Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova
Diniy kitoblarning tarbiyaviy ahamiyati
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ilovepdf merged (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Odamga
3.3. Diniy kitoblarning tarbiyaviy ahamiyati.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Diniy madaniy-ma’naviy omillar umumiy silsilasiga kiruvchi teng huquqli qadriyat sifatida tan olindi va Dinga to‘la erkinlik berildi. Diniy jamoalar, tashkilotlarga qonun doirasida ochiq va 64 daxlsiz faoliyat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi. O‘zbekiston aholisining asosiy qismi islom dinga, yevropalik aholi xristianlikning pravoslav mazhabiga e’tiqod qiladi. Ular bilan bir qatorda katolik, protestant, boshqa mazhab ( jami 15 dan ortiq konfessiya ) vakillari yashaydi. Ular vatan mustaqilligini mustahkamlash, siyosiy – ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash yo‘lida faoliyat yuritmoqdalar. O‘zbekiston dunyoviy davlat bo‘lib, Din davlatdan ajratilgan. Vijdon erkinligini kafolatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘grisidagi“ gi qonunda (1998) bayon etilgan. O‘zbekistonda din va diniy dunyoqarash dunyoviy turmush tarzi, dunyoviy fikr bilan yonma-yon rivojlanib kelmoqda. Muqaddas, ilohiy kitoblar —muayyan dinda muqaddas va ilohiy hisoblanadigan kitoblar hisoblanadi. Buddaviy dinida – Tripitaka Hinduiy dinida - Vedalar va upanishadlar Avesto- Zardushtiylik Xristian dinida - Bibliya(Muqaddas kitoblar to‘plami) Yahudiy dinida –Tavrot Islom dinida - Qurʼon shunday kitoblardan hisoblanadi. Muhammad (s.a.v) taʼlimotiga koʻra, Alloh oʻtgan paygʻambarlarning baʼzilariga sahifalar, baʼzilariga esa kitoblar nozil qilgan. Ular 100 sahifa va 4 kitobdan iborat. 100 sahifadan 10 sahifani Odamga, 50 sahifani Shisga, 30 sahifani Idrisga, 10 sahifani Ibrohimga yuborgan. Musoga Tavrotni, Dovudga Zaburni, Isoga Injilni va Muhammadga Qurʼonni nozil qilgan. Qurʼondan boshqa Muqaddas kitoblar va sahifalar bir yoʻla bir dafʼada nozil qilingan, deb hisoblanadi. Diniy aqidaga koʻra, Alloh bandalarining ruhiy va moddiy ahvollarini yaxshi bilgan holda har bir payg‘ambarga uning ummatlariga munosib hukmlar bayon etilgan kitob va sahifalar yuborib turgan. Ular oʻz davrida ummatlar uchun hidoyat manbai boʻlgan. Islom taʼlimoti boʻyicha, Qurʼon Allohning 65 "qiyomat"gacha hukmi oʻzgarmaydigan, tillarda va dillarda saqlanib qoladigan kitoblaridandir. Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling