Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

palestra 
(«kurash 
maktabi»)da tahsil 
7 yoshdan 12 yoshgacha davlat maktabda 
qatnaydilar o’qish, yozish, hisob, musiqa va ashula 
o’rgatiladi. 
Efeblar: 18 yoshdan 20 
yoshgacha (Harbiy xizmat)
30 yoshga falsafa, hisob, geometriya, 
astronomiya va musiqa nazariyasini o’rganiladi 
16-18 yoshgacha hisob, 
geometriya, astronomiya 
o’rganadi 
30-35 yoshgacha iste’dodli yigitlar falsafa ilmini 
o’rganishadi 
35 dan 50 yoshgacha davlatni 
boshqaradilar. 


384 
Bolalar 7 yoshdan 12 yoshgacha davlat maktablariga qatnaydilar va 
bunday maktablarda o‘qish, yozish, hisob, musiqa va ashula o‘rgatiladi. 
Bolalar 12 yoshdan 16 yoshgacha odatdagi badantarbiya mashqlari 
o‘rganiladigan palestrada, ya’ni jismoniy tarbiya maktabida o‘qiydilar. Palestrani 
tamomlagan o‘spirinlar 18 yoshgacha hisob, geometriya va astronomiyani 
o‘rganadilar, bunda ko‘proq amaliy maqsadlar (ularni jangchilar qilib tayyorlash) 
ko‘zda tutilgan. 18 yoshdan 20 yoshgacha yigitlar «Efebiya»da tarbiyalanadilar, 
ya’ni harbiy gimnastika tayyorgarligini o‘taydilar. Aqliy mashg‘ulotga mayli 
bo‘lmagan yigitlar 20 yoshdan boshlab, jangchilar qatoriga o‘tadilar. Abstrakt 
tafakkurga qobiliyati borligi ochiq ko‘ringan yoshlar, ya’ni yigitlarning ozroq 
qismi 30 yoshga qadar falsafa, shuningdek, hisob, geometriya, astronomiya va 
musiqa nazariyasini o‘rganish bilan shug‘ullanib, shu tariqa ilm olishning 
uchinchi, oliy bosqichini o‘taydilar, ammo bunda amaliy maqsad ko‘zda 
tutilmasdan, balki falsafa—nazariyani mukammal o‘rganish ko‘zda tutiladi. Shu 
tariqa ular davlat mansablarida ishlashga tayyorlanadilar. Iste’dodi g‘oyat o‘tkir 
ekanligi ma’lum bo‘lgan va juda ozchilikni tashkil etgan yigitlar falsafa ilmini 
o‘rganishni yana 5 yil (35 yoshga qadar) davom ettiradilar, shundan so‘ng 35 dan 
50 yoshgacha davlatni boshqaradilar. 
Platon ham xotin-qizlar tarbiyasi xususida fikr yuritib, Spartadagi usulni 
ma’qullaydi. 
Umuman Platon tarbiya tizimining butun mazmuni va mohiyati jismoniy 
mehnatdan g‘oyat nafratlanish ruhi bilan sug‘orilgan. Platon g‘oyasiga ko‘ra 
bo‘lajak faylasuflar va jangchilarning «jismoniy mehnat to‘g‘risida xato 
o‘ylashlari» ham taqiqlab qo‘yilgan, shuningdek qullarning bolalarini 
o‘qitmagan ma’qul, degan g‘oya ilgari surilgan. 
Biroq, Platon maktabgacha tarbiya to‘g‘risida, davlat tomonidan izchillik 
bilan olib borilishi lozim bo‘lgan tarbiya tizimi to‘g‘risida bir qancha muhim 
fikrlarni aytdi, ijobiy o‘rnak namunasida tarbiyalash kabilarni talab qildi. 


385 
Platon o‘zining axloqiy tizimini yaratar ekan, ustozi Suqrotga ergashib, 
ob’ektiv idealizm yo‘lini tutadi. Platon etikasining asosiy nazariy tayanch 
nuqtasi — inson ongi chegaralaridan tashqarida bo‘lgan va mangulik g‘oyalari 
olamida xudoning doimiy nazorati ostida bo‘ladigan yagona o‘zgarmas 
«yaxshilik» g‘oyasidir. Uning fikricha, yerdagi yaxshiliklarning hamma turi 
o‘zida me’yor, go‘zallik va haqiqatdan iborat uch tushunchani jamlagan oliy 
«yaxshilik g‘oyasi»ning in’ikosigina bo‘lishi mumkin. 
Platon fikricha, odamning axloqiy hayoti shu oliy «yaxshilik g‘oyasi»ga 
intilishga to‘la bo‘ysungan va xushbaxtlikni tashkil etadigan, faqat oliy 
«yaxshilik» g‘oyasiga intilishdagina xulqning namunasini ko‘rish mumkin. 
SHunday qilib, Platon insonning xulqini xudo xohishiga bo‘ysundirishga harakat 
qilgan. 
Platon insonga xos kategoriyalar va tushunchalarni sinchiklab ishlab 
chiqib, ularning barqarorligi va muayyanligini isbotlagani holda ularni kishilar 
joriy qilishini ham e’tirof etmadi. Shu bilan, u axloqiy qonunlar kishilar uchun 
majburiy yoki nomaqbul bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrga o‘rin qoldirmadi. U 
bu o‘rinda aristokrat zodagonlarnigina nazarda tutgan xolos. Xalq ommasiga 
kelganda unga axloqiy hayotda arzimas o‘rin berilgan, uning fikricha, xalqqa 
faqat bo‘ysunish, itoatkorlik axloqigina xos. Qullar hech qanday fazilatga ega 
emaslar, deb hisoblagani sababli Platon axloqiy etikasiga ko‘ra, ular umuman 
chinakam axloq egasi bo‘lishi mumkin emas. 
Platon axloqiy tushunchalarni o‘zgarmas va barqaror deb qarashi hamda 
ularni mutlaqlashtirishi jamiyat siyosiy tuzilishining o‘zgarmasligi g‘oyalarini 
himoya qilishga va quldorlik davlatini ideallashtirishga xizmat qildi. Natijada 
Platon etikasi aristokratiya nazarida jozibador bo‘lib ko‘rinadi. Ular uning 
etikasida o‘z hayotlari tarzining in’ikosi va himoyachisini ko‘rdilar. 
Platonning shogirdi bo‘lgan, makedoniyalik Iskandarni tarbiyalagan, 
qadimgi Gretsiyaning eng yirik idealist-faylasufi va olimi Arastuning 


386 
pedagogika nazariyasini yaratishdagi va uni rivojlantirishdagi xizmatlari juda 
ulkan. 

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling