Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


Muqaddas kitoblarning tarbiyaviy ahamiyati. Bibliya


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

Muqaddas kitoblarning tarbiyaviy ahamiyati. Bibliya (yun. Biblia — 
kitoblar) — yahudiylik va xristianlikda muqaddas hisoblangan diniy kitoblar va 
risolalar majmuasi. Bibliya ikki asosiy qismga — Qadimgi ahd va Yangi ahdga 
boʻlinadi. "Ahd" soʻzi xudoning insonlar bilan maxsus aloqasini ifodalaydi. 
Mazkur dinlarning aqidalariga binoan, Bibliya — xudoning kalomi, barcha 
insonlarga yoʻllangan, dunyo va odamzodning paydo boʻlishi va oxirat sirini 
ochib beruvchi muqaddas kitobidir. Uning asosiy mavzusi — yagona Haqning 
fazilatlari va insoniyat bilan munosabati haqidadir. Bibliya miloddan avvalgi 
VIII-asr va milodiy II-asrlar oraligʻida oromiy hamda yunon tillarida yozilgan. 
Bibliya matnlari tadqiq etilganda shu narsa tasdiqlandiki, ular qariyb ming yil 
davomida xilma-xil joylarda yaratilgan. Bibliya eng qadimgi adabiy 
yodgorliklardan biri boʻlib, diniy pand-nasihatlar, aqidalar, bashoratlar, duolar, 
solnomalar, masallar, ishqiy va falsafiy dostonlar, hikoyat, rivoyat va 
maktublardan iborat. 
Injil (arabcha: ليجنإ) — Xudo Isoga Jabroil orqali ogʻzaki tarzda nozil 
qilgan kitob. Shuningdek, Injil Yevangeliya (yunoncha: euangelion — 
xushxabar) — Iisus Xristos (Iso Masih) haqida hikoya qiluvchi xristianlik 
asarlarining umumiy nomi. Yunon tilida yaratilgan. II asrlardan boshlab yuz 
yilliklar davomida tarkib topa borgan. IV asr boshida yaxlit holga kelgan va 
cherkov tomonidan xristianlarning muqaddas kitobi, deb eʼlon qilingan Qurʼoni 
karimda Injil ilohiy kitoblar sirasiga kiritiladi va Xudo Iso Masihga yoʻllagan 
kitob, deb taʼriflanadi. 
Qurʼonga koʻra, Injilda Muhammadning tugʻilishi bashorat qilingan, 
ammo xristianlar Injilning asl matnini buzishgan. Injil Gʻarb maʼnaviyati va 
madaniyati tarixida chuqur iz qoldirgan, jahonda eng koʻp tarqalgan va tarjima 
qilingan asarlar sirasiga kiradi. 


66 
Zabur grekcha: ψαλτήριον - diniy manbalarga koʻra, Dovud (a.s)ga nozil 
boʻlgan ilohiy kitob. Bibliya "Qadimgi ahd" qismining boʻlimi. "Hazrati 
Dovudning sanolar kitobi" nomi bilan mashhur boʻlgan diniy-musiqiy oyatlar 
majmui. Miloddan avvalgi 1500-500-yillarga tegishli. Zabur sanolari, asosan, 
Xudoga 
bagʻishlangan 
madhiyalar, duolar, 
shukrona, 
iltijo, 
nola-
figʻon, dushmanlardan shikoyat va hokazodan iborat Xususan, dinning asosiy 
qonunlari to‘plami. Kitobda asosiy ibodatlar, ro‘za tutish vaqti, nikoh va meros 
qonunlari belgilangan, bolalarning ta’lim-tarbiyasiga g‘amxo‘rlik qilish uchun 
ko‘rsatmalar mavjud bo‘lib inson qalbini doim sinab-imtihon etib turuvchi 
zotdir, u Isroil mamlakati tarixida ham gʻaroyib moʻjizalarni namoyon qilgan. 
Ayrim sanolarda Yaso (a.s)ning dunyoga kelishi, azob chekib, jon taslim etishi, 
soʻng tirilib, yer yuzida abadiy hukmronligini oʻrnatishi bashorat etilgan

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling