Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova
Farg‘oniy, geodeziya va mineralogiya fanlari rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Abu
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ilovepdf merged (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- YUNESKOning
Farg‘oniy, geodeziya va mineralogiya fanlari rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Abu
Rayhon Beruniy, G‘arbda Avitsenna nomi bilan tanilgan Ibn Sino, davlat arbobi va buyuk astronom Mirzo Ulug‘bek singari mutafakkir zotlarning nomlarini hurmat bilan tilga olamiz. Bugungi notinch va tahlikali zamonda taraqqiyot va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda buyuk ajdodlarimiz qoldirgan, butun insoniyatning ma’naviy boyligi bo‘lgan bebaho merosning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Ana shunday ezgu maqsad bilan Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish g‘oyasini ilgari surgan edik va hozirda bu borada mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston kitob fondlarida 100 mingdan ziyod qo‘lyozmalar saqlanmoqda, ularning asosiy qismi YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Ayni vaqtda O‘zbekiston poytaxti Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 300 dan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasasi, ilmiy-ishlab chiqarish korxonalari va innovatsiya markazlari faoliyat olib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021- yil 19-yanvardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida: – Agar kimdir, ma’naviyat masalasi – bu faqat Ma’naviyat markazi yoki tegishli vazirlik va idoralarning ishi, deb o‘ylasa, xato qiladi. Bularning barchasi oldimizda turgan eng asosiy, eng muhim vazifalardan biridir, – dedi Prezidentimiz. – Agar jamiyat hayotining tanasi 11 iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. – Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat. Shu bilan birga Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrining ko‘plab yorqin namoyondalarining islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan bebaho hissasi ham alohida qayd etib o‘tildi. Buyuk qadriyat hisoblangan Islom dinimizda insonga, uning qadr- qimmatiga qaratilgan go‘zal e’tibor zamirida insonni nafaqat ruhiy-ma’naviy jihatdan, balki, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ham qo‘llab-quvvatlash g‘oyasi yotadi. Bu ezgu g‘oyalar ayniqsa muborak Ramazon oylarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Prezidentimiz tomonidan har yili mamlakatimizda Ramazon oyini munosib kutib olish maqsadida maxsus qaror qabul qilinib, ushbu qaror asosida Ramazon oyida dinimizga xos bo‘lgan odamiylik, do‘stlik, mehr-oqibat, saxovat va muruvvat g‘oyalari namoyon bo‘ladi. O‘tganlar yod etilib, ularning ortlarida qolgan oila-a’zolariga moddiy-ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish masalasiga alohida ahamiyat qaratiladi. Bu amaliy namuna timsoli o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbuslari bilan o‘sib kelayotgan yosh avlodni ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy-milliy merosdan bahramand bo‘lishlari uchun bir qator xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari respublikamiz miqyosida tashkil etildi. Jumladan, Samarqand shahrida Imom Buxoriy nomidagi, Termiz shahrida “Imom Termiziy” nomidagi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko'chasida “Imom Moturidiy” xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etildi. Toshkentda tashkil etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati ham shu maqsadga xizmat qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling