Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


Qadimgi Rimda maktab va ta’lim-tarbiya


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

Qadimgi Rimda maktab va ta’lim-tarbiya. Qadimgi Rim 
respublikasida quldorlik o‘sib, aholining tabaqalanishi kuchayib bordi. Aholining 
mulki va zotiga qarab tabaqalanishi natijasida maktablar ham boshlang‘ich 
maktablarga va undan yuqori bosqichdagi grammatika maktablariga bo‘lindi.
Unchalik boy va aslzoda bo‘lmagan, lekin erkin oilada tug‘ilgan aholi 
(plebeylar) bolalalrining ba’zi bir qismi xususiy va pul to‘lab o‘qitiladigan 
boshlang‘ich maktablarda o‘qirdi. Bu maktablarda o‘qish, yozish va hisob 
o‘rgatilardi. Boy va aslzoda oilalar o‘g‘illari boshlang‘ich ta’limni uyda olardi, 
uyda o‘qitardilar.
Grammatika maktablari xususiy bo‘lib, bunda imtiyozli oilalarning 
o‘g‘illari tahsil olardi. Bu maktablarda lotin tili, yunon tili, ritorika o‘qitilar edi. 
Saylab qo‘yiladigan rahbar mansablarini olishga intiluvchilar notiqlik san’atini 
egallashlari zarur bo‘lganligi sababli, bunday maktablar taraqqiy etib borgan.
Rim respublikasining oxirgi asrlarida alohida ritorlar (notiqlar) maktabi 
vujudga keladi. Bunday maktablarda aslzoda oilalarning bolalari katta pul to‘lab, 
ritorika, falsafa, huquqshunoslik, yunon tili, matematika va musiqa o‘rganganlar. 
Davlatda yuqori mansablarni egallash uchun shu fanlarni bilish zarur bo‘lgan. 
Rim imperiyasi paydo bo‘lgandan so‘ng, grammatika va ritorika 
maktablari davlat maktablariga aylantiriladi. Bu maktablar imperator 
hokimiyatiga sodiq amaldorlar tayyorlash vazifasini bajarishi lozim edi.
Xristian dini hukmron deb e’lon qilingandan so‘ng, maktablardagi ta’lim-
tarbiya ishlari butunlay diniy tus oladi. 
Pim pedagoglarining eng mashhuri Mark Fabiy Kvintilian (er.av.42-118 
yillar) edi. Uning ”Notiq tarbiyalash to‘g‘risida”gi asarida pedagogik qarashlari 
o‘z aksini topgan. U o‘z zamonasidagi Yunon va Rim falsafiy va pedagogik 
adabiyoti bilan yaxsh tanish bo‘lgan. U Rimdagi ritorlar maktabida o‘qituvchilik 


392 
qilib, orttirgan tajribasini ham umumlashtirgan. ”Notiq tarbiyalash to‘g‘risida”gi 
asari pedagogika tarixida maktab tajribasi bilan bog‘langan dastlabki asar edi. 
Kvintilian bolalarning tabiiy qobiliyatlariga katta baho berdi. Befahmlik 
va qobiliyatsizlik kamdan-kam uchraydigan holat, deb hisoblaydi u. Uning 
fikricha bola maktabda tarbiyalanmog‘i va o‘qituvchi har bir bolaga 
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishi lozim. O‘qituvchi o‘qimishli bo‘lishi, 
bolalarni sevishi, ularga namuna bo‘lishi, bolalarni bo‘lar-bo‘lmasga 
mukofatlamasligi va jazolamasligi lozim. O‘qituvchi avval boshlang‘ich
maktabda, so‘ngra yuqori tipdagi maktablarda o‘qituvchilik qilishini tavsiya 
qiladi. Kvintilian bolaning nutqini juda yoshligidan o‘stirishga e’tibor qaratadi.

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling