Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

Bolalar va o`smirlar
Hayot va mehnatning to`la huquqli va to`la
qimmatli ishtirokchilari
Umumiy hayotda to`la suratda ishtirok etish
uchun jismoniy kuchi bo`lmagan keksalar
Urug`chilik jamiyatidan oldingi jamiyat yosh
jihatdan 3 guruhga bo`lingan edi:
2-chizma 
So‘nggi paleolitda insoniyat o‘z taraqqiyotida yana bir bosqich yuqori 
ko‘tarildi. Odamlar ilk to‘da tarzida yashamay qo‘ydilar va qarindosh-
urug‘chilik jamoalariga bo‘lindilar. Jamiyatda juft oilalar paydo bo‘ldi, ular 
ayrim urug‘larni birlashtirib, urug‘ jamoasini tashkil etdilar. Odamlar g‘orlardan 
tashqari yerto‘la va chaylasimon uylarda ham yashashga o‘rgandilar. Juft 
oilalarning paydo bo‘lishi haqida kichik uy-joylarning tarqalishi darak beradi. 
O‘sha zamon jamoasida ona-ayolning ijtimoiy o‘rni baland bo‘lib, urug‘ 
uning nomi bilan boshlangan. Ayollar uy, o‘choq va muqaddas olovning egasi 
sifatida uy xo‘jaligida hamda bolalarni tarbiyalash jarayonida, o‘choqda o‘tni 


16 
saqlashda, ovqat pishirishda, ro‘zg‘or buyumlarini, mehnat qurollarini 
qo‘riqlash, uy-boshpanani asrash kabi muhim vazifalarni bajarganlar. 
Mezolit davrida oʻq-yoyning kashf etilishi bilan yakka oila boʻlib yashash 
imkoniyati tugʻilgan. Tosh, suyak, yogʻochdan mikrolit qurollar (pichoq, 
qirgʻich, bolta) kashf qilingan. Bu qurollar yordamida odamlar yakka holda ov 
qilish imkoniga ega boʻlishgan. Shu tariqa jamoa boʻlib yashashga barham 
berilgan. Mezolit davri odamlari ovchilik, baliqchilik, terimchilik bilan 
shugʻullanganlar. 
Mezolit davrida O‘zbekistonda qoyatosh suratlari kashf etilgan. Ularning 
ba’zisi rang berib chiqilgan, ba’zilari o‘yib ishlangan. Surxondaryo viloyatidagi 
Zarautsoy qoya tasvirlari mezolit davriga oid. Ular qadimgi odamning fikru 
o‘ylari, atrof-muhit haqidagi tasavvuri, qanday hayvonlarni ovlagani, qaysi 
mehnat va ov qurollarini qo‘llagani haqida fikr yuritish imkonini beradi.
Neolit davrida ona urug‘i matriarxat o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga 
o‘tadi. Urug‘ jamoalari kattalashadi va ularni bir joyda boqish amri mahol bo‘lib 
qoladi. Oqibatda urug‘ jamoasidan mayda guruhlar – kichik oilalar ajralib chiqa 
boshlaydi. 
O‘rta Osiyo hududida bronza davri miloddan avvalgi 3- mingyillik 
o‘rtalaridan boshlanadi va miloddan avvalgi 2- mingyillikka kelib o‘z rivojining 
yuksak darajasiga etadi. 
Patriarxat urug‘chilikka o‘tish patriarxal oilaning vujudga kelishiga olib 
keladi. Shunday oila bir-biriga qarindosh ota urug‘i bo‘yicha yuritiladigan bir 
necha avlodlardan iborat bo‘ladi. Asta sekin bolalar mehnatining ko‘lami 
kengayib, kasb-hunar faoliyatining turlari ko‘payib boradi. Tajribali kishilar 
bolalarni tarbiyalash bilan birga ularni yozishga ham o‘rgata boshlaydilar. Asta-
sekin harbiy tarbiyaning boshlang‘ich ko‘rinishlari yuzaga kela boshlaydi. 
Bolalarga harbiy san'at sirlarini o‘rgatish ancha murakkab ish bo‘lib, ushbu 
tarbiyani tashkil etish maxsus bilim hamda tayyorgarlikka ega bo‘lishni taqozo 


17 
etar edi. Shu bois maxsus harbiy bilim va tayyorgarlikka ega bo‘lgan kishilar 
bolalarga bu boradagi bilimlarni berish jarayoniga jalb etila boshladilar.
Ibtidoiy kishilarning tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlari, ular 
tomonidan amal qilingan urf-odatlar, ijtimoiy munosabatlari mazmuni xalq 
og‘zaki ijodining eng qadimgi janrlaridan biri bo‘lgan afsonalarda ifodalangan. 
Afsonalarning qahramonlari yaxshilikning tantana qilishi uchun yomonlik hamda 
nurning muqarrar mavjud bo‘lishi uchun zulmat bilan kurash olib boradilar, 
yaxshilik va baxt-saodatga chulg‘angan o‘lkalarini yaratadilar. Aksariyat 
afsonalarning qahramonlarini inson sifatida gavdalangan xudolar tashkil etgan. 
Ibtidoiy tuzum kishilarining orzu-istaklari, o‘y-fikrlari, maqsad va intilishlarini 
yoritishga xizmat qilgan afsonalarning ko‘pchiligi bizga eng qadimgi 
yodgorliklar - “Avesto”, Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asarlari orqali 
ma’lumdir. 
Tarixiy shaxslarning hayoti va qahramonliklari borasida ma’lumotlar 
beruvchi rivoyatlar fikrimizning yorqin dalilidir. Ularda muayyan shaxs 
faoliyati, donishmandligi, qahramonliklari, tarixiy shaxs ega bo‘lgan axloqiy 
fazilatlar: nazokat, kamtarlik, aql-idrok, o‘zgalarga muhabbat, yorga vafo, 
sadoqat, baxt, odillik, odamiylik, oliy himmatlilik va mehnatsevarlik kabilar 
ulug‘langan. 
Qadimgi mif(afsona)larda kishilarning tabiiy ofatlar va yovuz kuchlardan 
saqlanish borasidagi dastlabki tasavvurlari tirik mavjudot boshiga falokat 
keltiruvchi tabiiy kuchlarga qarshi mardonavor kurashgan inson va uning xatti-
harakatlari orqali ifoda etilgan. Miflar asosida yaratilgan afsonalarning 
qahramonlari tomonidan olib borilgan harakatlar qahramonlik eposlarining 
yaratilishi uchun zamin hozirlagan. Qahramonlik eposlarida vatanga bo‘lgan 
muhabbat, erk va ozodlik uchun kurash, yurtining har bir qarich yerini asrash, 
qadrdon qabilasining farovonligi, to‘kin-sochinligini ta’minlash yo‘lida jonini 
fido etish, qabilaning sha’ni, sharafi, ori va nomusi uchun kurashish tuyg‘ulari 
tarannum etilgan. Zarina, Sparetra, To‘maris hamda Shiroq (Siroq)lar tomonidan 


18 
ko‘rsatilgan yuksak vatanparvarlik namunalari, Zarina va Striangey, Zariadr va 
Odatida muhabbatlari, mardlik va qahramonlik timsollari bo‘lgan Rustam va 
Siyovush (Xorazm-qang‘ eposi)larning jasoratlari to‘g‘risida hikoya qiluvchi 
epopeyalar shular jumlasidandir. Bizgacha yetib kelgan epik asar (afsona va 
rivoyat)larda asosan ajdodlarimizning yurt ozodligi, vatan ravnaqi va qabila 
farovonligi yo‘lida olib borgan kurashlari o‘z ifodasini topgan. qahramonlar 
vatanni va xalqni sevadi. Or-nomusni muqaddas deb bilish, do‘st va safdoshlarga 
sadoqat, burchni yuksak darajada anglash, unga sodiqlik, vatan va xalqi uchun 
o‘z jonini qurbon etish, har qanday mashaqqatga bardosh berish, o‘z sevgi-
muhabbati yo‘lida aziyat kechishga tayyorlik kabi insoniy tuyg‘ular ularning 
asosiy xususiyatlaridir. Qahramonlik eposlarida ulug‘langan eng asosiy axloqiy 
xislatlari - jasurlik va mardlikdir. 
Shunday qilib, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida tarbiya insoniyat 
faoliyatining asosiy turi sifatida mehnat tarbiyasining takomillashuvi asosida 
rivojlanib bordi. Ibtidoiy tuzum kishilarining orzu-istaklari, o‘y-fikrlari, maqsad 
va intilishlari dastlabki dunyoqarash sifatida afsonalarda o‘z aksini topgan. 

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling