Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


Nodiraning tarbiyaga oid qarashlari. Mohlaroyim - Nodira


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

 
Nodiraning tarbiyaga oid qarashlari. Mohlaroyim - Nodira (1792-
1842) Andijonda hukmdor oilasida tug‘iladi. U 1808 yili Qo‘qon hokimi 
Umarxon bilan turmush quradi. U madaniyat, adabiyot ahllariga rahnomalik 
qiladi. Shaharlardan olimlar, xattotlar, naqqoshlarni o‘z xizmatiga oladi 
Nodira o‘zi ham o‘zbek va tojik tillarida she’rlar yozgan. Uning she’rlari, 
qarashlarida tarbiyaga oid fikrlari ham ko‘zga tashlanadi. Uning fikricha inson 
barcha mavjudotlarning eng oliysi, eng ulug‘idir. Inson hayot go‘zalligidan 
bahramand bo‘lmog‘i lozim.
Shoiraning tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g‘oyalari adolat, 
insof, xalq manfaati muhim o‘rin egallaydi. 
Nodira hayotining tub mohiyatini yaxshilik binosini barpo etishdan iborat 
deb biladi. Inson o‘zidan keyin yaxshilik bilan nom qoldirish kerak.
U chinakam do‘slikni targ‘ib qiladi. Shoira o‘z she’rlarida barkamol insonni 
ulug‘laydi. 
Anbar Otin (1870 - 1906). XIX asrning oxirgi choragi va XX asr 
boshlarida o‘zbek demokratik adabiyotining kenja vakili — Anbar Otin 


304 
Qo‘qonda — Buzrukxo‘ja mahallasida istiqomat qiluvchi kosib Farmonqul 
oilasida tug‘ildi. U yetti yoshga kirganda o‘z mahallasidagi maktabdor shoira 
Dilshoddan ta’lim-tarbiya oladi. 15 yoshlarida u Zohidxo‘ja ismli novvoyga 
turmushga chiqadi. Ziyrak va zehnli Anbaroy tez orada shoira bo‘lib yetishadi.
U badiiy ijodda Dilshod, Muqimiy, Furqat va Zavqiylar izidan borib, o‘z 
davridagi ijtimoiy hayotning fojiali voqealariga munosabat bildirdi. Shoira 30 
yoshlarida ekanligida johil boy xotinlarning tajovuzi tufayli jismoniy xastalikka 
uchraydi. To‘rt bolaning onasi Anbar Otin oyoqlari shol bo‘lib yotib qolganda 
ham umid bilan yashadi va asarlar ijod qiladi. Anbar Otinning bizgacha o‘zbek 
va tojik tillarida Anbaroy, Anbarniso, Anbar Otin taxalluslari bilan yozilgan 
qator lirik asarlari va, shuningdek, uning ijtimoiy qarashlarini aks ettirgan 
«Qarolar falsafasi» risolasi yetib kelgan
18
. Anbar Otinning lirik va falsafiy 
asarlarida qora kuchlar hukmron bo‘lgan zamondan shikoyat, erlar bilan xotin-
qizlar o‘rtasidagi tengsizlikni qoralash, chor hukumatining mustamlakachilik 
siyosatidan nafratlanish tuyg‘ulari o‘z ifodasini topgan. Qolaversa, fozil 
ayollarga xayrixohlik, do‘stlik va nurli kunlariga umid kabi ijtimoiy fikrlari 
diqqatga loyiq. Anbar Otinning lirik asarlari va falsafiy risolasi — o‘zbek 
adabiyoti xazinasini boyitishga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling