Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


Amerika Qo‘shma shtatlarida ta’lim tizimi


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

15.4. Amerika Qo‘shma shtatlarida ta’lim tizimi
 
AQSh ta’lim tizimi: Amerika Qo‘shma shtatlarida ta’lim tizimining 
tuzilishi quyidagicha: 
1). Bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya 
muassasalari; 
2). 1-8- sinflargacha bo‘lgan boshlang‘ich maktablar (bunday maktablarda 
6 yoshdan 13 yoshgacha o‘qiydilar); 
3). 9-12-sinflardan iborat o‘rta maktablar (bu maktablarda 14-17 
yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat. 


465 
4). Amerika Qo‘shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy ta’lim 
bo‘lib, u 2 yoki 4 yil o‘qitiladigan kollejlar xamda dorilfununlar va boshka oliy 
o‘quv yurtlari tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki doktoranturalardir. 
AQShda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi 
o‘quv yurtlari davlat, jamoa, xususiylar tasarrufida va diniy muassasalar 
ixtiyorida bo‘lishi mumkin. 
Amerikada 3 yoshgacha bolalar tarbiyasi bilan onalar shug‘ullanadilar, 
lekin ularga hech qanday imtiyozlar berilmagan. Uch yoshdan besh yoshgacha 
xususiy yoki davlat bog‘chalaridan foydalanish mumkin, lekin bolalar 
bog‘chalari kichik va bu tizim kam rivojlangan. Enaga yonlash bir haftada 200 
dollarga tushadi. Bog‘chalarda yagona bir dastur mavjud emas. Kerak bo‘luvchi 
hamma jihozlar va ovqatni ota-onalarning o‘zi olib keladi. Besh yoshdan esa 
«Kinder garden» deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta’lim boshlanadi. 
Boshlang‘ich maktab 6 yoshdan to 13-15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab 
oladi. Bu boshlang‘ich maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga yo‘naltirish 
vazifalari hal etiladi. Sinfdan-sinfga ko‘chish o‘quvchining o‘zlashtirganlik 
darajasiga bog‘liq. Boshlang‘ich ta’lim turli shtatlarda turlicha belgilangan (4, 5, 
6, 8 yil). Maktablarda turli xil to‘garaklar, uchrashuvlar, sayohatlar uyushtiriladi, 
ammo ularning hammasiga haq to‘lash lozim. O‘rta maktablar quyi va yuqori 
bosqichlardan iborat. 9-sinfni bitirgan talabalar tanlov asosida o‘rta maktabga 
qabul qilinadi. O‘rta maktablarda to‘rt yo‘nalishda kasb-kor asoslari berib 
boriladi. 
Jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogka fani rivoji. Amerika 
Qo‘shma Shtatlarida ta’lim tizimi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida bolalar 6 
yoshdan 17 yoshgacha 12 yil o‘qiydilar. Ta’lim tizimi quyidagicha tashkil 
etilgan:1. 3 yoshdan 5 yoshgacha maktabgacha tarbiya muassasalarida. 2. 
Boshlang‘ich maktab. Bu bosqich 1—5-sinflarni o‘z ichiga oladi. 3. To‘liq
bo‘lmagan o‘rta maktab. Bu bosqich 6—8-sinflardan iborat. 4.Yuqori maktab. 
Bu bosqich 9-11-sinflar bo‘ladi. Mazkur yuqori maktab bilan oliy ta’limni


466 
aralashtirmaslik kerak. Amerika maktablarida 9-sinfgacha asosiy e'tibor 
matematikaga emas, balki tabiiy fanlarga qaratiladi, yuqorida tasdiqlangan 
yagona dasturlar bo‘lmaydi. O‘quvchilar uchun yagona, majburiy darsliklar, 
qo‘llanmalar yo‘q. Amerika maktablarida texnikaviy jihatdan yaxshi 
jihozlangan, sinflar kompyuterlashtirilgan. Har bir maktabda boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarini tashiydigan maxsus avtobuslar, stadionlar, turli laboratoriyalar 
bor. Amerika maktablarining aksariyati davlat ixtiyorida bo‘lib, davlat mablag‘i 
bilan ta'minlanadi. Lekin shaxsiy maktablar ham anchagina. Katta shaharlarda 
yashovchi o‘ziga to‘q ota-onalar farzandlarini shaxsiy maktablarga berishga 
harakat qilishadi. Davlat maktablarida tekin, shaxsiy maktablar esa — pullik 
o‘qitiladi. Vashington shahridagi shaxsiy maktabda bolani o‘qitish uchun bir 
yilga taxminan o‘n ming dollar to‘lash kerak. Bunday maktablarda boy oila 
farzandlari ta’lim oladilar. Shaxsiy maktablarning har biri o‘zi xos 
xususiyatlarga, maxsus dasturlarga, maxsus o‘qituvchilarga ega. Bunday 
maktablarda sinfda o‘qiydigan o‘quvchilar soni kam bo‘ldai. Shaxsiy 
maktablarda boshlang‘ich sinflardan boshlab estetik tarbiyaga, san'atga alohida 
e'tibor beriladi. 
Amerika davlat maktablarining yuqori sinflaridagi o‘qish-o‘qitish tizimi 
biznikidan tubdan farq qiladi. Yuqori sinflardagi har bir o‘quvchiga alohida 
o‘qituvchi-murabbiy biriktiriladi. U shu o‘quvchining qobiliyati, qiziqishlarini 
sinchiklab o‘rganib, faqat shu o‘quvchiga mos alohida reja tuzadi, uning 
o‘qishiga rahbarlik qiladi. U o‘rganishi lozim bo‘lgan majburiy fanlar ro‘yxatini 
tuzib chiqadi. Masalan, 9-sinf o‘quvchisi bir fandan, deylik, kimyodan kuchli 
bo‘lsa-yu, chet tilidan oqsasa, bu o‘quvchiga 9-sinfda o‘ninchi sinf rejasi 
bo‘yicha kimyoni o‘rganishga ruxsat etiladi. U chet tilini 9-sinf hajmida yoki 
engillashtirilgan reja bo‘yicha o‘rganishi mumkin. Kimyodan yoki matematika, 
biologiya, fizika va boshqa tabiiy fanlardan maktab rejasini muddatidan oldin 
tugatgan, barcha kontrol ishlarini topshirgan o‘quvchiga maktabda o‘qib yurgan 
vaqtidayoq shu fanlar bo‘yicha o‘zi kirmoqchi bo‘lgan kollejning birinchi kursi 


467 
imtihonlarini ham topshirishiga imkoniyat yaratiladi. Amerikaning yuqori 
maktablarida shunday o‘qituvchilar borki, ular kollejlarning birinchi kurslarida 
o‘qitiladigan ma'lum fanlardan dars berishlari hamda imtihon olishlari shart. 
Amerika maktablarida bitirish imtihonlari yo‘q. Oliy o‘quv yurtlariga kirish 
uchun bizdagidek kirish imtihonlari olinmaydi. Biroq har bir abiturient oliy 
o‘quv yurtiga kirish uchun matematika va ingliz tilidan sinov (test) topshiradi. 
Bunday testlar Amerikada har yili 3-4 marta o‘tkaziladi. Sinov savollari kitob 
shaklida har yili chop etiladi. Ularda mingga yaqin mashqlar, masalalar va 
ularning echimlari ko‘rsatiladi. Sinflarda qanday savollar bo‘lishi bizga o‘xshab 
sir tutilmaydi, balki ochiq-oydin «matematika va ingliz tilidan bu yil mana shu 
savollarga javob berish lozim» deb ko‘rsatiladi. O‘quvchilar bu kitobni olib
kirish sinovlariga tayyorlanadi. Amerikada talabalar matematika va ingliz tilidan 
kirish sinovlarini 10-12 sinflarda o‘qib yurgan vaqtlarida, o‘zlariga qulay paytda 
topshira oladilar. 
Amerika oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun belgilangan sinov (test)lar ikki 
xil bo‘ladi: 

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling