Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

Elementar ta’lim nazariyasi. Pestalotsi nazariyasiga ko‘ra tarbiyalash 
eng oddiy elementlardan boshlanib, asta-sekin tobora murakkabroq darajaga 
ko‘tarilib borishi lozim. 
Pestalotsining elementar ta’lim nazariyasi jismoniy tarbiyani, mehnat 
tarbiyasini, axloqiy va estetik tarbiyani hamda aqliy tarbiya va o‘qitishni o‘z 
ichiga oladi. Tarbiyaning mana shu jihatlarini Pestalotsi bir-biriga bog‘lab olib 


406 
borishni taklif qildi, mana shunday tarbiyalash natijasidagina insonning hamma 
jihatlari bir-biriga uyg‘un bo‘lib kamol topishini ta’minlash mumkin, dedi. 
Jismoniy tarbiya va mehnat tarbiyasi. Pestalotsi bolaning barcha 
jismoniy kuchlari va imkoniyatlarini o‘stirishni ularni jismoniy jihatdan 
tarbiyalashning maqsadi deb, bolaning harakatga, o‘ynashga, bir joyda o‘tirib 
qolmaslikka, hamma narsaga yopishishga, hamisha harakatda bo‘lishga majbur 
qiluvchi tabiiy intilishini jismoniy tarbiyalashning asosi, deb hisobladi. 
Pestalotsi inson shaxsini kamolotga yetkazishda jismoniy tarbiyaga juda 
katta ahamiyat beradi va uni bolalarning o‘sishiga kattalarning oqilona ta’sir 
ko‘rsatishining birinchi turi, deb hisobladi. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, o‘qitishni unumli mehnat bilan qo‘shib 
olib borish Pestalotsining pedagogik tajribasi va nazariyasidagi asosiy 
qoidalardan biri bo‘ldi. Pestalotsining fikricha (“Lingard va Gertruda” romanida 
yozishicha) maktabda bolalar kun bo‘yi yigirish va to‘qish dastgohlarida ishlash 
bilan vaqt o‘tkazadilar; maktab huzurida yer uchastkasi bo‘lib, bu uchastkada har 
bir bola o‘ziga ajratib qo‘yilgan paykaldagi ekinlarni, chorva mollarini parvarish 
qiladi. Bolalar zig‘irpoya tolasini va junni ishlashni o‘rganadilar, qishloqning 
eng yaxshi xo‘jaliklari bilan, shuningdek, hunarmandchilik ustaxonalari bilan 
ham tanishadilar. O‘qituvchi ish vaqtida, shuningdek, ishdan bo‘sh vaqtlarida 
bolalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazadi, ularga savod, hisob va turmush uchun 
zarur bo‘lgan boshqa bilimlarni o‘rgatadi. Pestalotsi odamning kamolotga yetishi 
uchun mehnat tarbiyasining ahamiyati katta ekanini uqtirib o‘tdi. U ish vaqtida 
«bolalarning ko‘nglini xushvaqt qilish va aqlini o‘stirishga» intildi. Shuningdek, 
u mehnatkashlarning bolalarini kelgusida, «industriya»da, sanoat korxonalarida 
ishlashga tayyorlashga harakat qildi. 

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling