Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


Boshlang‘ich ta’limning xususiy metodikalarini yaratish


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

Boshlang‘ich ta’limning xususiy metodikalarini yaratish. 
Petalotssi o‘zining umumiy didaktik qoidalariga tayanib, boshlang‘ich 
ta’limning xususiy metodikasi asosini yaratib berdi. 
Pestalotsi ona tili o‘qitishning asosiy vazifasi bolaning nutqini o‘stirish 
va uning so‘z boyligini orttirishdan iborat bo‘lishi lozim, deb hisobladi. 
Pestalotsi savod o‘rgatishda tovush metodini birinchi o‘ringa qo‘ydi, bunday 
qilish harflarni qo‘shib o‘qitish metodi hukmronlik qilib turgan o‘sha vaqt uchun 
g‘oyat muhim edi. 
Pestalotsi ona tili o‘qitishni ko‘rsatmali prinsip asosida olib borish va 
bolalarga tabiiyot, geografiya va tarixga doir elementar ma’lumotlar berib, shu 
tariqa bolalarning so‘z boyligini orttirish to‘g‘risida qimmatli ko‘rsatmalar berdi. 
Bolalarda yozuv malakasini hosil qilish uchun Pestalotsi dastlab to‘g‘ri 
va egri chiziqlarni — xatlarning elementarlarini chizdirib, mashq qildirishni 
tavsiya etdi. Pestalotsi yozuv o‘rgatishni narsalarni o‘lchash va suratni chizish 
bilan shuningdek, nutqni o‘stirish bilan bog‘lab olib borishni taklif qildi. 
O‘lchashni o‘rgatmoq uchun Pestalotsi dastlab to‘g‘ri chiziq chizishni, 
so‘ngra burchak, kvadrat chizishni va bu kvadratni bo‘laklarga (yarimta, 
chorakta qilib va hokazo) bo‘lishni o‘rgatishni taklif qildi. Tarbiyachi bolalarga 
turli geometrik jismlarni ko‘rsatish va ularning nomlarini aytib berishi lozim. 
Bolalar bu geometrik jismlarni kuzatib, ularning xossalari va nomlarini 
o‘zlashtirib oladilar, ularni o‘lchashni o‘rganadilar. Bola o‘lchov natijalarini 
chizib va yozib olishi lozim, bu orqali bola yozuvga ham o‘rganib boradi. 
Pestalotsi arifmetikani o‘sha vaqtda qabul qilingan o‘qitish metodiga
ya’ni qoidalarni yodlab olish yo‘li bilan o‘qitish metodiga qarshi chiqib, har bir 
butun sonni elementidan – bir raqamidan boshlab o‘rgatishdan iborat bo‘lgan 
o‘z metodini taklif qiladi. Pestalotsi yaqqol tasavvurlar, raqamlarni qo‘shish


409 
ayirish asosida bolalarga sonlarning xossalarini va nisbatlarini juda ravshan 
tushuntirib beradi. Bolalar birlik raqamlarini o‘rganib bo‘lganlaridan so‘ng 
o‘nlik raqamlarni o‘rganishga o‘tadilar. 
Bolalarga kasrlarni o‘rgatish uchun Pestalotsi kvadratni olib, uni bir 
butun hisoblangan holda undagi bo‘laklar bilan butunning bir-biriga nisbatini 
ko‘rsatib berar edi. Shu g‘oyaga asoslanib, maktabda arifmetika qutisi joriy 
etildiki, bu hozirda ham maktab amaliyotida qo‘llanilmoqda.
Pestalotsi tabiiy fanlar va geografiyani elementar o‘qitishga oid o‘z 
qarashlarini ham bayon etadi. 
Pestalotsi pedagogika nazariyasi va tajribasining ahamiyati. Pestalotsi 
pedagogikaning ko‘zga ko‘ringan nazariyotchisi va amaliyotchi edi. U odamning 
barcha tabiiy kuchlarini va qobiliyatlarini bir-biriga uyg‘un qilib o‘stirishdek 
vazifani tarbiyaning asosiy vazifasi deb bildi. U elementar ta’lim nazariyasini 
yaratdi, bu nazariya dogmatik ta’limga, ya’ni ma’nosini tushunmay yodlashga 
qarshi olib borilgan XIX asrda xalq maktabini rivojlantirishga yordam bergan 
kurashda katta rol o‘ynadi. U bolani jismoniy tarbiyalash, mehnatda tarbiyalash, 
axloqiy va aqliy tarbiyalash to‘g‘risida juda qimmatli fikrlarni aytib o‘tdi. 
Pestalotsi boshlang‘ich maktabda beriladigan bilimlarning mazmunini 
kengaytirishni talab qildi, boshlang‘ich maktabni xalqqa yaqinlashtirishga, uni 
xalq ommasining turmushi va ehtiyojlari bilan chambarchas bog‘lashga intildi, 
bolalarni mehnatga o‘rgatishga, ularni turmushga tayyorlashga katta e’tibor 
berdi. 

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling