Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

Muhammad ibn Iso at-Termiziy. Mashhur muhaddislardan yana biri 
vatandoshimiz Muhammad ibn Iso at-Termiziy bo‘lib, u 824-yilda Termiz 
yaqinidagi Bug‘ qishlog‘i (hozirgi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani)da 
tug‘ilgan.
At-Termiziyning oilasi va ota-onasi haqida manbalarda aniq ma'lumotlar 
keltirilmagan. Tarixchilar uning «Bobom asli marvlik edi, u kishi Lays ibn 
Sayyor zamonida yashagan, so‘ng u yerdan Termizga ko‘chib kelgan», - degan 
fikrini keltirish bilan chegaralanadilar. 
Muhamad ibn Iso at-Termiziy bolaligidan ilm o‘rganishga qiziqqan, 
ayniqsa hadis ilmini chuqur egallagan. 
Muhamad ibn Iso at-Termiziy 850 yildan qator mamlakatlarga safarlarda 
bo‘lgan. Hijoz shahrida bo‘lib, Makka va Madina shaharlarini ziyorat qiladi 
hamda Iroq hamda Xurosonda hadis, fikh, qiroat, bayon, tarix va boshqa ilmlarni 
mukammal o‘rgangan. Ushbu safarlar jarayonida Muhamad ibn Iso at-Termiziy 
ustozi Imom Ismoil al-Buxoriy bilan uchrashadi. Alloma ustoziga nisbatan 
alohida hurmatda bo‘lib, uning yordamida hadis ilmidan to‘laqonli ravishda 
xabardor bo‘ladi. Termiziy Imom Buxoriy bilan uchrashganida (bu uchrashuv 
Nishopurda boʻlgan va ikki alloma 5 yil birgalikda yashashgan) hadisning 
matninigina emas, uning hikmati va falsafasini tushunib yetganini eʼtirof etadi. 
Oʻz navbatida Imom Buxoriy oʻz shogirdini maqtab, kamtarinlik bilan: "Sen 
mendan bahra topganingdan koʻra men sendan koʻproq bahra topdim", degan. 
Bu Termiziyga berilgan juda katta baho edi. 
Yoshi qirqdan oshgan va turli mamlakatlar olimlaridan ta’lim olgan at-
Termiziy ham Imom al-Buxoriy mashhur bo‘lgan paytda yetuk olim darajasida 
tanilgan. Ikkala olim o‘rtasida 863-868 yillar oralarida Nishopurda ko‘pdan-ko‘p 
samarali ilmiy munozaralar, samimiy do‘stona uchrashuvlar bo‘lgan. At-


75 
Termiziy o‘z asarlari uchun ko‘pgina foydali ma'lumotlarni al-Buxoriy bilan 
bo‘lgan uchrashuvlarida olganligini yozadi. 
Manbalarda e’tirof etilishicha, Imom Muhammad ibn Iso at-Termiziy 
ustozining vafoti tufayli ko‘p yig‘laganidan va ko‘p bedor bo‘lib kitob ko‘rib 
mehnat qilganlari hamda Alloh rizoligi yo‘lida ko‘p yiglaganlaridan ko‘zi ko‘r 
bo‘lib qolgan. Muhammad ibn Iso at-Termiziyning zehnining o‘tkirligi, xotirasi, 
va yod olish qobiliyatining kuchliligi tufayli Imom Ismoil al-Buxoriy ham uni 
faqatgina shogird sifatida emas, balki hamkor, hamfikr va do‘st sifatida ham 
hurmat qilgan. Muhammad ibn Iso at-Termiziy uzoq safarda manbalardan 
o‘qigan yoki muhaddislardan eshitgan hadislarni to‘plab, kitoblar ta’lif qilishga 
kirishadi. U 863 yilda o‘z vataniga qaytadi va o‘zi ham shogirdlarga ta’lim 
beradi, ayni vaqtda kitoblar ham yozadi. 
Termiziy yoʻlda, safarda boʻlganda ham, yoki bir joyda muqim turganda 
ham ustozlaridan, uchratgan roviylardan eshitgan hadislarni yozib olar, ularni 
tartibli ravishda alohida-alohida qayd qilib borardi. 868 yil xorij safaridan oʻz 
yurtiga qaytgan Termiziy ilmiy-ijodiy ish, shogirdlar tayyorlash bilan mashgʻul 
boʻldi va yirik muhaddis olim, imom sifatida shuhrat qozondi. Taqvodorlik, 
islom dini va oʻz obroʻsiga gard yuqtirmaslikka intilish, dunyo molmatosi va 
boylikka beparvo qarash, oxiratning gʻamini yeyish Termiziyning hayoti tarzi 
edi. 
Termiziyning shogirdlari uning ishlarini davom ettirdi. Ular ichida 
Maqhul ibn al-Fazl, Muhammad ibn Mahmud Anbar, Abu ibn Muhammad an-
Nasafyun, Hammod ibn Shokir, Xaysam ibn Kulayb ash-Shoshiy, Ahmad ibn 
Yusuf an-Nasafiy, Abul-Abbos Muhammad ibn Mahbub al-Mahbubiy va 
boshqalarni koʻrsatish mumkin. 
Termiziyning ustoz va shogirdlari orasida turli mamlakat va elat vakillari 
borligi sezilib turibdi. Shu nuqtai-nazardan qaralganda, uzoq o‘tmishda ham ilm-
fanning taraqqiyoti va ma'rifat urug‘larini tarqatish borasida turli o‘lkalarning 
vakillari yakdil bo‘lib faoliyat ko‘rsatib samarali hamkorlik qilganliklari, 


76 
umumbashariy qadriyatlar ravnaqi yo‘lida haqiqiy baynalmilallik ruhi mavjud 
bo‘lganligi hozirgi davrimiz uchun ham ibratli bir holdir. 
Termiziy qalamiga mansub asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelgan. 
"Al-jomeʼ as-sahih" ("Ishonarli toʻplam"), "ash-Shamoil annabaviya" yoki "Ash-
Shamoil annabiy sallolohu alayhi va sallam" ("Paygʻambar alayhissalomning 
shakl va sifatlari"), "Al-ilal fi-l-hadiys" ("Hadislardagi illatlar"), "Risola filxilof 
valjadal" ("Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola"), "atTaʼrix" ("Tarix"), 
"Kitob uzzuhd" ("Zohidlik kitobi"), "Kitob ulasmo val-kuno" ("Ismlar va 
kunyalar kitobi") va boshqalar. Termiziyning asarlari ichida eng mashhuri
shubhasiz, "Al-jomeʼ as-sahih" boʻlib, 6 ta ishonchli hadislar toʻplamidan biridir. 
Ushbu asar ilmiy manbalarda "Jomeʼ at-Termiziy", "Sahihi Termiziy", "Sunani 
Termiziy" nomi bilan ham ataladi. Termiziyning muhim asarlaridan yana biri 
"ash-Shamoil an-nabaviya" Muhammad (alayhi sallom)ning shaxsiy hayoti, u 
zotning suvrat va siyrati, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni oʻz 
ichiga qamragan manbadir. Bu kitob azaldan islomshunos olimlar, 
tadqiqotchilarning diqqatini oʻziga tortib keladi. Arab tilida bitilgan ushbu asarga 
bir qancha sharhlar ham yozilgan. Uning tili ravon, uslubi gʻoyatda oddiy. Asar 
fors va turk tillariga tarjima qilingan. "Ash-Shamoil an nabaviya"ning 1-qismida 
keltirilgan hadisi shariflar paygʻambarning suvrat (tashqi qiyofasi) iga, 2-qismida 
keltirilgan hadisi shariflar esa ichki dunyosiyu, axloqiy fazilatlarini bayon 
qilishga, yaʼni siyratga bagʻishlangan. Kitobning 16-asrga oid bir qoʻlyozmasi 
Toshkentda, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi. "Ash-
Shamoil an-nabaviya" oʻzbek tiliga oʻgirilib soʻnggi yillarda Toshkentda bir 
necha bor nashr etildi.
At-Termiziy zamonidagi olimlar uning hadis ilmidagi xizmatlarini yuksak 
baholaganlar. Hadis imomlaridan biri Abdurahmon ibn Muhammad al-Idrisiy 
“at-Termiziy hadis ilmida iqtido qilinadigan imomlardan biridir”, deb yozsa
Taqiuddin ibn Taymiya “Abu Iso at-Termiziy birinchi bo‘lib hadislarni sahiyh, 
hasan, zaifga taqsim qilgan olimdir”, deb guvohlik beradi. 


77 
Hofiz ibn Rajab o‘zining “Sharh ilal al-Jom'” nomli kitobida “bilgilki, 
Imom at-Termiziy birinchilardan bo‘lib o‘z kitoblarida hadisni sahiyh, hasan va 
g‘ariybga bo‘lganlar”,-deb allomaning hadis ilmidagi xizmatlarini alohida 
ta'kidlaydi. At-Termiziy asarining barchaga - keng ommaga foydasi haqida al-
Hofiz Abul-Fazl Muhammad ibn Tohir al-Muqaddasiy (u 507-hijriy - 1113 
melodiy yilda vafot etgan) “men uchun Imom at-Termiziyning “al-Jomi'” tasnifi 
Imom al-Buxoriy va Imom Muslim ibn al-Hajjoj asarlaridan ko‘ra ham 
foydaliroqdir. Chunonchi al-Buxoriy va Muslimning kitoblaridan ko‘pincha 
faqat o‘qimishli, ziyoli kishilargina foydalanadi. Ammo Abu Iso at-Termiziyning 
asaridan esa har bir istagan kishi bemalol foydalana oladi”, - deb yozgan edi. 
Abu Iso at-Termiziy asarlari hozirda ham o‘z qimmatini yo‘qotgan emas. 
Uning «Al-Jomi' as-sahiyh», «Ash-shamoil an-nabaviyya» kabi asarlarida 
keltirilgan hadisi shariflar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib insonlarni 
halol, adolatli, iymon-e'tiqodli, diyonatli, pokiza, mehnatsevar, muruvvatli, 
rahm-shafqatli, ota-ona, ayollarga nisbatan hurmat-e'tiborli bo‘lishga chorlaydi. 
Bu ibratli pand-nasihatlar va o‘gitlar xalqimizni, jamiyatimiz ahlini, 
ayniqsa yosh avlodni tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etishini alohida 
ta'kidlash o‘rinlidir. At-Termiziyning asarlari faqat diniy ilmlar majmuasiga oid 
bo‘lib qolmasdan, balki dunyoviy ilmlarga oid ma'lumotlarga ham boydir. 
Masalan, uning bosh asari bo‘lgan «al-Jomi' as-sahiyh»da tarix, mantiq 
huquqshunoslik, tabobat, ziroatga oid ko‘plab qimmatli ma'lumotlarni 
uchratamiz. Arab tilini rivojlantirishda at-Termiziyning xizmatlari kattaligini 
zamonaviy olimlar qayta-qayta ta'kidlaydilar.Ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan 
yaratilgan va bugungi kunda butun ma’rifatli dunyoni hayratga solib kelayotgan 
ilmiy meros faqat bir millat yoki xalqning emas, balki butun insoniyatning 
ma’naviy mulki bo‘lib, bu bebaho boylik yangi va yangi avlodlar uchun 
donishmandlik va bilim manbai, eng muhimi, yangi kashfiyotlar uchun 
mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilishi shubhasizdir. 


78 
Xulosa qilib aytganda, buyuk bobokalonimizning shaxsiy hayoti va uning 
boy ma'naviy merosini chuqur va har tomonlama o‘rganish ham ilmiy, ham 
amaliy jihatdan katta ahamiyatga egadir.


Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling