398
Bu maktablarning mudir va o‘qituvchilari
tegishli sex, gildiya va
magistratura tomonidan tayinlanardilar va ular cherkovga qaram emas edilar. Bu
maktablarda pul to‘lab o‘qilardi.
Umumiy qoidalarga kiritishimiz kerak bo‘lgan pedagogika tarixi
e’tiborga olishi kerak bo‘lgan qoidalardan birinchilar qatorida Insondagi san’atni
aks ettirish ta’limi jiddiy say harakatlardandir
43
.
Yevropada dastlabki universitetlar hamda Akademiyalarning tashkil
topishi va ulardagi ta’lim tizimi. Yevropada birinchi universitetlar XII asrning
ikkinchi yarmida Italiyada (Bolonya shahrida), Angliyada (Oksford shahrida),
Fransiyada (Parijda) tashkil qilindi. Bu universitetlar
dastlab professor va
studentlarning mustaqil idora qilinadigan uyushmasi (korporatsiyasi)dan iborat
edi. Keyinchalik XIII asrda bu korporatsiyalar o‘z-o‘zini idora qilish huquqini
saqlab qolgan holda davlat tomonidan rasmiy tasdiqlandi.
Cherkov esa
universitetni tamomlagan studentlarga ilmiy daraja va o‘qituvchilik huquqini
berishni o‘z ixtiyoriga oldi. Ana shu tariqa universitetlar rasmiy o‘quv
muassasasiga aylanib qoldi. XIV—XV asrlarga kelib universitetlar Yevropa
mamlkatlarining hammasida ochilgan edi.
O‘rta asr universitetlarida to‘rt fakultet bo‘lar edi. Tayyorlov fakultetida
«yetti erkin san’at» (travium va kvadrilium) fanlari o‘qitilar edi. Bu fakultet o‘rta
maktab vazifasini bajarardi. Bu fakultetda 6-7 yil o‘qib, «san’at magistri»
darajasini olar edi. Shundan so‘ng ular asosiy uch fakultetdan birida:
ilohiyot,
Do'stlaringiz bilan baham: