Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ilovepdf merged (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Universitetlarning vujudga kelishi va ularning rivojlanishi.
meditsina yoki yuridik fakultetida o‘qishni davom ettirish imkonyatiga ega
bo‘lar edi. Bu faultetlarda o‘qish muddati 5-6 yil bo‘lib, uni tamomlaganlar doktor, yoki olim unvonini olar edi. O‘rta asr universitetlari cherkov nazorati ostida ishlaganliklari oqibatida sxolistika ruhidagi maktabga aylanib qolgan edilar. Bunda atrof-tevarakda real fakt va hodisalarni o‘rganish bilan emas, balki cherkov ruhoniylari tomonidan ma’qullangan va tavsiya qilingan kitoblarni yodlab olish bilan shug‘ullanardilar. 43 History of pedagogy. William Harold Payne. Gabriel Compayre Ulan Press, 2012.22b 399 Shu sababdan bunda o‘qish quruq qiroatxonlikdan iborat bo‘lib qoldi. Universitetlarda o‘qitish metodlari leksiya, cherkov tomonidan tasdiqlangan darslik va asarlarni yodlash va disput (munozara)lardan iborat edi. Universitetlarda o‘qish faqat lotin tilida olib borilar edi. Universitet ta’limining va undagi metodlarning sxolastik mazmunidan qat’i nazar, O‘rta asr universitetlari Yevropa madaniyatining rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Ular ma’rifat tarqatish va o‘sha davrdagi ma’lumotli kishilarni yetishtirishda katta xizmat qildi. Universitetlarning vujudga kelishi va ularning rivojlanishi. XII—XIII asrda bir qancha G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida oliy ma’lumot beradigan o‘quv yurtlari sifatida universitetlar paydo bo‘la boshlaydi. Universitetlarning vujudga kelishiga o‘sha vaqtlarda ko‘p Yevropaliklarning arab madaniyati (xususan, meditsina va falsafa) bilan tanishuvi katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu madaniyat bilan tanishishga G‘arbiy Yevropa feodallarining XI asr oxirida Sharqdagi arab musulmon mamlakatlariga qarshi boshlagan harbiy harakatlari sabab bo‘ldi. O‘sha zamon arab mamlakatlarida madaniyat va ma’rifat G‘arbiy Yevropadagi madaniyatga nisbatan ko‘p jihatdan taraqqiy qilgan edi. Xususan arablar tomonidan VIII asrda istilo qilingan Ispaniyada tashkil qilingan arab oliy o‘quv yurtlari Yevropa universitetlari uchun ma’lum darajada namuna bo‘ldi. Ispaniyada arablar barpo qilgan feodal musulmon davlatining poytaxti Kordova shahrida tashkil qilingan arab oliy o‘quv yurtlarida falsafa, matematika, astronomiya, meditsina fanlari o‘qitilar edi. Yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan ko‘p talabalar Kordovada o‘qib, oliy ma’lumot olardilar. Universitetlarning paydo bo‘lishiga yana bir sabab shu ediki, Yevropada katta davlatlar barpo qilinganligi va markazlashtirilgan monarxiya hokimiyatining kuchayganligi munosabati bilan ilmli va yuksak malakali huquqshunoslarga talab tug‘ildi. Mazkur sabablardan tashqari XIIXIII asrlarda G‘arbiy Yevropa hayotida yuz bergan iqtisodiy, madaniy o‘zgarishlar, ya’ni hunar va savdoning rivojlanishi, shaharlarning o‘sib borishi va shunga bog‘liq 400 holda dunyoviy shahar madaniyatining taraqqiy qilib borishi, xalqaro aloqalarning kengayishi, yoshlar o‘rtasida oliy ma’lumot olish harakatini tug‘dirdi, bu hol o‘z navbatida universitetlarning paydo bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. XIV-XVI asrlardagi G‘arb uyg‘onish davrida maktab va pedagogika sohasida ham ancha yuksalishlar ko‘zga tashlandi. Uyg‘onish davrida matematika, astronomiya, mexanika, geografiya va tabiiy ilmlar taraqqiy qildi. Ilmning turli sohalarida ixtirolsr, kashfiyotlar qilindi. Yevropada kitob chop etish boshlandi. Amerika kashf etildi, Hindistonga dengiz yo‘li ochildi. Uyg‘onish davri gumanistlari insonni eng oliy zot deb hisoblab, uni birinchi o‘ringa qo‘ydilar. Ular matematika, astronomiya, mexanika, geografiya, tabiiyot kabi tabiiy-ilmiy fanlarni aqliy ta’lim berish dasturiga kiritdilar. Ular o‘qitishda bolaning bilimga qiziqishi va havasini uyg‘otishga harakat qildilar. Lekin gumanistlarning pedagogik qarashlari aslzoda va boy kishilarning bolalari o‘qitilayotgan maktablargagina tatbiq etildi. Shahar maktablari o‘sib bordi, bu maktablarda hunarmandlar va savdogarlarning bolalari boshlang‘ich ta’lim olardilar. Qizlar uchun ham maktablar (xususiy) ochila boshlandi. Shahar maktablarining ko‘pida bolalar o‘z ona tilida o‘qitiladigan bo‘ldi. XVI asrda boshlang‘ich maktablar bilan birga, o‘qish muddati 8-10 yil bo‘lgan yuqori (lotinch) maktablar va o‘rta maktablar (kollegiumlar, gimnaziyalar) ochila boshladi. Uyg‘onish davrida pedagogika sohasi ham rivojlandi. Italiyada gumanist Vittorina da-Fel’tre (1378-1446) ”Shodlik uyi” nomli maktab ochdi. Maktabga gumanistlar pedagogikasining prinsiplari asos qilib olindi. Maktab tabiat quchog‘ida ochilib, o‘rta asr maktablaridan farqli, keng va yorug‘ x onalardan iborat edi. Maktabda klassik tillar, adabiyot asosiy fanlar bo‘lsada, matematika va astronomiya ham o‘qitilardi. Ekskursiyalar tashkil etilardi. Bolalarning jismoniy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilardi. 401 Fransuz gumanisti Fransua Rable (1494-1553) pedagogika rivojiga munosib hissa qo‘shdi. Gumanistik tarbiya usulini ilgari surdi. Bolani o‘ylab tuzilgan rejim asosida tarbiyalashga, har tomonlama bilim berishga, bolaning mustaqil tafakkurini, ijodkorligi va faolligini oshirishga ahamiyat qaratdi. Pedagogik qarashlarini ”Gargantyua va Pantagryuel’” romanida ifodalab berdi. U ta’limni ko‘rsatmali bo‘lishini, turmush, atrof-muhit bilan bog‘lab olib borishni maslahat beradi. Ingliz gumanisti Tomas Mor (1478-1535) yosh avlodni mehnat faoliyati jarayonida tarbiyalash haqidagi fikrni birinchilardan bo‘lib ilgari suradi. O‘zining ”Utopiya” asarida ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini ilgari suradi. U hamma bilim olishini, qizlar ham boshlang‘ich maktabda o‘qishini, darslar ona tilida olib borilishini tavsiya qiladi. Maktabda o‘qish va yozishdan tashqari, arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqa, dialektika, tabiiyot ilmi o‘rgatilishi lozim deb hisoblaydi. Tarbiyaga, ayniqsa, jismoniy va mrhnat tarbiyasiga katta e’tibor qaratadi. Bo‘sh vaqtlarni kutubxona, muzeylarda o‘tkazish lozim deb hisoblaydi. Tomas Mor o‘z fikrlari bilan pedagogika sohasi rivojiga katta hissa qo‘shadi. Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling