Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova
O‘qituvchining o‘rni va unga qo‘yiladigan talablar
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ilovepdf merged (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savol va topshiriqlar
O‘qituvchining o‘rni va unga qo‘yiladigan talablar. Komenskiy o‘z
davrida iste’dodsiz, ma’lumotsiz o‘qituvchilarni qattiq tanqid etdi. O‘qituvchilikni «yer yuzidagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb» deb hisobladi. Bu o‘qituvchiga nisbatan yangi ilg‘or qarash edi, chunki o‘sha davrda o‘qituvchilik kasbiga hurmat bilan qaralmas edi. Komenskiy aholining o‘qituvchiga hurmat bilan qarashini talab etishi bilan o‘qituvchining o‘zi jamiyatda muhim vazifani bajarayotganini tushunib olishi va o‘z qadr-qimmatini yaxshi bilib olishi lozimligini uqtiradi. O‘qituvchi sof vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli bo‘lishi, o‘z ishini sevishi, o‘quvchilarga otalardek muomala qilishi, ularda bilimga havas tug‘dirishi lozim. «O‘zi» namuna ko‘rsatib, o‘quvchilarni o‘ziga ergashtirishi o‘qituvchining birinchi vazifasidir, degan edi. Shunday qilib, taniqli slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy butun dunyoda pedagogika ilmiga asos solib, maktab taraqqiyotiga, pedagogik ilmiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Uni ko‘p G‘arbiy yevropa mamlakatlari maktab ishini yaxshilash maqsadida taklif etdilar. Uning darsliklari ko‘p tillarga, jumladan o‘zbek tiliga ham tarjima etildi. 150 yildan ortiq vaqt davomida uning yozgan asarlari boshlang‘ich ta’lim uchun darslik sifatida xizmat qildi. Mashhur nemis olimi Leybnits qayd qilib o‘tganidek, falsafani taraqqiy ettirishda Kopernik qanday rol o‘ynagan bo‘lsa, pedagogikani taraqqiy ettirishda Komenskiy ham shunday rol o‘ynadi. Komenskiyning pedagogikasi ilmiy pedagogik bo‘lib, jahon madaniyatiga qo‘shilgan katta hissadir. Uning qarashlari hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Nazorat uchun savol va topshiriqlar 1. Qadimgi Yunonistonda tarbiya, maktab va pedagogika sohasidagi fikrlar. Sparta va Afinada qanday ta’lim-tarbiya muassasalari mavjud edi, ularning farqini izohlang? 426 2. Qadimgi yunon faylasuflarining pedagogik qarashlarida qanday g‘oyalari ilgari surilgan? 3. G‘arbiy Yevropadagi maktablarga tavsif bering? 4. Ritsarlik tarbiyasi mohiyatini yoriting 5. O‘rta asr universitetlaridagi ta’lim tizimini izohlab bering? 6. Ya.A.Komenskiyning sinf-dars tizimi mohiyati nimadan iborat edi? 7. Ya.A.Komenskiy o‘qituvchilar haqida qanday fikr bildirgan? 8. Ya.A.Komenskiyning didaktikasidagi yangiliklar nimalardan iborat? 9. Distervegning dunyoqarashi va uni pedagogikada tutgan o‘rni. Distervegning ta’lim nazariyasini izohlab bering? 10. Distervegning pedagogikaga qo‘shgan (olib kirgan) yangi g‘oyalarini izohlab bering? 11. Pestalotsiyning dunyoqarashi va uni pedagogikada tutgan o‘rni. 12. Pestalotsiyning ta’lim nazariyasini izohlab bering? Pestalotsiyning pedagogikaga qo‘shgan (olib kirgan) yangi g‘oyalarini izohlab bering? 13. Ya.A.Komenskiyning «Buyuk didaktika» asarining XVIIIXIXXXXXI boblarini o‘qib o‘rganish 14. «B-B-B» usuli asosida Qadimgi yunon faylasuflarining pedagogik qarashlarini tahlil qiling Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling