Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova
Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida didaktik
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ilovepdf merged (1)
5.3. Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida didaktik
qarashlar. Ahmad Yugnakiy X-XII asrlar turkiy adabiyotining yirik namoyondasi iste`dodli shoir,donishmand murabbiydir. Adibning “Hibat ul-haqoyiq” dostoni uning ma`naviy merosidan bizgacha yetib kelgan yagona namunadir. Hajman ixcham bu doston o‘sha davr turkiy adabiyotida dastlabki didaktik qarashlar aks ettirilgan nihoyatda qimmatli , mo‘tabar manbalardan biri sanaladi. Adibning hayoti, ijtimoiy faoliyati va ijodi haqida juda kam ma`lumotlar yetib kelgan. Xususan, Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” asarida Ahmad Yugnakiy haqida quydagilarni yozadi: “Adib Ahmad ham turk elidan emish. Derlarki, ko‘zlari bitov ermishki,aslo zohir ermas ermish Ammo bag‘oyat ziyrak va zakiy va zohid va mutaqqiy kishi ermish”. Hazrat Navoiy yozganlaridek: “haq subhanohu va taolo agarchi zohir ko‘zin yopuq yaratqandur , ammo ko‘ngli ko‘zin bag‘oyat yoruq qilg‘ondur…”. “Hibat ul-haqoyiq”day didaktik asarning dunyoga kelganligi o‘sha ta`kidning haqligiga yorqin misol bo‘la oladi. Tug‘a ko‘rmas edi adibning ko‘zi Tuzatti bu o‘n to‘rt bob ichra so‘zi. O‘n to‘rt bobdan, 256 bayt, ya'ni 512 misradan tarkib topgan “Hibat ul- haqoyiq” dostoni yuksak ma`rifiy, ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega va to‘rtliklar she'r shaklida yozilgan. Dostonni adib o‘z zamonasining hukmdori Dod Sipohsolarbekka bag‘ishlab yozgan. Dostonning 1-bobi Allohga hamd, 2- bobi Muhammad (s.a.v)ga va choryorlar taʼrifiga, 3-bobi Dod Sipohsolorbek madhiga bagʻishlangan. 4-bobda kitobning yozilish sabablari bayon qilingan. Dastlabki 4 muqaddima bobdan soʻng asosiy qismga oʻtiladi. 5-bobdan asosiy qism boshlanib, maʼrifatning foydasiyu jaholatning zarari, 6-bob — til odobi, 7- bob — dunyoning oʻtkinchiligi, 8-bob — saxiylik va baxillik, 9 va 10-boblar— turli masalalarga bagʻishlangan. “Hibat ul haqoyiq” ilk bor uygʻur yozuvida bitilgan. Uning nusxalari koʻp boʻlib, ularda asar hajmi turlicha. 137 Yugnakiy oʻzini shoir emas, balki adab muallimi, deb hisoblagan. Oʻziga xos axloq kitobi boʻlgan bu asarga Qurʼoni karim va Hadisi sharif maʼnolari singdirilgan. U islom dini axloqini tashviq qilish, komil insonni tarbiyalab yetishtirish maqsadi bilan yozilgan. O‘z zamonasining ulug‘ mutafakkiri Ahmad Yugnakiyni Alisher Navoiy “ziyrak va zakiy” inson sifatida ta’riflab, islom dini, tasavvuf ta`limotini juda yaxshi o‘zlashtiradi va “Hibbat ul-haqoyiq”da insonni komillikka yetaklovchi xususiyatlar, uning ruhini nopokliklardan xalos etish kabi muhim masalalar xususida umrboqiy fikrlarini bayon etadi. Shubhasiz, shoir bunda Qur`oni Karim, Hadisi sharif va tasavvuf ta`limotiga tayanadi. Shoir ilm-ma`rifat orqali kishiga saodat yo‘li ochilishini ta`kidlagani holda, ilmli, ma`rifatli bo‘lish yuksak insoniy fazilatlardan ekanligini o‘ziga xos timsol, tashbehlardan foydalanib badiiylashtiradi. Adib bilimli kishini qimmatbaho dinorga muqoyasa etarkan, johil kishini qimmatsiz yemishga o‘xshatadi. Ayniqsa, shoirning ilm olishning inson hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etishi to‘g‘risidagi quyidagi obrazli fikrlari nihoyatda qadrlidir: So‘ngakka yiliktan eranga bilik, Eran ko‘rki aql,so‘ngakning-yilik Bilimsiz-yiliksiz so‘ngaktan qoli, Yiliksiz so‘ngakka sunulmas alik. Baytda adib kishining ko‘rki aql bo‘lsa,so‘ngakniki ilikdir demoqda va ilmsiz kishini iliksiz so‘ngak kabi bo‘sh bo‘ladi,deb biladi. Shu bois ilmsiz so‘ngakka qo‘l uzatilmaydi. Ahmad Yugnakiy g‘oyatda chuqur mulohazalar asosida o‘zining katta hayotiy tajriba zaminida tug‘ilgan fikrlaridan birida insonni jamiyatdan yiroq bo‘lmaslikka da`vat etadi. Chunonchi, shoir nigohida ilmli bir kishi ming ilmsizga tengdir , ilmsiz kishiga to‘g‘ri so‘z ham ma`nosizligi unga o‘git berishning o‘zi foydasizligini ta`kidlaydi. Fikrini tasdiqlash uchun yuvinmagan kishilarga “yuvin” deb buyurilsa, ular suv ta`sirida toza bo‘lishini johil inson qancha yuvinmasin ,baribir poklanmasligi bilan 138 qiyosiy tasvirlaydi. Bu misralar bilan adib kishilarni jaholatdan yiroq bo‘lishga undaydi. Ahmad Yugnakiy odobning ibtidosi muomala madaniyatida deb biladi. Shu bois ham so‘zlash madaniyatiga alohida e`tibor qaratadi. Kishilarni ortiqcha gapirmaslikka chaqiradi.Adibning tilni mahkam tutishga chaqirishi, aks holda tishning sinishi mumkinligi xususidagi fikrlari hali ham biz uchun ibrat maktabini o‘taydi. Adib yolg‘onchilikni qattiq qoralaydi. Odamlarni umrni yaxshilik bilan kechirishga, doimo haq so‘zni so‘zlash, to‘g‘ri so‘z bilan tilni bezashga chorlaydi. To‘g‘ri so‘zni - asalga, yolg‘on so‘zni esa sarimsoq piyozga qiyoslaydi. Uning yolg‘on so‘zni kasallik,chin so‘zni esa shifo deb bilishi ziyrak kitobxonni befarq qoldirmaydi. Asarda boshqa ta’limiy-axloqiyning asarlar kabi insonni barkamol etishning asosiy belgisi bu uning xushxulqligidir, deyiladi. Shuning uchun adib asarda axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismi sanalgan tilni tiyish, mol - dunyoga muhabbat qo‘yishning oqibatlari, saxovat va baxillik, kamtarlik, jinoyat yo‘lidan saqlanish haqida, harom va halollikning farzlari, ularni bir-biridan farqlay olish, e’tiqod va sadoqat kabi muhim masalalar ustida fikr yuritadi. Ulug‘likka yetsang unutma o‘zing, Agar atlas kiysang, unutma bo‘zing. Qora bosh yag‘isi qizil til turur, Necha bosh edi u, yana ham yeyur. Ming er do‘sting ersa o‘qish ko‘rmagil, Bir er dushman ersa, ani ozlama. Ulug‘lar ne bersa, emasmen dema Ilig sur, og‘iz ur, emasang ema. Tiling bekta tutg‘il tishing sinmasun, Qolu chiqssa bekta tishing siyur. Harislik ma erg‘a yovuz xislat bo‘l, Harislik so‘ng g‘am, o‘kinch hasrat ul. "Hibat ul-haqoyiq" yozma manbaining to‘liq nusxalaridan biri Hirotda, Adib Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq”asaridagi ilm manfaati, jaholat zarari hikmatlardan namunalar: Biliktin ayurman, so‘zumga ula, Biliklikka ya do‘st o‘zungni ula 139 (Bilim haqida so‘zlayman, so‘zimga quloq sol, ey do‘st ilmli kishiga o‘zingni yaqin tut). Bilik birla bilnur sa’adat yo‘li, Bilik bil sa’adat yo‘lini bula. (Bilim bilan saodat yo‘li ochiladi, (shunga ko‘ra) ilmli bo‘l, baxt yo‘lini izla). Bahaliq dinar ul biliklik kishi, Bu jahil biliksiz bahasiz bishi. (Bilimlik kishi baholik dinordir, ilmsiz johil kishi qimmatsiz yemish (meva)dir). Biliklik biliksiz qachan teng bo‘lur, Biliklik tishi er jahil er tishi. (Ilmlik kishi bilan ilmsiz odam qachon teng bo‘ladi, bilimlik xotin kishi — er kishidir, bilimsiz erkak — xotin kishidir). So‘nakka yilik tek eranga bilik, Eran ko‘rki aql ul so‘nakning yilik. (So‘ngakda1 ilik bo‘lishi lozim ekanligi kabi er kishiga bilim kerakdir, er kishining ko‘rki aqldir, so‘ngakning ko‘rki esa ilikdir). Biliksiz yiliksiz so‘ngak tek xali, Yiliksiz so‘ngakka sunulmas elik. (Ilmsiz iliksiz so‘ngak kabi bo‘shdir, iliksiz so‘ngakka esa qo‘l urilmaydi). Bilik bilti bo‘lti eran belguluk, Biliksiz tirikla yituk ko‘rguluk. (Ilmli kishilarning (nomi) mashhur bo‘ldi, bilimsiz (kishilar) esa tiriklayin o‘ldi hisob va bu unga ko‘rgulikdir). Biliklik er o‘lti ati o‘lmatu, Biliksiz esan erkan ati o‘luk. (Bilimli kishi o‘lsa ham, uning nomi o‘chmaydi, ilmsiz kishining o‘zi hayot bo‘lsa ham, oti o‘likdir). 140 Biliklik biringa biliksiz mingil, Tengakli tengadi bilikning tengin. (Bilimlikning biri bilimsizning mingiga teng, ilmli kishilar ilm- ma’rifatning qadriga yetadi). Baqa ko‘rgil emti uqa sinayu, Ne neng bar biliktin asig‘liq o‘ngin. (Endi o‘zing sinab, uqib, boqib ko‘r, bilimdan foydaliroq qanday narsa bor). Bilik birla alim yuqar yuqladi, Bilikni biliksiz uzun ne qilur. (Bilim bilan olim yuqoriga ko‘tariladi, ilmsizlik esa kishini tubanlashtiradi). Bilik bil usanma bil o‘l haq rasul, Bilik kimda ersa siz arqang dedi. (Bilimli bo‘l, hech qachon erinma, Haq Rasul(i) kim ilmli bo‘lsa, uni siz maqtang (qidiring) deb aytdi). XV asrda qadimgi uyg‘ur yozuvi asosida ko‘chirilgan, asarning ikkinchi to‘liq nusxasi 1480-yilda Istanbulda Abdurazzoq Baxshi tomonidan arab yozuvi bilan ko‘chirilgan. Dostonning arab yozuvi bilan ko‘chirilgan uchinchi nusxasi XVI asr boshlariga mansub. “Hibat ul-haqoyiq”ning asosiy nusxalari Turkiya kutubxonalarida, ayrim parchalardan iborat bir nusxasi Berlinda saqlanmoqda. Adib Ahmad Yugnakiy ham boshqa o‘tgan buyuklar kabi Allohni madh etish bilan boshlaydi. Xulosa o‘rnida Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» islom axloqi va g‘oyalarini Qur’on oyatlari va hadislar asosida oddiygina qilib tushuntirib berishga, targ‘ib qilishga qaratilgan ta’limiy-axloqiy asar hisoblanib, komil inson tarbiyasi maqsad qilib olingan. Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling