Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

Qurʼonda insoniyatning etnik boʻlinishi, ijtimoiy tabaqalanishi
ayirmachilik, millatchilik inkor etiladi. Alloh nazdida barcha tengdir. Insonlar 
Alloh tomonidan millati, nasabi, boyligi, imtiyozi va h.k.ga qarab emas, balki 
ularning qalbi va qilgan yaxshi yoki yomon amallariga qarab hukm qilinadilar. 
Diniy eʼtiqodda mustahkam turish, yaxshilik, ezgulik, savob ishlar, mehr-
shafqat, miskin va muhtojlarga yordam berish, insonparvarlikni ulugʻlash barcha 
ilohiy kitoblar kabi Qurʼonning mazmuni-mohiyatini belgilaydi. Unda 
tekinxoʻrlik, birovlar haqini yeyish, boshqalar hisobiga yashashporaxoʻrlik, 
ishyoqmaslik, jabr-zulm, oʻgʻrilikqotillik, dilozorlik, fitnachilik, kibru havo 
qoralanadi. Barcha xalqlar bir ota-onaning avlodi ekani eslatiladi. 
Barcha muqaddas kitoblarning zamirida aslida ezgulikka hizmat 
qilgan g‘oyalar ilgari suriladi. Tarix sahifalarini o‘rganganimizda muqaddas 
kitoblarimizning ildizi yovuzlik va ezgulik o‘rtasidagi kurashlardan iborat edi. 
Shu sababdan ham muqaddas kitoblar inson umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas 
nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, har qanday vaziyatda 
ham hamroh bo‘lguvchi sodiq do‘st. Insonning ruhiy-ma’naviy kamolotini 
ta’minlashda kitobchalik kuchli qudratga ega vosita yo‘qdir. Shu boisdan, azal-


67 
azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o‘qishga, 
undan ilmu odob sirlarini o‘rganishga chorlab kelishgan. 
Alloh taoloning muqaddas kitoblari  haqida savol-javoblar. 
- Alloh taoloning kitoblari qanday kitoblar?
– Payg‘ambarlariga nozil qilgan hukmlari to‘plamidir. 
- U kitoblarni Alloh taolo nima sababdan yuborgan? 
- Din va shariat hukmlarini qavmlarga yetkazish va o‘rgatish uchun. 
Payg‘ambarlarga nechta kitob nozil qilingan?
- Jami bir yuz to‘rt kitob. 
Ularda nimalar bayon qilingan? 
- Va’z va nasihatlar, ibratli qissa va hikoyalar, duo va ibodat so‘zlari 
bayon etilgan, dunyo va oxirat obodligini topmoq yo‘llari ko‘rsatilgan.
- Ularda shariat hukmlari bir-biriga muvofiq keladimi yoki muvofiq 
kelmaydimi?
- Ko‘plari muvofiq, ba’zilari xilofli.
- Nega xilofli?
- Chunki zamona va insoniyatning kamolot darajasiga qarab yangi-yangi 
hukmlar kelgan. Shu sababdan so‘ng kelgan hukmlar avvalgi hukmlarga 
o‘xshamaydi. Ammo eng so‘nggisi, ya’ni Qur’oni karimda kelgan hukmlar to 
zamon oxir bo‘lguncha qat’iy va o‘zgarmasdir.

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling