Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


“Avesto” Eng qadimgi davrlarning madaniy yozma yodgorligi


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

2.3.“Avesto” Eng qadimgi davrlarning madaniy yozma yodgorligi 
Zardushtiylik ta’limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo‘lgan 
tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e’tiqodlarga (Markaziy Osiyo qadimgi 
aholisining «eski dini»ga) nisbatan monoteitsik ta’limotdir. U behuda qon 
to‘kuvchi qurbonliklar, harbiy to‘qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, 
o‘troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan 
shug‘ullanishga da’vat etadi. Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka 
qarshi kurash deb hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qo‘riq yer ochib, uni bog‘u 
rog‘ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog‘lar, 
ekinzorlarni, sug‘orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar. Zardusht 
insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni o‘rgatmoqchi bo‘ladi. 
Bunga ko‘ra insonning bu dunyodagi hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri 
ham bo‘lajak, har bir inson o‘lgandan so‘ng o‘zining bu dunyodagi qilmishiga 
yarasha abadiy rohat – jannatga, yoki yomon ishlari ko‘p bo‘lsa na xursandlik va 
na xafalik ko‘rmaydigan arosat joy – misvongatuga tushadi. Zardushtiylik 
negizida olamning qarama-qarshiliklar kurashi asosiga qurilgani turadi: yaxshilik 
va yomonlik, yorug‘lik va qorong‘ulik, hayot va o‘lim o‘rtasida abadiy kurash 
davom etadi. Barcha yaxshiliklarni Axura-Mazda va barcha yomonliklarni 
Anxramaynyu (yoki Axriman) ifodalaydi. Axura-Mazda insonlarga ezgu ishlarni 
bayon etib ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi.
Ayniqsa, dehqonchilik sohasida qilinayotgan mehnat yaxshilikni yuzaga 
chiqaruvchi asosiy omil deya ta’kidlanadi. Dehqonchilik bilan shug‘ullanish, 
mo‘l-ko‘l hosil yetishtirishga qaratilgan harakat Axura Mazda qonuniga 
bo‘ysunish sanalgan. Don ekkan kishi taqvodorlik urug‘ini ekishi, Mazdaga 
ixlosmandlik e’tiqodini ilgari surishi, iymonni oziqlantirib turishi o‘n ming marta 
ibodat qilish bilan barobar, yuzlab qurbonlik qilishga teng deyiladi. “G‘alla 
yerdan unib chiqqanda, devlar larzaga keladi, g‘alla o‘rib olinayotganda devlar 
nola-faryod chekadi, g‘alla yanchib, un qilinayotganda ular qocha boshlaydi, 


31 
xamir qilinganda esa devlar mahv bo‘ladi. G‘allaning mo‘l-ko‘l bo‘lishi 
devlarning labiga qizitilgan temir bosilgandek ularni tum-taraqay qiladi”. 
Ushbu misollarda “Avesto”da inson mehnati tufayli barcha yomon xislat, 
yomonlik hamda yovuzliklardan qutilishi mumkin, degan g‘oya ilgari suriladi.
Zardushtiylikda iymon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so‘zning 
sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, 
poklanib, quyoshga qarab, uni olqishlab, sig‘inishi shart. Zardushtiylik 
ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda dunyodagi to‘rt 
unsur – suv, olov, yer va havo ulug‘lanadi. 
Samoviy dunyoda ham uchlik hukmronlik qiladi: 
- Axura Mazda – Oliy tangri, ya’ni “qodir iloh”
- o‘t, alanga ruhiga, -Asha (Arta) – Vazishta – “Eng yaxshi tartibot” 
(kohinlik va katta kohinning samoviy obrazi)ga,
-chorva ruhi - Voxu Mana, ya’ni, “Sahovatli fikr” (o‘troq chorvadorlar va 
ularning boshliqlari jamoasining samoviy obrazi)ga tayanadi. Ana shu uchlik 
fikr, so‘z va ish birligidan iborat axloqiy uchlikni ham o‘zaro bo‘lishib olishgan.
1
O‘sha davrda jamiyatda bosh hokim (lashkar boshlig‘i) katta kohin 
(kohinlar ijtimoiy guruhining boshlig‘i) yoki urug‘lar oqsoqollariga, o‘troq 
chorvador va dehqonlarning jamoalari hamda xonadonlariga tayangan. 
“Avesto” asarining hajman eng katta qismi - “Yasna”larda inson 
kamolotini belgilovchi axloq-odob mezoni uchlik - Humata (manbalarda 
Gumata, Humata) – yaxshi fikr, Hukta ( manbalarda Gukta, Huckta) – yaxshi 
so‘z va Hvarsha (manbalarda Gvarsha, Hwarsha) – yaxshi ishlar birligida 
ifodalanadi. “Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh 
etaman. Men yaxshilikdan iborat Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman” 
(“Yasna”, 14-bob), deyiladi asarda. 
“Avesto”da inson fikri, so‘zlari va ishlariga ikki qarama-qarshi kuch: 
Voxu Mana (Ezgu fikr) va Ako Mana (Yovuz fikr) ta’sir ko‘rsatadi, deydi. 
1
Брагинский И.С. Из истории таджикско-персидской литературы. Изб. работы. —М.: Наука, 1972. с. 51-
51, 115. 


32 
Barcha fikr, so‘z va ishlar asosida aslida ezgulik va yovuzlik yotadi (“Yasna”, 
30-bob). Asta-sekin axloqiy tushunchalar shaxsiy mazmun kasb eta boshlaydi. 
Masalan, “yaxshi so‘zlar” deganda ahdida turish va berilgan va’dani bajarish 
kabilar nazarda tutilsa, “yaxshi amallar” deganda esa savdo-sotiq ishlarida halol 
bo‘lish, qarzni vaqtida to‘lash, o‘g‘rilik va talonchilik qilmaslik, o‘zgalarning 
moliga ko‘z olaytirmaslik, buzuqliklardan o‘zini tiyish, atrofdagilarga ziyon 
yetkazadigan har qanday harakatni sodir etmaslik va hokazolar tushunilgan. 
Ezgu kuchlarga yovuz kuchlar qarshi bo‘lgan. Yovuz ruhlarga Drudjo 
(yolg‘onchilik ruhi) boshchilik qilgan. Unga Yovuz fikr (Ako Mana), 
Talonchilik ruhi (Eshma) yordam bergan. Yovuz, yomon fikr - Ako Mana, 
yomon so‘z – Drudjo hamda yovuz amal, yomon ish – Eshma obrazlari timsoli 
yordamida ifoda etilgan. 
Zardusht yovuzlik kuchlariga ko‘maklashgan kishilarga nisbatan ayovsiz 
munosabatda, shuningdek, chorvachilik rivojiga halal beruvchi yolg‘onchilik 
ixlosmandlariga qarshi kurashda esa shafqatsiz bo‘ladi. “Kimki menga sodiq 
bo‘lsa, eng yaxshi narsaga musharraf bo‘ladi, kimki sodiq bo‘lmasa, unga eng 
yomon narsa nasib etadi... Kimki meni – Zardushtni quvvatlasa buning evaziga 
istagan barcha narsalari bilan birgalikda bir juft sog‘in sigir ham oladi” 
(“Yasna”, 46-bob), deyiladi asarda. 
“Yaxshi fikr” iborasining mazmuni o‘zida ilohiy qonun ruhidagi 
g‘oyalarga ega bo‘lish, yaqin kishisiga nisbatan mehribonlik ko‘rsatish, 
muhtojlarga ko‘maklashish, yovuzlikka qarshi kurashga doimo tayyor turish, 
kishilarning baxt-saodati yo‘lida harakat qilish, ahillik, qabiladoshlar bilan birga 
do‘stlik va totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar musaffoligini 
aks ettiradi. Inson fikran ham boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli 
kishi darg‘azab bo‘lmaydi, jaholatlarga berilmaydi. Zero, bunday ruhiy holatda 
inson yaxshilik haqida o‘ylamaydi, burch va adolat haqida unutadi va nojo‘ya 
harakatlar qiladi. 


33 
“Avesto”dagi uchlikning haqiqiy manbalariga yondashiladigan bo‘lsa, ular 
qadimgi zamon kishilarning axloqiy tasavvurlariga batamom muvofiq bo‘lib 
tushadi. Fikr, so‘z va ishning birligi ibtidoiy insonning ham ajralmas xislati edi. 
Uning ong, axloq va boshqalar xususidagi tasavvurlari o‘zi mansub bo‘lgan 
jamoa bilan uzviy bog‘langan. Jamoaning fikri uning ham fikri, jamoaning 
so‘zlari uning ham so‘zlari, jamoaning ishlari uning ham ishlari bo‘lgan. Ijtimoiy 
va shaxsiy manfaatlarning uyg‘unligi – urug‘chilik jamiyatining muhim 
belgisidir. Jamoaning har qanday topshirig‘ini bajarish uning a’zolari uchun 
muqaddas qonun edi”.
“Yasht”larda ifoda etilgan har bir yasht muayyan xudo (Axura Mazda, 
Mehr Yasht, Ardvasur Yasht, Mitra va boshqalar)ga bag‘ishlanadi. “Yasht”lar 
doirasida qo‘llangan gimnlarda Axura Mazdaga bag‘ishlangan qasida alohida 
diqqatga sazovor. Masalan, birinchi, “Yasht” - “Xurmuzd Yasht”da Axura 
Mazda tilidan zardushtiylik g‘oyasi ifodalanadi. 
Zardushtiylik ilohining yetmish ikki nomi borligi ma’lum. Yuqorida 
ta’kidlanganidek, Zardusht butun hayoti davomida ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu 
amaldan iborat uchlik g‘oyasini ilgari suradi va ushbu g‘oyaga avvalo uning o‘zi 
amal qiladi. Inson o‘limidan so‘ng marhumning faoliyati ustidan o‘tkazilgan 
hisob-kitob vaqtida Haqiqat ilohi u tomonidan sodir etilgan ezgu va yovuz 
amallarni maxsus tarozida o‘lchaydi. 
Tarozining bir pallasiga ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amal — xayrli ishlar, 
boshqa pallasiga esa yovuzlik va yomonlikka asoslangan xatti-harakatlar 
qo‘yiladi. Ezgu amallar salmog‘i og‘irlik qilsa, marhum ruhi yuqoriga uchadi va 
jannatga tushadi, yovuz va yomon harakatlar qo‘yilgan palla og‘irlik qilsa, 
chohga tushadi. 
Axura Mazda – Oliy tangri elchisi sifatida “Xurmuzd Yasht”da shunday 
ta’riflanadi: 
Mening nomim - so‘rovchidir, 
Vafodor Zardusht. 


34 
Ikkilamchi ismim - matlub, 
Uchinchisi qudrat, 
To‘rtinchisi haqiqatdir. 
Beshinchisi – barcha ezgulik,
Mazda bilan boshlanguvchi bor haqiqatlar. 
Oltinchisi – aql erur, 
Yettinchi - men aqllidurman, 
Sakkizinchi – ta’limotchiman men, 
To‘qqizinchi – men muallimman, 
o‘ninchi - men avliyodurman, 
o‘n birinchi - muqaddasman men, 
o‘n ikkinchi – men Axuraman, 
o‘n uchinchi – qudratlidurman, 
o‘n to‘rtinchi – yovuz emasman. 
o‘n beshinchi – men tolibdurman, 
o‘n oltinchi - hisobchisi barcha narsaning. 
Har narsani ko‘rguvchiman – o‘n yettinchisi,
Asraguvchi ham o‘zimman – o‘n sakkizinchi, 
Yaratguvchi mening o‘zim - o‘n to‘qqizinchi, 
Yigirmanchi – men Mazdaman (27; 8-11-betlar). 
“Avesto” ta’limotida jismoniy va ma’naviy dunyo uch hayotiy davrga 
bo‘linadi. 
Birinchi davr eng qadimgi davr sanalib, u ilk hayotni bildiradi. Bunda ham 
jismoniy, ham ma’naviy dunyoda yaxshilik tantana qiladi. Dunyoda yorug‘lik va 
insoniy saodat hukmron bo‘lgan. Yagona jinoyatchi - hokim Yima Vivaxvant 
bo‘lib, u kishilarni batamom rozi qilmoq uchun ularga mol go‘shti yediradi. 
Ikkinchi davr hozirgi davr bo‘lib, bu davrda yaxshilik ruhlari bilan 
yomonlik ruhlari o‘rtasida kurash davom etadi. 


35 
Uchinchi davr - bo‘lg‘usi hayot. Bu davrda aql-idrok va adolat tantanasi 
o‘rnatiladi. Bo‘lg‘usi yaxshi hayotni Artu o‘rnatib, dehqonlar badavlat, 
hokimiyat esa mustahkam bo‘ladi, deyiladi. “Yaxshilik ta’limni va sadoqatni 
amalga oshirib yaxshi hokimlar hukm yuritaversinlar. Odamlarga va ularning 
avlodlariga baxt-saodat keltiradigan ta’limni amalga oshirsinlar”. 
Zarushtiylik ta’limotida 15 yosh balog‘at yoshi sanalgan. O‘smir balog‘at 
yoshiga yetganda unga Zardusht qonunlari – falsafa, axloq-odob qoidalari va 
axloqiy yo‘riqlar mazmuni o‘rgatilgan. O‘smirlarning xudojo‘y mehnatkash, 
adolatli bo‘lib voyaga yetishlari, o‘y-niyat, so‘z va ishida halollikka 
tayanishlariga alohida e’tibor berilgan. Bolalarga ularning yoshligidayoq ko‘chat 
o‘tkazish, daraxtlarni parvarish qilish, uy-ro‘zg‘or buyumlarini yasash, yerga 
ishlov berish hamda chorva mollarini boqish borasidagi bilimlar berilib, amaliy 
ko‘nikmalarning hosil bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilgan. 
Zardushtiylik ta’limotining axloqiy yo‘riqlariga binoan inson tomonidan 
o‘z burchini his etishning eng birinchi belgisi ma’naviy poklik sanalgan. 
Ayollarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish ijtimoiy zarurat hisoblangan. Ayniqsa, 
homilador ayollarga muruvvat ko‘rsatish asosiy insoniy burch hisoblangan. 
Diniy g‘oyalarga ko‘ra tuproq, suv, havo hamda quyosh muqaddas sanaladi, 
odamlar ularni e’zozlash, quyoshga sajda qilishga da’vat etiladi. Zardusht 
ta’limotida shaxsiy va turmush gigiyenasiga qat’iy amal qilish kishilar o‘rtasida 
turli xil kasalliklar kelib chiqishining oldini oluvchi tadbir ekanligi alohida 
uqtiriladi. Shu o‘rinda quyidagi qoidalarga amal qilish maqsadga muvofiqligiga 
urg‘u beriladi: qabristonlarning shahar yoki qishloqdan tashqarida bo‘lishiga 
alohida e’tibor berish, hayvonlarning qabrlarni oyoq osti qilmasliklari uchun 
qabristonlarning atrofini o‘rab qo‘yish, mayit (o‘lik)ni yuvish vaqtida ozodalikka 
rioya qilish, murda tekkan libos yoki murda qo‘yilgan joyni suv yordamida 
yuvib tashlash, turli jonzotlarning o‘ligi (inson murdasi) tushgan suv havzalarini 
bir necha bor qatron qilish (havzani yomg‘ir yoki daryo suviga bir necha bor 
to‘ldirib, suvni havzadan chiqarib tashlash), badan va sochning toza bo‘lishiga 


36 
ahamiyat berish, tirnoqlarni vaqti-vaqti bilan olib turish, kuniga besh marta 
yuvinish va hokazolar. 
Zardusht g‘oyalarining amaliy ahamiyati shundaki, ularda turli 
kasalliklarning oldini olish hamda atrof-muhit musaffoligini ta’minlovchi usullar 
to‘g‘risida ham ma’lumotlar beriladi. Bu boradagi usullar quyidagi uch guruhdan 
iboratdir: 1) axlatlarni berkitish, ifloslangan joylarni tuproq, tosh yoki kul bilan 
ko‘mib tashlash; 2) olov yordamida, issiq yoki sovuq havo vositasida 
mikroblarni yo‘q qilish; 3) kimyoviy usul (kul, sirka, sharob, turli giyohlar - 
sandal va isiriq tutatish, aloe, piyoz, sarimsoq, qizil qalampir va hokazolarni 
iste’mol qilish) orqali mikroblarni yo‘qotish, orqali yuqumli kasaliklarga barham 
berilgan. Ta’limot mazmuniga ko‘ra kasallik tarqatuvchi ayrim hashoratlarning 
o‘ldirilishi evaziga suvni saqlash qoidalarini buzgan yoki itni o‘ldirgan 
kishilarning gunohi kechirilgan. Bu o‘rinda alohida me’yor belgilangan, ya’ni, 
yuqorida qayd etilgan gunohni sodir etgan kishi 1000 ta echkiemar, 1000 ta suv 
qo‘ng‘izi, yoki kasallik tarqatuvchi pashshani o‘ldirishi yoki 10.000 ta ruhiyatni 
tetiklashtiruvchi o‘simlik bargi, barsum berishi lozim bo‘lgan. Bizga yaxshi 
ma’lumki, mikrob va yuqumli kasalliklar suv, havo va tuproq vositasida tez 
tarqaladi va keng hududga yoyiladi, shu bois “Avesto” g‘oyalariga ko‘ra ularni 
asrash, ulardan foydalanishga nisbatan oqilona munosabatni qaror toptirish o‘ta 
muhim sanalgan. Ularni asrash qoidalarini buzgan kishilar 400 qamchi urish 
bilan jazolanganlar.
Zardushtiylik ta’limotida ovqatlanish qoidalari xususida batafsil so‘z 
yuritilib, ularga qat’iy rioya etish lozimligi alohida ta’kidlanadi. Zero, insonning 
salomat bo‘lishi, o‘z burchlarini to‘laqonli ado eta olish imkoniyatiga egaligi 
uning ovqatlanish qoidalariga nechog‘li amal qilganligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Darhaqiqat, inson ovqatlanmasa fuqarolik, xizmat va axloqiy burchni ham 
bajara olmaydi. Insonning ma’naviy hayoti uning moddiy turmush tarzi bilan 
aloqador ekanligi asarda alohida qayd etilgan, Xususan, “Yasna”larda “Yeb-
ichmaydigan insonning toat-ibodat qilishga quvvati yetmaydi”, - deyiladi. 


37 
Zardushtiylikda kishini holdan toydiradi degan fikrga ko‘ra ro‘za tutish 
man etilgan. Inson holdan toysa, o‘z zimmasiga yuklangan vazifani bajara 
olmaydi, ya’ni, Axura Mazdaga yordam bera olmaydi, bu esa yovuz kuchlarning 
ezgulik kuchlari ustidan g‘alaba qilishiga sharoit yaratib beradi, deyiladi. Och 
qolish va yaxshi ovqatlanmaslikning inson xulqining shakllanishga ham ta’sir 
etishi quyidagicha ta’kidlanadi: “Oziq-ovqat yaxshilanishi bilan xalqning axloq-
odobi ham kuchayadi. Non mo‘l-ko‘l bo‘lsa, axloqiy so‘zlar, ilohiy fikrlar 
yaxshiroq idrok qilinadi”. Zardushtiylikda may iste’mol qilish ta’qiqlanmagan. 
Mayni me’yorida iste’mol qilish kishi organizmini mustahkamlaydi, ya’ni, ovqat 
yaxshi hazm bo‘ladi, qon yaxshi yurishadi, kishi yaxshi uxlaydi, bu holatlar esa 
uning unumli ravishda aqliy mehnat qilishiga yordam beradi, kishilar o‘rtasida 
do‘stona munosabatlarning qaror topishiga ko‘maklashadi, axloqi yomon kishilar 
bilan axloqi yaxshi kishilarni bir-biridan ajratib olishiga yordam berishi qayd 
etib o‘tiladi. 
Zardushtiylikda dunyoviy noz-ne’matlardan voz kechish talab etilmaydi, 
balki noz-ne’matlarni me’yorida iste’mol qilish, ularning mazasidan lazzat olish, 
inson hayotining “yaxshi kun ko‘rish uchun zarur narsalar mo‘l-ko‘lchiligida” 
xushchaqchaqlik va baxtiyorlik bilan o‘tkazishi lozimligi to‘g‘risidagi fikrlar 
ilgari suriladi. 
“Ard Yasht”ning 17-bobi baxt muammosiga bag‘ishlanib, unda moddiy 
farovonlikka erishish birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Axloqan mukammal bo‘lgan 
insonning baxt-saodatga erishishi muqarrar ekanligi ta’kidlanadi. Insonning 
baxt-saodatga ega ekanligini ko‘rsatuvchi omillar sifatida quyidagi holatlar 
keltiriladi: uning sog‘-salomatligi, uzoq umr ko‘rganligi, sevimli xotini va 
bolalarining borligi, shuningdek, oziq-ovqatining mo‘l-ko‘lligi. Ularning uy-
joylari shinam, chorvasi mo‘l, uzoq-uzoq vaqtlargacha mo‘l-ko‘lchilikda 
yashaydilar.
Biroq baxt-saodatga erishish uchun mehnat qilish lozim. Shu bois, baxtga 
erishishning yagona va ishonchli yo‘li mehnat qilish ekanligiga alohida e’tibor 


38 
qaratiladi: “Chorvadorlar to‘q bo‘lsin uchun chorvani muttasil parvarish qilmoq 
lozim”. 
Zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra oila muqaddas hisoblangan. Oila qurish 
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Erkak kishi zurriyot qoldirish layoqatiga ega 
bo‘lgan holda oila qurmasa, unga muayyan jazo berilgan. U qopga solib 
kaltaklangan, peshonasiga tamg‘a bosilgan yoki beliga zanjir bog‘lab yurishga 
majbur etilgan. Ko‘p bolali oilalarning davlat tomonidan mablag‘ bilan 
ta’minlashi yo‘lga qo‘yilgan. Egizak yoki bir yo‘la uchta farzand ko‘rgan 
ayollarning maxsus ravishda taqdirlanishlari e’tirof etilgan. Zardusht g‘oyalariga 
ko‘ra naslning sog‘lom bo‘lishi, qavm qonini toza saqlash, turli irsiy kasalliklar 
kelib chiqishining oldini olish maqsadida yaqin qarindoshlarning o‘zaro oila 
qurishi man etilgan. 
“Avesto”da inson omili, uning salomatligini ta’minlash masalasi alohida 
bayon etilgan. Bugungi kunda xalq tabobatida qo‘llanilib kelayotgan va kishilar 
salomatligi saqlashda muhim ahamiyat kasb etgan ayrim usullar xususida 
ma’lumotlar beriladi. Bildirilgan fikrlar mazmuniga ko‘ra mavjud kasalliklarni 
davolashda dorivor o‘simlik (giyoh)lar yordamida tayyorlangan vositalardan 
samarali foydalanilgani ma’lum bo‘ladi. Ana shunday dorivor vositalar sirasida 
kunjut, ko‘knori, zira, piyoz, savsan, turp, xurmo, sabzi, behi, asal, zaytun moyi, 
shakar, shira hamda sedananing nomi qayd etiladi. Ayrim kasalliklarni bartaraf 
etishda dorivor o‘simliklarning ildizi, poyasi, bargi, guli, mevasi va urug‘laridan 
tayyorlangan qaynatmalarning foydasi katta ekanligi ta’kidlanadi. Kasalliklar 
rivojlanish davri, holati va turiga ko‘ra rejim asosida, duo o‘qitish, parhez 
saqlash, dori iste’mol qilish, shuningdek, jarrohlik amallarini tashkil etish kabi 
yo‘llar bilan davolangan. Asarda tabiblar tomonidan e’tirof etilgan va ularning 
faoliyatlarida asosiy axloqiy-ma’naviy g‘oya bo‘lib xizmat qilgan qasamnoma 
matni ham keltirilgan.
Xulosa qilib aytganda, “Avesto” asarida insonning barkamol bo‘lib 
yetishishida uning so‘zi, fikri hamda ishi ezgu bo‘lishi va ezgulikning 


39 

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling