Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


O‘qituvchining o‘rni va unga qo‘yiladigan talablar


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

O‘qituvchining o‘rni va unga qo‘yiladigan talablar. Komenskiy o‘z 
davrida iste’dodsiz, ma’lumotsiz o‘qituvchilarni qattiq tanqid etdi. 
O‘qituvchilikni «yer yuzidagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq 
turadigan juda faxrli kasb» deb hisobladi. Bu o‘qituvchiga nisbatan yangi 
ilg‘or qarash edi, chunki o‘sha davrda o‘qituvchilik kasbiga hurmat bilan 
qaralmas edi. Komenskiy aholining o‘qituvchiga hurmat bilan qarashini talab 
etishi bilan o‘qituvchining o‘zi jamiyatda muhim vazifani bajarayotganini 
tushunib olishi va o‘z qadr-qimmatini yaxshi bilib olishi lozimligini uqtiradi. 
O‘qituvchi sof vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli bo‘lishi, o‘z ishini sevishi, 
o‘quvchilarga otalardek muomala qilishi, ularda bilimga havas tug‘dirishi lozim. 
«O‘zi» namuna ko‘rsatib, o‘quvchilarni o‘ziga ergashtirishi o‘qituvchining 
birinchi vazifasidir, degan edi.
Shunday qilib, taniqli slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy butun 
dunyoda pedagogika ilmiga asos solib, maktab taraqqiyotiga, pedagogik ilmiga 
katta ta’sir ko‘rsatdi. Uni ko‘p G‘arbiy yevropa mamlakatlari maktab ishini 
yaxshilash maqsadida taklif etdilar. Uning darsliklari ko‘p tillarga, jumladan 
o‘zbek tiliga ham tarjima etildi. 150 yildan ortiq vaqt davomida uning yozgan 
asarlari boshlang‘ich ta’lim uchun darslik sifatida xizmat qildi. Mashhur nemis 
olimi Leybnits qayd qilib o‘tganidek, falsafani taraqqiy ettirishda Kopernik 
qanday rol o‘ynagan bo‘lsa, pedagogikani taraqqiy ettirishda Komenskiy ham 
shunday rol o‘ynadi. Komenskiyning pedagogikasi ilmiy pedagogik bo‘lib, jahon 
madaniyatiga qo‘shilgan katta hissadir. Uning qarashlari hozirgacha o‘z 
ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. 
Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
1. Qadimgi Yunonistonda tarbiya, maktab va pedagogika 
sohasidagi fikrlar. Sparta va Afinada qanday ta’lim-tarbiya 
muassasalari mavjud edi, ularning farqini izohlang? 


426 
2. Qadimgi yunon faylasuflarining pedagogik qarashlarida qanday 
g‘oyalari ilgari surilgan?
3. G‘arbiy Yevropadagi maktablarga tavsif bering? 
4. Ritsarlik tarbiyasi mohiyatini yoriting 
5. O‘rta asr universitetlaridagi ta’lim tizimini izohlab bering? 
6. Ya.A.Komenskiyning sinf-dars tizimi mohiyati nimadan iborat edi? 
7. Ya.A.Komenskiy o‘qituvchilar haqida qanday fikr bildirgan? 
8. Ya.A.Komenskiyning didaktikasidagi yangiliklar nimalardan iborat? 
9. Distervegning dunyoqarashi va uni pedagogikada tutgan o‘rni. 
Distervegning ta’lim nazariyasini izohlab bering? 
10. Distervegning pedagogikaga qo‘shgan (olib kirgan) yangi g‘oyalarini 
izohlab bering? 
11. Pestalotsiyning dunyoqarashi va uni pedagogikada tutgan o‘rni. 
12. Pestalotsiyning ta’lim nazariyasini izohlab bering? Pestalotsiyning 
pedagogikaga qo‘shgan (olib kirgan) yangi g‘oyalarini izohlab bering?
13. Ya.A.Komenskiyning «Buyuk didaktika» asarining 
XVIII­XIX­XX­XXI boblarini o‘qib o‘rganish 
14. «B-B-B» usuli asosida Qadimgi yunon faylasuflarining pedagogik 
qarashlarini tahlil qiling 

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling