Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti magistratura


Download 101.32 Kb.
bet9/15
Sana20.06.2023
Hajmi101.32 Kb.
#1627537
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Muxammadali123

2.2.4. Pedagogik tajriba


Pedagogik tajriba o‘tkazishning asosiy bosqichlari:
I bosqich (2021-2022) - mazkur mavzu bo‘yicha ilgari e’lon qilingan ishlarni sinchiklab nazariy tahlil qilish; hal etilmagan muammolarni aniqlash; mazkur tadqiqot mavzusini tanlash; tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilash; mazkur muammoni hal qilish bo‘yicha haqiqiy amaliyotni o‘rganish; sport mashg‘ulotlari nazariyasi hamda amaliyotida o‘rganilayotgan muammoni hal etishga yordam beradigan mavjud chora-tadbirlarni o‘rganish; tadqiqot farazini shakllantirish. Bir qator vazifalarni o‘z ichiga oladi: tajriba obyektlarining zarur miqdorini tanlab olish (o‘quvchilar soni); ilmiy tajriba o‘tkazishning zarur davomiyligini aniqlash; tajriba obyektining dastlabki holatini o‘rganish uchun muayyan usullarni tanlash; tekshiriluvchilarning kichkina guruhida usullarning qulay hamda samaradorligini tekshirish, tegishli pedagogik ta’sirotlar natijasida tajriba obyektida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar xususida fikr yuritishga imkon beradigan belgilarni aniqlash.
Asosiy ishlab chiqilgan usuliyatning samaradorligini tekshirish uchun ilmiy tajribalar o‘tkazishga yo‘naltirilgan. Bu bosqich quyidagi tadbirlardan iborat: tajriba o‘tkazilayotgan doiradagi tizimning dastlabki holatini o‘rganish (o‘quvchilarning qadriyatlarga munosabatini shakllantirish bosqichlari aniqlandi); tajriba o‘tkazilayotgan sharoitlarning dastlabki holatini o‘rganish; taklif etilgan o‘lchamlar tizimining samaradorligi mezonlarini ta’riflab berish; tajriba ishtirokchilariga uni o‘tkazish tartibi hamda samaradorligi shartlari yuzasidan ko‘rsatmalar berish; tajribaning muayyan vazifasini hal etish bo‘yicha muallif taklif etayotgan tadbirlar tizimini amalga oshirish; tadbirlarning tajriba tizimi ta’siri ostida obyektlarning o‘zgarishini tavsiflovchi oraliq kesimlar asosida tajribaning borishi to‘g‘risida ma’lumotlarni qayd etish; tajriba o‘tkazish davomida yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan tipik kamchiliklar hamda qiyinchiliklarni ko‘rsatish; vaqt, mablag‘lar hamda kuchning joriy sarfini baholash.
IV bosqich (2022-2023) yakunlovchi tajribalar asosida chiqariladigan xulosalarni umumlashtirishga yo‘naltirilgan: tadbirlarning tajriba tizimini amalga oshirish natijalarini bayon etish tajriba ijobiy natijalar bergan sharoitlarni ta’riflash; tajriba ta’siri o‘tkazilayotgan subyektlar (o‘quvchi va murabbiylar) xususiyatlarini bayon etish; vaqt, kuch hamda mablag‘lar sarfi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlash; tajriba davomida tekshirilgan tadbirlar tizimini qo‘llash chegaralarini ko‘rsatish
(58).

Download 101.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling