Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

qanday? 
qanday? 
qanday? 
qanday? 
qanday? 
Sharq Uyg`onish 
davrida ilm-fan, 
madaniyat, ta’lim-
tarbiya qanday 
taraqqiy etdi


117 
 
 
Tayanch so‘z va iboralar: Sharq uyg‘onish davri, Mahmud 
Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, Kaykovus, 
ta’limiy-axloqiy asarlar: “Devonu lug‘otit-turk”, “Qutadg‘u bilig”, 
“Hibat ul-haqoyiq”, “Qobusnoma”. 
5.1. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida ta’lim-
tarbiya masalalari 
Ma’lumki, Sharq Uyg‘onish davrida ma’naviy-ma’rifiy sohada asosiy 
masala inson muammosi bo‘lgan. Shuning uchun ham ta’lim-tarbiya 
masalalariga katta e’tibor berilgan. Didaktik asarlarda Sharqqa xos bo‘lgan 
insonning axloqiy, ruhiy kamoloti, oliy darajadagi yuksalish muammosi yetakchi 
g‘oya bo‘lgan. Insoniylik, insonni ulug‘lash g‘oyasi ta’lim-tarbiyaga oid 
yaratilgan asarlarning asosiy o‘zagi sanalgan. Bu g‘oyani, ya’ni insonparvarlik 
g‘oyasini amalga oshirishning asosiy vositalari sifatida yuksak axloqiy odatlar, 
insoniy munosabatlar va xislatlarni tarkib toptirishga olib keluvchi ta’lim-
tarbiyani amalga oshirish muhim masala qilib qo‘yilgan. Zero, insoniylik 
g‘oyasida yuksak axloqiy xislatlar ifodalangani uchun ham Sharq Uyg‘onish 
davri falsafasi va pedagogikasida ta’limiy-axloqiy yo‘nalish muhim ahamiyat 
kasb etdi. Axloq masalasi faylasuflarning ham, buyuk mutafakkirlarning ham, 
tarixchi-yu shoir hamda adiblarning ham birdek diqqat markazida bo‘ldi. 
Ta’limiy-axloqiy risolalar paydo bo‘lib, axloqning ham nazariy, ham amaliy 
5-Mavzu: Sharq Uyg‘onish davrida ta’limiy-axloqiy
fikrlar rivoji
 
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida ta’lim-tarbiya 
masalalari.
Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilig” asari – pandnoma asar sifatida.
Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida didaktik qarashlar. 
Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati. 


118 
masalalari tahlil etildi. “Qutadg‘u bilig”, “Axloqi Nosiriy”, “Qobusnoma”, 
“Hibbat ul-haqoyiq”, “Guliston”, “Bo‘ston”, “Axloqi Jaloliy”, “Axloqi 
Muhsiniy”, “Mahbub ul-qulub” kabi Yusuf Xos Hojib, Nasiriddin Tusiy
Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher 
Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiylarning ta’limiy-axloqiy 
asarlari yuqorida ta’kidlaganimiz inson shaxsini ma’naviy-axloqiy shakllantirish 
muammosini hal etish sohasida yaratilgan sof pedagogik asarlar sifatida muhim 
ahamiyatga ega. Mazkur ta’limiy-axloqiy asarlarda insonning ma’naviy kamolga 
yetishida yuksak axloqqa ega bo‘lishi ilm-fanni egallashi asosidagina amalga 
oshishi mumkin, degan g‘oya ilgari surildi. 
Chunki biz nazarda tutayotgan davrdan boshlab savod o‘rgatish Qur’on 
va Hadislarni o‘rganish va ulardagi ko‘rsatmalarni o‘zlashtirib olib bilan birga 
olib borilgan. Shunga ko‘ra, Qur’on va Hadislardagi pand-nasihatlar ham 
olimlar, ham adiblar ijodiga ta’sir etgan. Hadislarning ta’siriga sabab 
umuminsoniy fazilatlarga alohida urg‘u berilgan. Ularda ilgari surilgan 
musulmonlikning muhim xislatlari: halollik, saxovat, himmat, mehru-oqibat, 
ehson, sharm-hayo, ilm izlash, muomala qoidalari, axloq mezonlari va boshqalar 
o‘z ifodasini topgan va Sharq adabiyotiga, jumladan, ta’limiy-axloqiy asarlarga 
ta’sir etgan. Ta’limiy-axloqiy asarlar bevosita Hadislarda ilgari surilgan g‘oyalar 
asosida yaratildi. Hadislar ta’siri Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asaridan 
boshlanib, Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yugnakiyning «Hibbat ul-
haqoyiq», Sa’diyning «Guliston», Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» va 
boshqa asarlar negizida ko‘rinadi. Ham g‘oya, ham mazmun, ham shakl buning 
dalilidir. 
Masalan Qur’onda ham, Hadislarda ham, ta’limiy-axloqiy dostonlarda 
ham ilm ta’rifi bilan birga, xulq-odob qoidalari, turmush odobi yoritiladi. Xullas, 
Sharq ta’lim-tarbiyasida ilmni targ‘ib etish, xulq-odob qoidalari islomiy 
tamoyillarga asoslangan, ta’limiy-axloqiy asarlardagi mundarijalarning 
o‘xshashligi ular tayangan ma’naviy zaminga bog‘liqdir.


119 
Millat tarbiyasi hamma zamonlarda ham eng dolzarb masala bo‘lib, Sharq 
mutafakkirlari farzand tarbiyasiga alohida e`tibor berib kelganlar. Turkiy 
xalqlarning tarixini yorituvchi qadimgi manbalarda pand-nasihat va o‘gitlar 
etilgan asarlar ham ko‘plab uchraydi. Xalqimizning ta’lim - tarbiyaga oid 
qarashlari ulug‘ olim, mutafakkir Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit 
turk”(Turkiy so‘zlar lug‘ati) asarida keng bayon etilgan. Alloma mazkur asarni 
11-asrning 2-yarmida (1076-1077) yillarda yozgan. Devonu lugʻotit 
turk” (arabcha: كرتلا تاغل ناويد; tarjimasi “Turkiy soʻzlar devoni”) turkiy 
tillar haqidagi qomusiy asar Markaziy Osiyoda va Gʻarbiy Xitoy hududida 
istiqomat qilgan turkiy urugʻ va qabilalar, ularning ijtimoiy ahvoli, tili, tarixi, bu 
hududning geografiyasi, metrologiyasi va astronomiyasiga oid qimmatli 
maʼlumotlar yozib qoldirilgan. “Devonu lugʻotit turk”ning qoʻlyozmasi 1914-
yil Turkiyaning Diyorbakr shahridan topilgan. 319 sahifali bu qoʻlyozma 
hozirgi Istanbulda saqlanadi. Geograf olim H.Hasanov shunday misol keltiradi: 
1914 yil Turkiyaning Diyorbakir shahrida bir beva xotin pulga muhtoj bo‘lib, 
kitob do‘koniga eski qo‘lyozmani keltiradi va 30 liraga sotishini aytadi. Ammo 
bu narxga kitobni hech kim olmaydi. Bir kun do‘konga keksa kitob 
muxlislaridan Ali Amiriy kirib qoladi va bir do‘stidan qarz olib, kitobni sotib 
oladi (Ali Amiriy 1857-1924 yillarda yashagan, o‘z shaxsiy kutubxonasida 15 
mingga yaqin kitob yig‘ib, hammasini Shayx Fayzulloh madrasasiga hadya 
etgan. Keyinchalik bu kitoblar Fotih kutubxonasi - milliy kutubxonaga 
o‘tkazilgan). Bu kitob Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” asari edi. 

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling