Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

Axloqiy tarbiya. Pestalotsi tarbiyaning asosiy vazifasi — kelgusida 
ijtimoiy hayotda qatnashib foyda yetkaza oladigan va hamma jihatlari uyg‘un 
bo‘lib kamol topgan inson yetishtirishdir, deb biladi. Bolani boshqalarga foyda 
keltiradigan ishlarda muttasil mashq qildirish yo‘li bilan uning axloqi voyaga 


407 
yetkaziladi. Pestalotsining fikricha, bola organizmining kundalik ehtiyojlarini 
qondirish asosida bolada onaga nisbatan tug‘ilayotgan mehr-muhabbat axloqiy 
tarbiyaning eng oddiy elementidir. Bolaning axloqi uchun oilada negiz solinadi. 
«Ota-onaning uyi, — deydi Pestalotsi, — axloq maktabidir!». Bolaning onaga 
bo‘lgan muhabbati asta-sekin oilaning boshqa a’zolariga ham o‘tadi. 
Aqliy ta’lim. Pestalotsining aqliy ta’lim to‘g‘risidagi ta’limoti boy va 
mazmunli ta’limotdir. Pestalotsi o‘zining insonning hamma jihatlarining bir-
biriga uyg‘unlashib kamolga yetishi to‘g‘risidagi asosiy g‘oyasiga tayanib, aqliy 
ta’limni axloqiy tarbiya bilan bog‘lab olib borish kerakligini ko‘rsatadi va 
tarbiyalovchi ta’lim olib borishni talab qiladi. 
Har qanday ta’lim kuzatishga va tajribaga asoslanishi hamda xulosalar 
va umumlashmalar darajasiga ko‘tarilishi lozim, deydi Pestalotsi kuzatishlar 
natijasida bolada ko‘rish, eshitish sezgilari va boshqa sezgilar hosil bo‘ladi, bu 
sezgilar bolada fikrlash va so‘zlash ehtiyojini tug‘diradi, deydi. 
Odamning sezgi a’zolari yordamida tashqi dunyo to‘g‘risida hosil qilgan 
tasavvurlari dastlab ravshan va aniq bo‘lmaydi. Ta’limning vazifasi ham 
shundan iboratki, u mana shu tasavvurlarni tartibga solishi va aniqlashi, ravshan 
tushunchalar darajasiga yetkazishi, «tartibsiz tasavvurlarni ravshan tasavvurlarga 
va ravshan tasavvurlarni ochiq ko‘rinib turgan tasavvurlarga» aylantirishi kerak. 
Ta’lim, birinchidan, o‘quvchida o‘zining sezgi a’zolari vositasi bilan hosil qilgan 
tajribalar asosida bilimlar zahirasini to‘plashga yordam beradi, ikkinchidan
bolaning aqliy qobiliyatlarini o‘stiradi. 
Pestalotsi ta’limning har bosqichi uchun maxsus ravishda tanlab olingan, 
har bir bolaning o‘ziga xos aqliy kuchlarini hamda qobiliyatlarini tinimsiz va 
muntazam ravishda o‘stirib boradigan tizim vositasi bilan bolalarga aqliy ta’lim 
berishga intildi. 
Pestalotsi ta’limni soddalashtirishga va psixologiya negiziga qurishga 
intilib, narsalar va buyumlar to‘g‘risidagi har qanday bilimning eng oddiy 
elementlari bor, odam shu elementlarni o‘zlashtirib borib, o‘z atrofidagi olamni 


408 
bilib oladi, degan fikrga keladi. U son, shakl va so‘zni mana shunday elementlar 
deb hisoblaydi. O‘qitish jarayonida bola o‘lchash yo‘li bilan shaklni, hisoblash 
yo‘li bilan sonni, nutqni o‘stirish yo‘li bilan so‘zlashni bilib oladi. 

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling