Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ilovepdf merged (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-MODUL. Pedagogika tarixi 1-Mavzu: Pedagogika tarixi fan sifatida. “Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari
5 Tayanch soʻz va iboralar: tarix, pedagogika tarixi, davrlashtirish, fanni o‘rganish manbalari, kishilik jamiyati, milliy meros, pedagogik qadriyatlar, ibtidoiy jamoada tarbiya. 1.1. “Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari. Har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma’naviy yuksalishini ta’minlovchi ta’lim–tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat kabi tushunchalar mavjud bo‘lib, ular pedagogika sohasidagi o‘zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq holda o‘rganishni talab etadi. Pedagogika tarixi qadim zamonlardan tortib, to hozirgi kungacha bo‘lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyalarining taraqqiyotini davrlar talabi asosida o‘rganib keldi. Har bir ijtimoiy tuzum, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqdir O‘z tarixiga yangicha tafakkur asosida yondashish, o‘tmishdagi pedagogik tafakkur daholarining shuhratini tiklash, ularning g‘oyalarini xalq hayotiga tatbiq II-MODUL. Pedagogika tarixi 1-Mavzu: Pedagogika tarixi fan sifatida. “Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari 1. “Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari. “Pedagogika tarixi” fani g‘oyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan o‘zaro aloqadorligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’lim-tarbiya jarayonida milliy meros, pedagogik qadriyatlardan samarali foydalanishning ijtimoiy ahamiyati haqida. Ta’lim-tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolari. 2. Ibtidoiy jamoada tarbiya. 6 etish kabi ulug‘ ishlar amalga oshirildi. Ayni paytda o‘zbek va boshqa qardosh xalqlarning milliy shakllanishi va rivojlanishini zamon talablariga mos keladigan ta’lim – tarbiya tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Yosh avlodni tarbiyalash va o‘qitish nazariyasi bilan amaliyotning qanday taraqqiy qilib kelaganligini bilmay turib, yoshlarni har tomonlama komil inson etib tarbiyalash masalalarini ilmiy ravishda hal qilib bo‘lmaydi. Bu ajdodlarimiz tomonidan isbot qilingan ilmiy – nazariy, falsafiy – tarbiyaviy haqiqatdir. Axloqan pok va yetuk insonlarni tarbiyalash masalasini muvafaqiyatli hal etishda xalqimizning tarixiy an’analari, ma’naviy boyliklari, ajdodlarimizning bizga qoldirgan ilmiy me’roslari va tarixiy – tarbiyaviy tajribalarini o‘rganib chiqish, ularning yutuqlarini hayotga, ta’lim – tarbiya ishlariga tatbiq etishning ahamiyati kattadir. Pedagogika tarixi jamiyat taraqqiyoti qonunlariga suyangan holda turli pedagogik nazariyalarni, ta’lim-tarbiyaning mazmuni va metodlarini o‘rgatadi. O‘tmishning pedagogik tizimlarida bo‘lgan ilg‘or va progressiv fikrlarning hammasidan ijodiy foydalanadi. Demak, pedagogika tarixi ijtimoiy fandir. U tarixiy pedagogika hodisalariga davr talabi asosida yondashadi, tarbiya nazariyasi va amaliyotini turli bosqichlarda xilma-xil bo‘lganligini ochib beradi, ilg‘or qarashlarning taraqqiyot yo‘lini ko‘rsatib beradi. Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling