagogik malaka va ko‘nikmalarni 
egallagan, oʻtmish pedagogik merosdan va bugungi kun ta’lim-tarbiya tizimidagi 
innovatsiyalardan xabardor, ulardan oʻrinli foydalana oladigan pedagog 
mutaxassislarni tayorlashda muhim ahamiyatga ega boʻladi deb oʻylaymiz. 

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling