Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ilovepdf merged (1)
Maktablardagi intizomiy jazo: Bu maktablarda ham boshqa diniy
maktablardagi kabi, kaltaklash, tan jazolari "tarbiya"ning "sinalgan" usuli hisoblangan. Atoqli tojik yozuuvchisi Sadriddin Ayniy "Eski maktab" nomli asarida o‘sha zamondagi maktablarda hukm surgan vahshiyona odatlarni ta'sirli qilib tasvirlab bergan. Bunda bolalarni qiynoqqa solishning dahshatli ko‘rinishlari bayon qilingan. Domla o‘quvchilarning "gunohkorligi" uchun ularni jazolar ekan, qo‘llarini qayirib, shikast yetkazgan, tovonlarini tilib, yaralariga tuz sepgan. Bunday qabih ta’lim-tarbiya tizimi hokim sinflarning ijtimoiy talabiga mos kelardi, chunki o‘sha davrda maktabning asosiy vazifasi bolalar va yoshlarni dinga sabr-toqat bilan, ko‘r-ko‘rona itoat qilishga odatlantirishdan, yosh avlodni boylar, ruhoniylar va hokimlarning itoatkor malaylari qilib yetishtirishdan iborat bo‘lgan. Maktablarda berilgan bilimlar shunchalik arzimas va shunchalik turmushdan uzoq bo‘lganki, o‘quvchilarning ko‘pchiligi maktabni bitirib chiqqandan so‘ng sal vaqt o‘tar-o‘tmas yana savodsiz bo‘lib qolaverar edilar. Maktab ta’lim tizimidagi ayrim jihatlar: Faqatgina alifboni o‘rganishga 3-4 oydan bir yilgacha, ba’zida undan ham ko‘p vaqt sarflanar edi. O‘quvchilar dastlabki o‘qish ko‘nikmalarini egallaganlaridan so‘ng «Haftiyak»ni (forscha “Qur’onning yettidan bir qismi”) o‘qishni boshlaganlar “Chor -kitob”( to‘rt kitob) o‘qitilgan. Kitobv fors, tojik tilida yozilgan bo‘lib, 1-qismi diniy marosimlar haqida (tahorat olish, namoz o‘qish , ro‘za tutish va boshqalar) she’riy usulda bayon etilgan, 2-qism shuni davomi izohli shakilda berilgan, 3-qismi “Musulmonlarning muhim masalalari”ga bag‘ishlangan va 4-qism “Pandnoma”tarzida berilgan. 62 Madrasa odatda ikki bo‘limdan, ya’ni quyi ( ibodat al- islam) va yuqori (mas’ola) bo‘limlardan iborat bo‘lgan lekin bub o‘limlar joylarda turlicha nomlangan, masalan, Buxoroda quyi bo‘lim ( mushkulot) deb nomlangan. Keyinchalik bunyod etilgan maqomi jihatidan mazkur maktablar oliy o‘quv yurtlariga tenglashtirilgan. Bularda ta’lim shariat qoidalariga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib ushbu o‘quv maskanlarida Islom ta’limoti xususida ma’lumotlar beruvchi ilohiyot fanlari bilan bir qatorda dunyoviy fanlar asoslari ham o‘qitilgan Maschitlar qoshida faoliyat yuritgan maktablarda imomlar, madrasalarda esa mudarrislar yoshlarga ta’lim tarbiya berish ishi bilan shug‘ullanganlar. Bolalar dastlabki saboqni harflari o‘qishdan boshlaganlar, bu usulda har bola alifbe tartibida harfning nomini bilib olishi (alif, be, te, se, va h.) so‘ngra shu harflarni qo‘shib o‘qilishlarini mashq qilar edi. Yozuv alohida fan sifatida ajratilib kotiblik kasbiga o‘qitilayotganlargagina o‘rgatilar edi. Qur’onni o‘rganish majburiy edi va uni yod bilgan kishi qori deb atalardi. O‘qimishli kishilar o‘z xonadonlarida asta-sekin maktab ocha boshlaydilar Maktabdor domlalar husnixat, og‘zaki hisobni va arifmetikani ham o‘rgatganlar Fors, tojik , turkiy kitoblarni, qo‘lyozmalarni ham o‘qitganlar Maktablarda faqat o‘gil bolalar o‘qitilgan, qizlar esa faqat otinoyilar uylarida o‘qishni o‘rganganlar. X asr boshlarida madrasalar ham paydo bo‘la boshladi. Madrasa so‘zi dars o‘qitiladigan joy, Ma‘ruza tinglaydigan joy ma‘nosini anglatadi. Ma‘lumki, madrasalarda musulmon diniy oqimlari arab tili grammatikasi va qoidachilik, ilohiyot, mantiq, notiqlik mahorati, kalom o‘rgatilgan. Madrasalarda astronomiya, matematika, geografiya, kimyo kabi dunyoviy fanlar asta- sekin o‘qitila boshlandi. Madrasalarda 15-20, 30-40 63 va 100-150 tacha talaba o‘qigan. Madrasani bitirib chiqqanlar imom-xatib, qozixonalar va boshqa ma’muriy ishlarda ish olib borganlar. Bugungi kunda ham mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yoshlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma'naviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich maktab ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va dolzarb vazifalar haqida fikr yuritar ekan, ulug‘ ma'rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktabdir” degan fikrining mohiyatiga to‘xtaladilar. Ota-onalar, jamoatchilikning istaklari inobatga olinib, yurtimizda 11 yillik maktab ta’limi tizimi tiklandi. So‘nggi uch yilda yurtimizda 157 ta umumta’lim maktabi yangidan qurildi. Ulug‘ allomalarimiz – Mirzo Ulug‘bek va Muhammad Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Is’hoqxon Ibrat, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva nomlari bilan atalgan ijod maktablari, “Temurbeklar maktabi”, Prezident maktablari, xususiy maktablar singari yangi va zamonaviy namunadagi ta’lim dargohlari tashkil etilgani yurtimiz farzandlari uchun ta’lim-tarbiya olish borasida yangi imkoniyatlar ochib bermoqda Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling