Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

meditsina yoki yuridik fakultetida o‘qishni davom ettirish imkonyatiga ega 
bo‘lar edi. Bu faultetlarda o‘qish muddati 5-6 yil bo‘lib, uni tamomlaganlar 
doktor, yoki olim unvonini olar edi. 
O‘rta asr universitetlari cherkov nazorati ostida ishlaganliklari oqibatida 
sxolistika ruhidagi maktabga aylanib qolgan edilar. Bunda atrof-tevarakda real 
fakt va hodisalarni o‘rganish bilan emas, balki cherkov ruhoniylari tomonidan 
ma’qullangan va tavsiya qilingan kitoblarni yodlab olish bilan shug‘ullanardilar. 
43
History of pedagogy. William Harold Payne. Gabriel Compayre Ulan Press, 2012.22b 


399 
Shu sababdan bunda o‘qish quruq qiroatxonlikdan iborat bo‘lib qoldi. 
Universitetlarda o‘qitish metodlari leksiya, cherkov tomonidan tasdiqlangan 
darslik va asarlarni yodlash va disput (munozara)lardan iborat edi. 
Universitetlarda o‘qish faqat lotin tilida olib borilar edi. 
Universitet ta’limining va undagi metodlarning sxolastik mazmunidan 
qat’i nazar, O‘rta asr universitetlari Yevropa madaniyatining rivojlanishida katta 
rol o‘ynaydi. Ular ma’rifat tarqatish va o‘sha davrdagi ma’lumotli kishilarni 
yetishtirishda katta xizmat qildi. 
Universitetlarning vujudga kelishi va ularning rivojlanishi. XII—XIII 
asrda bir qancha G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida oliy ma’lumot beradigan 
o‘quv yurtlari sifatida universitetlar paydo bo‘la boshlaydi. Universitetlarning 
vujudga kelishiga o‘sha vaqtlarda ko‘p Yevropaliklarning arab madaniyati 
(xususan, meditsina va falsafa) bilan tanishuvi katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu 
madaniyat bilan tanishishga G‘arbiy Yevropa feodallarining XI asr oxirida 
Sharqdagi arab musulmon mamlakatlariga qarshi boshlagan harbiy harakatlari 
sabab bo‘ldi. O‘sha zamon arab mamlakatlarida madaniyat va ma’rifat G‘arbiy 
Yevropadagi madaniyatga nisbatan ko‘p jihatdan taraqqiy qilgan edi. Xususan 
arablar tomonidan VIII asrda istilo qilingan Ispaniyada tashkil qilingan arab oliy 
o‘quv yurtlari Yevropa universitetlari uchun ma’lum darajada namuna bo‘ldi. 
Ispaniyada arablar barpo qilgan feodal musulmon davlatining poytaxti Kordova 
shahrida tashkil qilingan arab oliy o‘quv yurtlarida falsafa, matematika
astronomiya, meditsina fanlari o‘qitilar edi. Yevropaning turli mamlakatlaridan 
kelgan ko‘p talabalar Kordovada o‘qib, oliy ma’lumot olardilar. 
Universitetlarning paydo bo‘lishiga yana bir sabab shu ediki, Yevropada 
katta davlatlar barpo qilinganligi va markazlashtirilgan monarxiya 
hokimiyatining kuchayganligi munosabati bilan ilmli va yuksak malakali 
huquqshunoslarga talab tug‘ildi. Mazkur sabablardan tashqari XII­XIII asrlarda 
G‘arbiy Yevropa hayotida yuz bergan iqtisodiy, madaniy o‘zgarishlar, ya’ni 
hunar va savdoning rivojlanishi, shaharlarning o‘sib borishi va shunga bog‘liq 


400 
holda dunyoviy shahar madaniyatining taraqqiy qilib borishi, xalqaro 
aloqalarning kengayishi, yoshlar o‘rtasida oliy ma’lumot olish harakatini 
tug‘dirdi, bu hol o‘z navbatida universitetlarning paydo bo‘lishiga katta ta’sir 
ko‘rsatdi.
XIV-XVI asrlardagi G‘arb uyg‘onish davrida maktab va pedagogika 
sohasida ham ancha yuksalishlar ko‘zga tashlandi. Uyg‘onish davrida 
matematika, astronomiya, mexanika, geografiya va tabiiy ilmlar taraqqiy qildi. 
Ilmning turli sohalarida ixtirolsr, kashfiyotlar qilindi. Yevropada kitob chop etish 
boshlandi. Amerika kashf etildi, Hindistonga dengiz yo‘li ochildi.
Uyg‘onish davri gumanistlari insonni eng oliy zot deb hisoblab, uni 
birinchi o‘ringa qo‘ydilar. Ular matematika, astronomiya, mexanika, geografiya, 
tabiiyot kabi tabiiy-ilmiy fanlarni aqliy ta’lim berish dasturiga kiritdilar. Ular 
o‘qitishda bolaning bilimga qiziqishi va havasini uyg‘otishga harakat qildilar. 
Lekin gumanistlarning pedagogik qarashlari aslzoda va boy kishilarning bolalari 
o‘qitilayotgan maktablargagina tatbiq etildi.
Shahar maktablari o‘sib bordi, bu maktablarda hunarmandlar va 
savdogarlarning bolalari boshlang‘ich ta’lim olardilar. Qizlar uchun ham 
maktablar (xususiy) ochila boshlandi. Shahar maktablarining ko‘pida bolalar o‘z 
ona tilida o‘qitiladigan bo‘ldi.
XVI asrda boshlang‘ich maktablar bilan birga, o‘qish muddati 8-10 yil 
bo‘lgan yuqori (lotinch) maktablar va o‘rta maktablar (kollegiumlar, 
gimnaziyalar) ochila boshladi.
Uyg‘onish davrida pedagogika sohasi ham rivojlandi. Italiyada gumanist 
Vittorina da-Fel’tre (1378-1446) ”Shodlik uyi” nomli maktab ochdi. Maktabga 
gumanistlar pedagogikasining prinsiplari asos qilib olindi.
Maktab tabiat quchog‘ida ochilib, o‘rta asr maktablaridan farqli, keng va 
yorug‘ x onalardan iborat edi. Maktabda klassik tillar, adabiyot asosiy fanlar 
bo‘lsada, matematika va astronomiya ham o‘qitilardi. Ekskursiyalar tashkil 
etilardi. Bolalarning jismoniy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilardi. 


401 
Fransuz gumanisti Fransua Rable (1494-1553) pedagogika rivojiga 
munosib hissa qo‘shdi. Gumanistik tarbiya usulini ilgari surdi. Bolani o‘ylab 
tuzilgan rejim asosida tarbiyalashga, har tomonlama bilim berishga, bolaning 
mustaqil tafakkurini, ijodkorligi va faolligini oshirishga ahamiyat qaratdi. 
Pedagogik qarashlarini ”Gargantyua va Pantagryuel’” romanida ifodalab berdi. 
U ta’limni ko‘rsatmali bo‘lishini, turmush, atrof-muhit bilan bog‘lab olib 
borishni maslahat beradi. 
Ingliz gumanisti Tomas Mor (1478-1535) yosh avlodni mehnat faoliyati 
jarayonida tarbiyalash haqidagi fikrni birinchilardan bo‘lib ilgari suradi. 
O‘zining ”Utopiya” asarida ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini ilgari suradi. U 
hamma bilim olishini, qizlar ham boshlang‘ich maktabda o‘qishini, darslar ona 
tilida olib borilishini tavsiya qiladi. Maktabda o‘qish va yozishdan tashqari, 
arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqa, dialektika, tabiiyot ilmi 
o‘rgatilishi lozim deb hisoblaydi. 
Tarbiyaga, ayniqsa, jismoniy va mrhnat tarbiyasiga katta e’tibor 
qaratadi. Bo‘sh vaqtlarni kutubxona, muzeylarda o‘tkazish lozim deb hisoblaydi. 
Tomas Mor o‘z fikrlari bilan pedagogika sohasi rivojiga katta hissa qo‘shadi. 

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling