Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


 Musulmon maktablari va unda ta’lim-tarbiya mazmuni


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

3.2. Musulmon maktablari va unda ta’lim-tarbiya mazmuni. 
Arab istilochilarining Movarounnahrdagi g‘alabasidan so‘ng barcha 
mustamlaka mamlakatlar qatori u yerda ham Islom dinning asoslari xususida 
ma'lumot beruvchi muqaddas kitob – “Qur’on” nozil bo‘lgan til - arab tilini 
o‘rganish joriy etildi. Diniy ulamolarning maxsus ko‘rsatmalariga muvofiq 
muqaddas kitobni boshqa tillarga tarjima qilish ta'qiqlandi. Muhammad (s.a.v.) 
payg‘ambar nomi bilan bog‘langan islom dini ta’limoti, dastlabki vaqtlarda yod 
olingan va og‘zaki tarzda aytib yurilgan. Keyinchalik yod olganlar safi kamayib 
borgandan keyin uni ko‘chirib yozadigan kotiblar tayyorlash uchun maktablar 
ochish lozim bo‘lib qoldi. "maktab" - ya'ni yozish o‘rgatiladigan joy degan 
arabcha so‘zning ma'nosi ham shundan kelib chiqqan. 
Maktab arabcha so‘zma-so‘z “ular yozadigan joy” deb tarjima qilinadi. Bu 
turli tillarda turlicha eshitiladi: mekteb, maktab, maktap va boshqalar. 
Maktablar kuttab (arabcha maktab) deb ham nomlanadi. Arab dunyosida 
maktab faqat boshlang‘ich maktab degan ma’noni anglatishiga qaramay, fors 
tillarida bu so‘z boshlang‘ich va o‘rta maktab degan ma’noni anglatadi. 
Qomusiy olim Ibn Sino ham ushbu atamani ishlatgan.
Qur’onni ko‘chirib yozish savobli ish deb e'lon qilinadi. Xatiblar bittadan 
Qur’on ko‘tarib olib, uni qiroat bilan o‘qib boradigan bo‘ldilar.
Shu bois musulmon maktablarida asosiy manbaning tili hamda fan 
sifatida arab tilining o‘qitilishi yo‘lga qo‘yildi. Mavjud fanlarning asoslari arab 
tilida o‘rganila boshlandi. Arab xalifaligi tasarrufiga olingan barcha 
mamlakatlarda masjidlar qoshida maxsus maktablar tashkil etildi. Biroq o‘g‘il 
bolalargina mazkur maktablarda savod o‘rganish huquqiga ega bo‘ldilar. 
Maktablar, shuningdek, keyinchalik bunyod etilgan va maqomi jihatidan hozirgi 
oliy o‘quv yurtlariga teng bo‘lgan madrasalarda ta’lim va tarbiya ishlari shariat 
qoidalariga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu o‘quv maskanlarida Islom 
ta’limoti xususida ma'lumotlar beruvchi ilohiyot fanlari bilan bir qatorda 


60 
dunyoviy fanlarning asoslari ham o‘qitilgan. Machitlar qoshida faoliyat yuritgan 
maktablarda imomlar, madrasalarda esa mudarrislar yoshlarga ta’lim va tarbiya 
berish ishi bilan shug‘ullanganlar.
Bolalarga dastlabki saboq harflari o‘qishdan boshlangan, bu usulda har bir 
bola alifbe tartibida harfning nomini bilib olishi (alif, be, te, se, va h.), so‘ngra 
shu harflarni qo‘shib o‘qishni mashq qilar edi. Ana shu mashq oxiriga yetgandan 
so‘ng, bolalar qo‘llariga “Qur’on” berilgan va domla rahbarligida “Qur’on”ning 
har bir surasi takrorlanib o‘rganilar edi. 
Lekin “Qur’on”ni o‘qish bolalar uchun juda og‘ir edi. Chunki, 
maktablarda faqat og‘zaki mashq usuliga — “Savod” chiqarilishiga o‘tgach, 
savod chiqarish yanada qiyinlashdi. Yozuv alohida “fan” sifatida ajratilib, 
kotiblik kasbiga o‘qiyotganlargagina yozuv o‘rgatilar edi. Shunga qaramay, 
maktablarga deyarlik hamma bolalar tortiladi va “Qur’on”ni o‘rganish majbur 
qilinib, arab bo‘lmagan bolalar uchun uni yodlash har qancha og‘ir bo‘lsa ham, 
Movarounnahr maktablarida “Qur’on”ning bu usuli qabul qilinadi va to‘g‘ri deb 
topilgan. Bu usul keyinchalik bolalarning madrasada o‘qitish uchun ham kerak 
edi. 
Asta-sekin ota-onalar bolalarni 6-7, hatto 5 yoshidan maktabga bera 
boshlaydilar. “Qur’on”ni yod bilgan kishi qori deb atalardi. Qorilar katta 
hurmatga sazovor edilar.
Asta-sekin o‘qimishli kishilar, ya'ni domla alohida ajralib, ular o‘z 
xonadonlarida ham maktab ochadi. Talabalar maktabdor domlalar maktabida 
husnixat, og‘zaki hisobni ham o‘rganar, asta-sekin fors-tojik tilida va turkiy 
tildagi kitoblarni, qo‘lyozmalarni ham o‘qitilar, o‘rgatilar edi. 
Bolalar husnixat va arifmetika bilan yana xususiy muallimda shug‘ullanar 
edilar. 
Maktablarda o‘quv-tarbiya ishlari juda sodda usulda o‘qitilgan. Arab 
alifbosini o‘rganganlaridan keyin bolalarga Qur’ondan parchalar o‘qitila 
boshlangan. O‘quvchilar o‘zlari o‘qib chiqqan arabcha matnning ma'nosini 


61 
tushunmaganliklari uchun ular Qur’ondan olingan parchalarni shu maqsadga 
maxsus moslashtirilgan kitoblar: "Haftiyak", "Chorkitob" bo‘yicha yodlab olar 
edilar. Bunday o‘qishga ikki-uch yil vaqt ketardi. Maktablarda bolalani o‘qitish 
shu bilan tugardi. 

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling