Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

1–2 sinflarda ona (fin) tili va o‘qish, matematika, tabiat, din (e'tiqodiga 
qarab) yoki hayotiy tushunchalar (dinga qiziqmaydiganlar uchun), musiqa, 
tasviriy san'at, mehnat va jismoniy tarbiya o‘qitiladi. Bir darsda biryo‘la bir 
necha fan o‘tilishi mumkin. 
3–6 sinflarda ingliz tili o‘rgatila boshlanadi. 4-sinfda - tanlov asosida 
yana bir chet tili: fransuz, shved, nemis yoki rus tillari qo‘shiladi. Qo‘shimcha 
fanlar kiritiladi (tanlov asosida, har bir maktabda har xil): klaviaturada ishlash 
tezligi, kompyuter bilimlari, daraxt bilan ishlash, xor ijrosi, deyarli barcha 
maktablarda musiqiy asboblarda o‘ynashni o‘rgatishadi, bolalar 9 yillik ta’lim 
davomida barcha musiqiy asboblarida o‘ynashni mashq qilib ko‘rishadi. 
5-sinfda biologiya, geografiya, fizika, kimyo va tarix qo‘shiladi. 1-sinfdan 
6-sinfgacha deyarli barcha fanlardan bir o‘qituvchi kiradi. Jismoniy tarbiya darsi 
haftada 1-3 marta istalgan sport o‘yini shaklida o‘tadi (maktabning tanlovi 
asosida). Darsdan keyin dush qabul qilish majburiy. Adabiyot bizning 
tushunchamizdagidek o‘qitilmaydi, bu ko‘proq shunchaki o‘qishni eslatadi. 


487 
7–9 sinflarda fin tili va adabiyoti (o‘qish, o‘lka madaniyati), shved, ingliz 
tili, matematika, biologiya, geografiya, fizika, kimyo, salomatlik asoslari, din 
(yoki hayotiy tushunchala musiqa, tasviriy san'at, jismoniy tarbiya, tanlov 
asosidagi fanlar va mehnat (o‘g‘il va qiz bolalar ajratilmaydi) o‘qitiladi. Barcha 
birdek sho‘rva tayyorlashni va arralashni o‘rganadi. 9-sinfda ikki hafta davomida 
"mehnat hayoti" bilan tanishiladi. Bolalar o‘zlari uchun istagan "ishchi o‘rni"ni 
topib, katta ishtiyoq bilan "ishga" borishadi. 
Finlyandiyada oliy ta’lim tizimi boshlang‘ich oliy ta’lim (bakalavriat) va 
oliy ta’lim (magistratura), oliy ta’limdan keying ta’lim sifatida aspirantura 
(lisensiaatti) doktorantura (fohtori)ga bo‘linadi. 
Finlyandiya ta’lim tizimi ikki bosqichli ma’muriy tuzilishga ega: Ta’lim va 
madaniyat vazirligi (Ministry of Education and Culture)hamda vazirlik huzurida 
faoliyat yuritadigan, lekin o‘z faoliyatida mustaqil Milliy ta’lim agentligi(Finnish 
National Agency for Education). Agentlik maktabgacha va maktab ta’limini, 
vazirlik esa oliy ta’lim tizimini boshqaradi. 
Finlyandiya ta’lim siyosatida uchta muhim tamoyil mavjudligini ta’kidlash 
mumkin: bilimga asoslangan jamiyat haqidagi qarashlarni qo‘llab-quvvatlash, 
ta’lim tengligini ta’minlash va mahalliy hokimiyat vakolatlarini kuchaytirish. 
Mahalliy hokimiyat vakolatlarini kuchaytirish jarayonini o‘tgan asrning 70 
yillaridan 2000 yillarga qadar Finlyandiya ta’lim tizimidagi eng muhim 
o‘zgarishlardan biri sifatida ta’kidlash mumkin.
Ta’lim muassasalarini boshqarish asosan mahalliy hokimiyatlar tomonidan 
amalga oshiriladi. Ta’lim muassasasi faoliyatiga deyarli hech kim aralashmaydi.
Finlyandiya ta’lim tizimining yana bir tamoyili bo‘lgan ishonch madaniyati tufayli 
maktablarga tekshiruv tashriflari yo‘q.
Finlyandiya ta’lim tizimining asosini quyidagi 7 ta tamoyil tashkil etadi: 
1. 
Tenglik 
Ishonch va o‘qituvchilar salohiyati 
2. 
Bepul ta’lim 
Ixtiyoriylik 
3. 
Individuallik 
Mustaqillik 
Amaliylik 


488 

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling