Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ilovepdf merged (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-Mavzu: XIX asrning II yarmi – XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. K.D.Ushinskiyning pedagogik merosi
- 14.1. XIX asrning 2-yarmi – XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji.
Mavzu
Bilaman Bilib oldim Bilishni xoxlayman Suqrot Platon Arastu Demokrit 427 15. Klaster metodi bilan ishlang Tayanch so‘z va iboralar: Pol Lafarg, “yangi maktablar”, E.Demolen, Avgust Lay, eksperimental pedagogika, K.D.Ushinskiy, Moskva dorilfununi, Yaroslavl litseyi, kameral fanlar, Smol‘niy instituti, sinflar inspektori, «Tarbiya» jurnali, «Xalq maorifi» jurnali, darsliklar, didaktik qoidalar, «Tarbiyaning xalqchilligi g‘oyasi», axloqiy tarbiya vositalari, «Pedagogik adabiyotning foydasi». 14-Mavzu: XIX asrning II yarmi – XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. K.D.Ushinskiyning pedagogik merosi XIX asrning 2-yarmi – XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji K.D.Ushinskiyning pedagogik faoliyat va qarashlari. L.N.Тolstoyning pedagogik faoliyat. 8. A.S.Makarenkolarning pedagogikа rivojiga qo‘shgan hissasi 428 14.1. XIX asrning 2-yarmi – XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. XIX asrning 2-yarmida G‘arbiy Yevropa davlatlarida monopolistik kapitalizm o‘sib bordi va XX asrning boshlarida moliya kapitalining hukmronligi o‘rnatildi. Butun dunyo kapitalistik davlatlar tomonidan taqsimlanib olingan edi. Maktab va maorif taraqqiyoti ham davom etdi. Sotsial demokratlardan fransuz Pol Lafarg (1842-1914) ham mehnatkashlarning ilm olish huquqi uchun, xotin-qizlar manfaati uchun kurashdi. U ishchilarga chinakam ilmiy asosda keng va chuqur ilm berishni talab qildi. XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida ko‘plab pedagogik nazariyalar paydo bo‘ldi. Bulardan biri “yangi maktablar” degan pedagogik oqim edm. Jenevada yangi maktablarning xalqaro birlashmasi tuzildi va Angliya, Fransiya, Belgiya, Shveysariya, AQSh kabi davlatlarda ochilgan o‘u tipdagi maktabga qo‘yilgan umumiy talablarni ta’riflab berdi. Ularda o‘qish uchun to‘lov yuqori edi. Bu maktablarda ta’lim-tarbiyaning yangi, erkin va faol metodlari qo‘llanildi. Ularning afzalliklari: o‘g‘il va qiz bolalar birga o‘qirdi, mashg‘ulotlarni yuksak malakali o‘qituvchilar olib borgan, kabinet va laboratoriyalar tashkil etilgan, jismoniy va estetik tarbiyaga katta e’tibor berilgan. Boshqa fanlar qatorida qo‘l mehnati (slesarlik, duradgorlik) o‘rgatilar, bolalar, sabzavotchilik, qishloq xo‘jalik ishlari bilan ham tanishganlar. Bunday maktablar shahardan chetda, xushmanzara joylarda ochilgan. Fransuz pedagogi E.Demolen “yangi maktablar” nazariyachisi va tashkilotchisi edi. Uning fikricha, ta’lim va tarbiya sinfiy manfaatlardan yuqori turishi lozim edi. “Yangi maktablar”ning nazariyachilaridan biri shveytsariyalik A.Fer’erning fikricha, “yangi maktablar”-amaliy pedagogikaning laboratoriyasidir. Bu maktablarda bolalarning miyasini yodlab olingan bilimlar bilan to‘ldirish yo‘li bilan ta’lim berishdan ko‘ra, uning fikrlash qobiliyatini umumiy o‘stirish yo‘li 429 bilan ta’lim berishga harakat qilinadi. O‘quvchilarga qanday qilib kuzatishni, farazlar topishni, o‘z taxminlarini tekshirib ko‘rishni o‘rgatadilar. Bu maktablarda o‘qitish faktlar va tajribaga, bolalarning tashabbuskorligi va mustqailligini tarbiyalashga asoslanar edi. A.Fer’er bu maktablarda bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olib borish, har bir o‘quvchiga individual ta’lim va tarbiya berish, uning ijobiy sifatlarini topish va bu sifatlarni o‘stirish zarur deb hisoblaydi. Nemis nazariyotchilaridan Georg Kershenshteyner (1854-1932) “Grajdanlik tarbiyasi va mehnat maktabi” g‘oyasi bilan maydonga chiqdi. Bunday tarbiya xalq maktabi, ommaviy maktab orqali berilishi lozim edi. Bu davrda Germaniya iqtisodiyoti tez taraqqiy etdi. Siyosiy tarbiya olgan ishchilar talab etildi Kershenshteyner bu talablarni qondiradigan pedagogik tizimni ishlab chiqdi. Uning fikricha, “ mehnat maktabining mohiyati shundan iborat ediki, bu maktab o‘quvchilarga eng oz bilim berib, ularni yetarlicha uquvli, malakali va mehnatsevar qilib, shuningdek, tegishli grajdanlik e’tiqodlariga ega qilib yetishtirishlari kerak” edi. Yana bir nemis pedagogi Vilgelm Avgust Lay (1862-1926) “Ish-harakat pedagogikasi” nazariyasini ilgari surdi. Lay pedagogik jarayonda ifodaga , tasvirga katta ahamiyat berdi. Uning fikricha, tasvirlashning har qanday turlari: rasm solish, loy va plastilindan buyumlar yasash, narsalarning modelini yasash, chizmachilik, dramatizatsiya, ashula, raqs, hamda hayvonlarni parvarish qilish tajribalarini o‘tkazish, ohzaki va yozma ishlar va shu kabilar “ifodalash” vositalaridir. U o‘qitish jarayonini “kuzatish-ashyoviy qism” va “tasviriy- shakliy” qism deb ikki qismga bo‘ladi. U pedagogikani biologiyalashtiradi. XIX asrning oxiridan boshlab Germaniya, Angliya va AQShda eksperimental pedagogika deb atalgan oqim keng yoyildi. Bu pedagogika bolani eksperiment asosida o‘rganishning yangi metodlarini topishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ydi. 430 Bu pedagogika bolalarning aqliy iste’dodini tadqiq qilish uchun “testlar metodi” deb atalgan metoddan keng foydalandilar. Nemis eksperimental pedagogikasining ko‘zga ko‘ringan namoyondasi bo‘lgan Ernst Meyman(1862-1915) “Eksperimental pedagogikasiga kirish” degan darslik yozdi. AQShda eksperimental pedagogikaning yirik vakili Eduard Torndayk (1874-1949”) edi. U bixeviorizm ta’limotiga asoslanadi. Bu t’limotga ko‘ra, odamning xulq-atvori mexanik stimullar organizmda bevosita tug‘diraldigan va ko‘plab qilinadigan mexanik mashqlar bilan mustahkamlanadigan sof tashqi reaksiyalardir. Torndayk va uning izdoshlari pedagogika sohasidagi eksperimentlarni testlar asosida javob to‘plashdan iborat qilib qo‘ydilar. Testlar XX asrning 40- 50 yillarida faqat AQShda emas, Angliya va Fransiyada ham ken yoyildi. XIX asrning 2-yarmi – XX asrlarda boshqa mamlakatlarda ham turli pedagoglar ilg‘or pedagogik g‘oyalari bilan chiqib, fan rivojiga katta hissa qo‘shdilar. Xristina Danilovna Alchevskaya (1841-1920) Ukraina maorifini yuksaltirish, kattalarni o‘qitishning samarali usullarini izlab topishga harakat qildi. Ozarbayjon ma’rifatparvari Mirza Fatali Oxundov (1812-1878) yangi asosdagi ancha oson va hammaga tushunarli bo‘lgan ozarbayjon alfavitini yaratdi. Adabiy ozorbayjon tilini yaratdi. Qayum Nosiri (1825-1902) tatar xalqi maorifi rivojiga katta hissa qo‘shdi. Qozondagi birinchi rus-tatar maktabida o‘qituvchilik qildi. Pedagogika, falsafa, lingvistika va tarixga doir asarlar yozdi. Ibray Oltinsarin (1841-1889) buyuk qozoq pedagogi, olimi va o‘oiri. Qozog‘iston ko‘chmanchi aholisining bolalariga ta’lim-tarbiya berishga moslashtirilgan maktab-internatlar tizimini tashkil etdi. Xotin-qizlar ta’limini yo‘lga qo‘ydi. Darsliklar tuzdi. 431 Abay Qo‘shnonboyev (1845-1904) mashhur qozoq shoiri, mutafakkir va pedagogi. Maktablarda qo‘llash uchun hikoyalar to‘plami yozdi. U ta’limda sxolostikaga qarshi, quruq yodlashga, tayoq intizomiga qarshi chiqdi. Ahmad Donish (1827-1897) tojik yozuvchi va faylasufi. Buxoroda tug‘ilib o‘sadi. Maktab ta’limida islohotlarni taklif qilgan. “Bolalarga hunar va mashg‘ulotlarning foydasi haqida nasihat” kitobida pedagogik g‘oyalari bayon etiladi Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling