Moliyaviy hisob asoslari


Download 18.26 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi18.26 Kb.
#1186997
Bog'liq
Taqriz N.Fayzullayev

A.SHEROV, G.ZAKIROVALAR TOMONIDAN TAYYORLANGAN “MOLIYAVIY HISOB ASOSLARI” FANIDAN KURS ISHLARINI YOZISH VA UNI HIMOYA QILISH TARTIBI” BO‘YICHA
USLUBIY QO‘LLANMAGA




T A Q R I Z

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarda buxgalteriya hisobi va hisobotini mustaqil fan hamda amaliyotda kompaniyalar boshqaruvining muhim bo‘g‘ini sifatida xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish o‘ta muhim vazifalar sirasiga kiradi.


Iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida bo‘lgani kabi, buxgalteriya hisobi borasida ham ulkan o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Keyingi yillar mobaynida xalqaro standartlarga to‘la-to‘kis javob beruvchi buxgalteriya hisobi tizimini yaratish borasida ko‘pgina islohotlar olib borilmoqda. Buxgalteriya hisobidan foydalanuvchilar doirasi ancha kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari chuqurlashayotganligi, qo‘shma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya bozoriga chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim mamlakatlar o‘rtasida erkin harakatlanishi zarurligi buxgalteriya hisobi tizimini jahon standartlariga ko‘chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi 4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 -yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” jamiyat hayoti barcha sohalari uchun asosiy dasturulamal bo‘lib hisoblanadi.
Mamlakatni yanada rivojlantirish va rivojlangan davlatlar darajasiga yetkazish maqsadida qabul qilingan ushbu hujjatning uchinchi yo‘nalishida belgilangan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari borasidagi vazifalar ijrosi tayyorlanayotgan kadrlar sifatiga ham bog‘liqdir.
Shu sababli mamlaktimizda iqtidorli va malakali, zamonaviy texnika va texnologiyalardan samarali foydalana oladigan yosh mutaxassis kadrlar uchun talab yuqori. Bunday kadrlarni tarbiyalash ta’lim muassasalari zimmasiga katta ma’suliyatni yuklaydi. Mamlakatmizda va jahondagi global muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari yuzasidan turli xil xalqaro konferensiyalar, grantlar tashkil etilmoqda. Shularni inobatga olib, mamlakatimizda ham iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni samarali faoliyat olib borishini ta’minlash maqsadida turli xil grantlar joriy qilingan, muammoli mavzular yuzasidan ko‘plab ilmiy ishlar qilinmoqda. Kurs ishi ham bo‘lajak yosh mutaxassis kadrlarni ushbu chora-tadbirlarda faol ishtirok etishga tayyorlash maqsadida yozadigan dastlabki mustaqil ilmiy ishlaridan biri hisoblanadi.
O‘zining dastlabki mustaqil ishini boshlayotgan talabalarga albatta uni qanday yozish, kurs ishi mavzusini tanlash va uni tayyorlashda nimalarga e’tibor berish lozimligi, qay tartibda rasmiylashtirish lozimligi bo‘yicha turli xil noaniqliklar uchraydi. Muallif tomonidan “Buxgalteriya hisobi” fanidan kurs ishlarini yozish va uni himoya qilish tartibi” bo‘yicha tayyorlangan ushbu uslubiy ko‘rsatma barcha talabalar uchun tushunarli, sodda tilda yozilgan bo‘lib, kurs ishi yozishda uchraydigan deyarli barcha savollarga to‘liq va aniq qilib javob yozilgan. Kurs ishining namunaviy titul varag‘i, rejasi, mundarijasi, ishda foydalanish mumkin bo‘lgan rasm va chizmalarni rasmiylashtirilish tartibi ilovalarda misollar bilan aniq ko‘rsatilgan.
Qolaversa “Buxgalteriya hisobi va audit” bakalavriat yo‘nalishi o‘quv rejasiga muvofiq kurs ishi yozish nazarda tutilgan “Buxgalteriya hisobi” fanidan keltirilgan namunaviy kurs ishi mavzulari mazkur fanlarning o‘quv va ishchi o‘quv dasturlariga to‘liq mos keladi.
Taqriz qilinayotgan uslubiy qo‘llanmani nashr etish nafaqat bakalavriatning “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lgan barcha oliy ta’lim muassasalari uchun, balki o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalaridagi o‘qituvchi va talabalar uchun ham foydali bo‘lardi degan fikrdaman. Shularni hisobga olib muallif A.Sherov tomonidan tayyorlangan uslubiy qo‘llanmani nashrga tavsiya etaman.


Urganch davlat universiteti
Buxgalteriya hisobi va audit”
kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari
bo’yicha falsafa doktori (PhD): N.Fayzullayev
Download 18.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling