Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


 Fransiya, Germaniya va boshqa davlatlarda ta’lim tizimi


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

15.6. Fransiya, Germaniya va boshqa davlatlarda ta’lim tizimi 
Fransiya ta’lim tizimi.  Fransiya ta’lim tizimi ham qadimiy va boy 
tarixga ega. Bu mamlakatda “Ta’lim haqida”gi Qonun dastlab 1955-yilda qabul 
qilinib, 1975-yilda unga qator o‘zgartirishlar kiritilgan. Fransiya davlatining 
hozirgi davrda amal qilinayotgan “Ta’lim haqida”gi Qonuni 1989-yil 10-iyulda 
qabul qilingan bo‘lib, uning o‘zgartirilishiga ta’lim strategiyasida ro‘y bergan 
o‘zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatdagi islohatlar, yuzaga kelgan 
iqtisodiy sharoitlar, chet el pedagogikasidagi ilg‘or tajribalarning mamlakat 
ta’lim tizimlariga kirib kelishi, o‘quv predmetlarining integratsiyalari va 
boshqalar sabab bo‘ldi. Fransiya ta’limning asosiy maqsadi shaxsning har 
tomonlama kamol topishini ta'minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor 
munosabatlari sharoitida o‘quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va 
omilkorlikka o‘rgatish, shunga yarasha kasb-korga ega qilishdan iboratdir. Bu 
yerda: 
- Davlat maktablari; 
- Xususiy maktablar
- Oraliq maktablari mavjud. 
O‘qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, o‘qish va yozuv 
alohida ahamiyatga molik bo‘lib hisoblanadi. Ular uchun dars vaqtining 30% 
foiz ajratiladi. O‘rtacha haftalik soatlar 26 soatdan iborat, darsning davomiyligi 
esa 60 minut. O‘quv yili 5 chorakka bo‘linadi.
Fransuz maktablari boshlang‘ich sinflarida o‘qish ertalabki va tushdan 
keyingi qismlarga bo‘linadi. Ertalab o‘quvchilar ona tilidan, tushdan keyin esa 
matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar. Matematika, ona tili va 
adabiyoti baza predmeti, tarix, geografiya, mehnat, jismoniy tarbiya predmetlari 
esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi. Fransiya ta’limida bolalarning 


476 
go‘daklik chog‘idanoq maktabda o‘qitish uchun tayyor holda olib kelish g‘oyat 
muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha 
tabaqalashtirilgan: kichik guruh (2-4 yosh), o‘rta guruh (4-5 yosh), katta guruh 
(5-6 yosh). Maktabga tayyorlov guruhi (5-6 yosh) bo‘lib, ularga Fransiya 100% 
foiz shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun 
alohida dastur va darsliklar mavjud.
Fransiya boshlang‘ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha 
bo‘lgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlang‘ich maktab bepul va majburiy. Uning 
vazifasi o‘qish, yozish, hisoblash malakasini berishdir. O‘quv mashg‘ulotlari 
ertalab soat 9 dan 12 gacha, hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. 
Maktabda ovqatlanish pullik, lekin juda arzonlashtirilgan narxlarda. 
Boshlang‘ich sinflarda o‘qish uch bosqichda amalga oshiriladi: 
- Tayyorlov bosqichi; 
- Elementar kurs (bu bosqich ikki yil davom etadi); 
- Chuqurlashtirilgan bosqich.
Dasturlarda o‘quv predmetlarning barchasiga uch bosqich bo‘yicha aniq, 
alohida-alohida talablar qo‘yiladi. 1990-yildagi hukumat qarorida bolalarni 
bilimiga, qobiliyatiga qarab dars jadvalini tabaqalashtirgan holda tuzish huquqi 
berildi. O‘quvchilar 11 yoshda boshlang‘ich maktabni tugallab o‘rta maktabga 
o‘tadilar. O‘rta ta’lim esa kollejlar va litseylarda amalga oshiriladi. O‘rta ta’lim 
ikki bosqichda beriladi. Birinchi bosqich (11 yoshdan 15 yoshgacha) 4 yil bo‘lib, 
eng kichik sinf 6-sinf, 5-4 o‘rta sinf, 3-sinf esa katta sinf hisoblanadi. Demak 
sinflarni raqamlash yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi. 6-5 sinflar 
umumiy o‘rta ta’lim, 4-3 sinflar esa o‘quvchilarning moyilligiga qarab beriladi. 
Bu birinchi bosqichni tugatgach, o‘quvchilar kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha 
guvohnoma oladilar. So‘ngra ikkinchi bosqich boshlanadi. Bu bosqichda 15-18 
yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’lim oladilar. Ular uch yil o‘qib bakalavr unvoni va 
diplomi uchun imtihon topshiradilar. Ana shunda diplom olgan o‘quvchilargina 
oliy o‘quv yurtlarga qabul qilinish huquqiga ega bo‘ladilar.


477 
Fransiya talabalar pedagogika, politexnika instituti, oliy ma'muriy 
maktablarga kirish uchungina imtihon topshiradilar. Bundan tashqari shu kasbga 
moyilligi ham alohida sinab ko‘riladi. Boshqa oliygohlarga va universitetlarga 
esa bakalavr diplomi bo‘lgan yoshlar imtihonsiz qabul qilinaveradi. Oliy ta’lim 
universitetlarda uch turkumda amalga oshiriladi. Birinchi turkum: umumiy 
bo‘lib, o‘qish muddati ikki yil davom etadi. 
Ikkinchi turkum: o‘qish bir yil davom etadi. Talabalar uni magistr darajasi 
bilan yakunlaydi. Uchinchi turkum: o‘qish 1—2 yil davom etadi. Bu siklda: 
biron bir predmetni chuqurlashtirib o‘rganilganligi haqida diplom 1 yil; 
ixtisoslashtirilgan oliy ma'lumot to‘g‘risida diplom 1-yil; uchinchi turkum 
doktorlik dissertatsiyasi 1—2 yil; davlat doktorlik dissertatsiyasi biron-bir sohani 
mukammal o‘rganib dissertatsiya yozish kabi hujjatlar olish mumkin. 
Fransiya oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar 
mingdan ortiq. Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko‘rsatish, informatika 
mutaxassisliklariga ixtisoslashgan. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib, sakkiz haftalik 
ishlab chiqarish amaliyotini ham ko‘zda tutadi. Sirtqi ta’lim shoxobchalari juda 
keng bo‘lib, u 500 turdagi o‘rta, oliy professional ma'lumot berishni tavsiya eta 
oladi.
Fransiya maktab rahbarligi lavozimiga erishmoq uchun ta’limga rahbarlik 
qilishdan saboq beruvchi maxsus markazlarda o‘qiydilar. Bunday markazlarda 
ular rahbarlik qilish, maktab iqtisodiyotini boshqarish, ta’limdagi yuridik 
masalalar, qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash, madaniy oqartuv ishlarini 
tashkil etish, jamoada yaxshi psixologik muhitni barpo etish kabi jihatlarni 
o‘rganadi. O‘qishni yakunlagach, suhbatdan, test imtihonlaridan o‘tadilar. 
Direktor dars bermaydi. Uning ish faoliyatini ikki yil davomida diqqat bilan 
kuzatib boriladi. Shu ikki yil davomida maktab direktori talantli tashkilotchi, 
yetuk rahbar sifatida faoliyat ko‘rsata olmasa, u bu lavozimidan olib tashlanadi.


478 
Maktab o‘qituvchilariga qo‘yilgan talab Fransiyada o‘ta yuqori. Ayniqsa, 
boshlang‘ich maktablarda o‘qituvchi o‘z kasbini ustasi, ajoyib notiq, san'atkor, 
musiqachi, sportchi, tashkilotchi, namunali xulq-atvor egasi bo‘lmog‘i lozim. 
O‘qituvchilar o‘z nazariy — uslubiy malakalarini oshirishga ahamiyat 
beradilar. Malaka oshirish kurslaridan o‘tish uchun aniq muddat belgilab 
qo‘yilmagan. O‘qituvchilar o‘z ixtiyorlari bilan test markazlarida imtihon 
topshiradilar. Shu imtihonlar davrida o‘qituvchi faoliyatida ayrim nuqsonlar 
sezilib, malaka oshirishga ehtiyoj aniqlansa, o‘z vaqti va mablag‘lari hisobiga 
malaka oshiriladi. 2012-yilda Fransiya maktablaridagi ahvol sinchiklab 
o‘rganilib, o‘quvchilarning ko‘pchilik darslarga kirmay boshqa ishlar bilan 
mashg‘ul bo‘lib yurishi aniqlangach, bu kamchilikni tuzatish uchun jiddiy 
choralar ko‘rilgan. Politsiyani bu ishga jalb etib, dars vaqtida boshqa joylarda 
yurgan bolalarni tutish, ularga jarima solish va maktabga eltib qo‘yish 
yuklatiladi. O‘z farzandlarini maktabga yubormagan ota-onalarni esa sud hukmi 
bilan jazolanadi. Unda hatto qamoq jazosi ham belgilab qo‘yilgan. Chunki aynan 
darsga qatnashmay yurgan bolalar o‘rtasida narkomaniya va huquqbuzarlik kabi 
holatlar ko‘p uchraydi. Umuman Fransiya ta’lim tizimini rivojlantirish uchun bu 
yil juda katta mablag‘ ajratilgan. 

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling