Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova
Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ilovepdf merged (1)
13.6. Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi
Yan Amos Komenskiy (1592-1670) Chexoslovakiyalik gumanist- pedagog. Yan Amos Komenskiy pedagogika ilmning poydevorini qurgan, uning keyingi rivojlanish yo‘llarini ko‘rsatib bergan, o‘zining ongli hayotini, amaliy pedagogik faoliyatini bolalarni o‘qitish va tarbiyalashdek olijanob ishga bag‘ishlagan ulug‘ pedagogdir. Buyuk chex pedagogi Ya.A.Komenskiy 1592-yil 28-mart «Ugorskiy Brod» degan joyda Moraviyada tegirmonchi oilasida dunyoga keladi. Uning oilasi ruhoniy «Chex qardoshlari» jamoasiga tegishli bo‘lib, bu jamoa Chexiyaning ozodligi uchun kurashuvchi vatanparvarlarni o‘z atrofiga to‘plagan edi. Komenskiy ota-onasidan ajralib, ancha vaqt o‘qiy olmaydi, 16 yoshida «Chex qardoshlari» jamoasining yordami bilan lotin maktabiga o‘qishga kiradi, bu yerda u tarbiya tizimining yomonligini, o‘quv metodlarining yaramasligini ko‘radi va tushunadi. «Men o‘sha vaqtdayot tarbiya masalasida mamlakatimni orqada ekanligini ko‘rdim. Men o‘sha davrdayoq fan va tarbiya hammaga tegishli bo‘lishi kerakligi o‘yladim» degan edi Komenskiy. Maktabni tugatgach Xorborni universitetiga (Germaniyada) o‘qishga kiradi, uni tugatgach Geydelberg universitetida ma’ruza kursini tinglaydi, bu universitetda o‘sha davrda ilg‘or professorlar ishlardi. Komenskiy Avstriya, Gollandiyada bo‘lib 416 iqtisodiy, siyosiy va madaniy turmushni o‘rganadi. SHuningdek, o‘zining ilmi va dunyoqarashini kengaytiradi. O‘sha davrda urush alohida knyazliklar orasida tez-tez bo‘lib turar edi. 30 yillik urush (1618—1648) davomida chex qardoshlari jamoasi o‘zining mustaqilligi uchun kurashishi sababli nemis dvoryanlari tomonidan haydaladi. Haydalish natijasida Komenskiy xotini va bolasidan juda bo‘ladi. Qo‘lyozmalari yo‘qoladi. «Chex qardoshlari» ko‘chib kelib o‘rnashgan Polshadagi Leshno shahrida Komenskiy qardoshlik maktabiga rahbarlik qiladi, u yerda gimnaziya tashkil etadi. U o‘zining qariyb 80 yillik umri davomida pedagogika, ta’lim- tarbiya, falsafa, ilohiyotga oid 250 dan ortiq asarlar, darsliklar yaratdi. Bulardan yiriklari: «Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi» (1631), «Buyuk didaktika» (1632), «Onalar maktabi» (1632), «Pansofiya maktabi» (1651), «Yaxshi tashkil etilgan maktab qonunlari» (1953), «Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari» (1658) nomli asar va darsliklar. Shuningdek, logika, fizika, lotin tili, grek tili kabi kitoblar yozadi. Darsliklari hayotlik davridayoq ko‘p tillarga tarjima qilinib, Komenskiyning nomini butun dunyoga tanitadi. 8-chizma Komenskiy «Kishilik jamiyati ishlarini yaxshilash haqida hammaga talluqli maslahat» nomli 7 jildli katta asar yozdi (U hayot ekanligi vaqtida hammasi bo‘lib 2 jildi bosilib chiqdi, qolgan jildlari esa faqat 1935 yilda topildi va CHexoslovakiyada chop qilindi). Bu asarida «Hammani va hamma narsada har tomonlama tuzatish»ning insonparvarlik va demokratik dasturini belgilab chiqdi va kishilik jamiyatini isloh qilish rejasini ilgari surdi. Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling