Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova
Boshlang‘ich ta’limning xususiy metodikalarini yaratish
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ilovepdf merged (1)
Boshlang‘ich ta’limning xususiy metodikalarini yaratish.
Petalotssi o‘zining umumiy didaktik qoidalariga tayanib, boshlang‘ich ta’limning xususiy metodikasi asosini yaratib berdi. Pestalotsi ona tili o‘qitishning asosiy vazifasi bolaning nutqini o‘stirish va uning so‘z boyligini orttirishdan iborat bo‘lishi lozim, deb hisobladi. Pestalotsi savod o‘rgatishda tovush metodini birinchi o‘ringa qo‘ydi, bunday qilish harflarni qo‘shib o‘qitish metodi hukmronlik qilib turgan o‘sha vaqt uchun g‘oyat muhim edi. Pestalotsi ona tili o‘qitishni ko‘rsatmali prinsip asosida olib borish va bolalarga tabiiyot, geografiya va tarixga doir elementar ma’lumotlar berib, shu tariqa bolalarning so‘z boyligini orttirish to‘g‘risida qimmatli ko‘rsatmalar berdi. Bolalarda yozuv malakasini hosil qilish uchun Pestalotsi dastlab to‘g‘ri va egri chiziqlarni — xatlarning elementarlarini chizdirib, mashq qildirishni tavsiya etdi. Pestalotsi yozuv o‘rgatishni narsalarni o‘lchash va suratni chizish bilan shuningdek, nutqni o‘stirish bilan bog‘lab olib borishni taklif qildi. O‘lchashni o‘rgatmoq uchun Pestalotsi dastlab to‘g‘ri chiziq chizishni, so‘ngra burchak, kvadrat chizishni va bu kvadratni bo‘laklarga (yarimta, chorakta qilib va hokazo) bo‘lishni o‘rgatishni taklif qildi. Tarbiyachi bolalarga turli geometrik jismlarni ko‘rsatish va ularning nomlarini aytib berishi lozim. Bolalar bu geometrik jismlarni kuzatib, ularning xossalari va nomlarini o‘zlashtirib oladilar, ularni o‘lchashni o‘rganadilar. Bola o‘lchov natijalarini chizib va yozib olishi lozim, bu orqali bola yozuvga ham o‘rganib boradi. Pestalotsi arifmetikani o‘sha vaqtda qabul qilingan o‘qitish metodiga, ya’ni qoidalarni yodlab olish yo‘li bilan o‘qitish metodiga qarshi chiqib, har bir butun sonni elementidan – bir raqamidan boshlab o‘rgatishdan iborat bo‘lgan o‘z metodini taklif qiladi. Pestalotsi yaqqol tasavvurlar, raqamlarni qo‘shish 409 ayirish asosida bolalarga sonlarning xossalarini va nisbatlarini juda ravshan tushuntirib beradi. Bolalar birlik raqamlarini o‘rganib bo‘lganlaridan so‘ng o‘nlik raqamlarni o‘rganishga o‘tadilar. Bolalarga kasrlarni o‘rgatish uchun Pestalotsi kvadratni olib, uni bir butun hisoblangan holda undagi bo‘laklar bilan butunning bir-biriga nisbatini ko‘rsatib berar edi. Shu g‘oyaga asoslanib, maktabda arifmetika qutisi joriy etildiki, bu hozirda ham maktab amaliyotida qo‘llanilmoqda. Pestalotsi tabiiy fanlar va geografiyani elementar o‘qitishga oid o‘z qarashlarini ham bayon etadi. Pestalotsi pedagogika nazariyasi va tajribasining ahamiyati. Pestalotsi pedagogikaning ko‘zga ko‘ringan nazariyotchisi va amaliyotchi edi. U odamning barcha tabiiy kuchlarini va qobiliyatlarini bir-biriga uyg‘un qilib o‘stirishdek vazifani tarbiyaning asosiy vazifasi deb bildi. U elementar ta’lim nazariyasini yaratdi, bu nazariya dogmatik ta’limga, ya’ni ma’nosini tushunmay yodlashga qarshi olib borilgan XIX asrda xalq maktabini rivojlantirishga yordam bergan kurashda katta rol o‘ynadi. U bolani jismoniy tarbiyalash, mehnatda tarbiyalash, axloqiy va aqliy tarbiyalash to‘g‘risida juda qimmatli fikrlarni aytib o‘tdi. Pestalotsi boshlang‘ich maktabda beriladigan bilimlarning mazmunini kengaytirishni talab qildi, boshlang‘ich maktabni xalqqa yaqinlashtirishga, uni xalq ommasining turmushi va ehtiyojlari bilan chambarchas bog‘lashga intildi, bolalarni mehnatga o‘rgatishga, ularni turmushga tayyorlashga katta e’tibor berdi. Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling