Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ilovepdf merged (1)
Fin ta’lim tizimi. Finlyandiyaning asosiy ta’lim to‘g‘risidagi qonunida
(1998 yil) Finlyandiya ta’limining uchta asosiy maqsadi belgilab berilgan: - o‘quvchilarga hayotda zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni berish; - jamiyatda rivojlanish va tenglikni targ‘ib qilish; - butun mamlakat bo‘ylab ta’lim sohasida tenglikni ta’minlash. Finlyandiya aholisi bugungi kunda 5,5 mln. kishini tashkil etadi va mamlakatda mavjud 2341 ta umumta’lim maktablarida taxminan 560500 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Maktablarda haftasiga 5 kunlik o‘qish joriy etilgan. Barcha maktablar bir xil mavqega ega, bolalar qobiliyatiga ko‘ra turli sinf yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga ajratib o‘qitilmaydi. Fin maktablarida boshlang‘ich ta’lim 6 yil davom etadi va 3-sinfgacha bolalarga baho qo‘yilmaydi, o‘qituvchilar tomonidan uyga vazifa deyarli berilmaydi, 2017 yildan aksariyat maktablar dars vaqtida “ruchkadan voz kechishgan” va dars jarayonida to‘liq kompyuter va planshetlardan foydalaniladi. 486 Finlyandiyada o‘rtacha majburiy umumta’lim tizimi ikki bosqichli maktabni o‘z ichiga oladi: — quyi (alakoulu), 1-6 sinf; — yuqori (yläkoulu), 7-9 sinf. Qo‘shimcha 10-sinfda o‘quvchilar o‘z baholarini yaxshilashlari mumkin. So‘ngra bolalar yo professional kollejga yo‘l olishadi, yoki litsey (lukio)da o‘qishni davom ettirishadi. Finlyandiyada o‘quv yili avgustda boshlanadi. O‘quv yili may oyi oxirida yakunlanadi. Kuzgi yarim yillikda 3-4 kunlik ta’til bor, shuningdek Rojdestvo munosabati bilan 2 haftalik ta’til beriladi. Bahorgi yarim yillik fevral oyidagi "chang‘i" ta'tilini ham o‘z ichiga oladi, bunda fin oilalari, qoidaga ko‘ra, oilaviy chang‘i uchishga borishadi. Bundan tashqari, bahorgi yarim yillikda Pasxa ta'tili ham bor. Ta’lim - besh kunlik, faqat kunduzgi smenada. Juma - qisqartirilgan kun. Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling