Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti magistratura


III.Bob. Sportga yo’naltirish va saralashda yosh aspektlari………………….50


Download 101.32 Kb.
bet2/15
Sana20.06.2023
Hajmi101.32 Kb.
#1627537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Muxammadali123

III.Bob. Sportga yo’naltirish va saralashda yosh aspektlari………………….50 3. 1. Sport mahoratiga erishish uchun erta sport ixtisosligi va optimal yoshning
axamiyati………………………………………………………………………….50
3. 2. Sportga saralashni bosqicha-bosqich o’tkazish…………………………….54
3.3. O‘quv-mashg‘ulot jarayonini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini
aniqlash……………………………………………………………………………58
3.4. Pedagogik tajribada o‘quv-mashg‘ulot yo‘nalishlarini amalga oshirishning
usul va vositalari…………………………………………………………………..61
3.5. Tajriba guruhlarida o‘quv-mashg‘ulot jarayonini tashkil etishning
xususiyatlari……………………………………………………………………….63
XULOSALAR………………………………………………………………... 68 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………..69 KIRISH
Zamonaviy tayyorgarlik tizimini optimallashtirish va tayyorgarlik vaqtidagi innovasion jarayonlar strategiyasi bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi terma jamoalari a’zolari bo‘lgan va yaqin zahiradagi sportchilarni tayyorlashning muhim vazifalaridan biri bo‘lib turibdi [1,2,].
BO‘SM faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sport maktablari haqidagi meyoriyhuquqiy asoslar va Nizomda belgilangan [5,6,7]. Qo‘shimcha ta’lim beruvchi muassasa sifatida sport maktabi «qobiliyatlarga muvofiq ravishda o‘z-o‘zini takomillashtirish, bilim olish va ijod, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasbiy nuqtai nazardan o‘z o‘rnini topish, jismoniy, aqliy va ma’naviy qobiliyatlarni rivojlantirishga, qobiliyatlarga mos sport muvaffaqiyati darajasiga erishish uchun yo‘naltirilgan» [8].
Shunday qilib, bolalar, o‘smirlar va yoshlarning sport tayyorgarligi faqatgina har tomonlama jismoniy tayyorgarlik, turli qobiliyatlarni rivojlantirish va takomillashtirish masalalarini hal etib qolmasdan, shug‘ullanuvchilar shaxsini shakllantirish muammosini ham qamrab oladi.BO‘SMlar oldiga davlat tomonidan qo‘yilayotgan asosiy vazifa bolalar va o‘smirlarning imkon qadar ko‘proq miqdorini jalb etgan holda ommaviy sportni rivojlantirish bo‘lib kelmoqda.
Ma’lumki, sport natijlarining oshishi sport mashg‘ulotlari uslubiyati va taktika harakatlari, texnik vositalar taraqqiyoti va ijrochilarining samarali reabilitatsiyasi shuningdek, ommaviylik oshish va to‘g‘ri saralashga bog‘liq. Aksariyat masalalar yechimiga muayyan qaraganda ijtimoiy, iqtisodiy va tashkiliy masalalar bilan belgilanadi. Sportda saralash-bu ilmiy tadqiqot, ilmiy izlanish muammosidir.
Bolalar va o‘smirlarda sport mashg‘ulotlariga qiziqish sport ixtisosligini to‘g‘ri tanlash bilan belgilanadi, bu esa o‘z navbatida sportdan o‘ziga hos individual xususiyatlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi.Har bir o‘smir uchun sport faoliyatini tanlash-sport tanlovining vazifasidir.Sport turi tanlovlaridan kelib chiqqan holda eng layoqatlilarini tanlash-sport saralashining vazifasi hisoblanadi. Sportda saralash zaruriyatining obyektiv sabablari nimada? Sportda saralash muammosining mantiqiy yechimi shundaki, turli insonlarda bir xil tayyorgarlik imkoniyatlarida harakat sifatining tayyorgarlik darajasi turlicha bo‘ladi. Demak, har kim ham yuqori sport natijalariga erisha olmaydi. Yuqori sport natijasi –bu nafaqat mashaqqatli mashg‘ulotlar, balki sportga yot bo‘lgan g‘ayrioddiy irsiy ma’lumotlar natijasidir.
Saralash masalasida maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmagan ba’zi tibbiy xodimlar, jismoniy madaniyat o‘qituvchilari va murabbiylar saralash imkoniyati va yosh sportchilarni yo‘naltirishga tanqidiy qarashadi.Mutaxassislar 10-11 yoshli o‘smirlar asosida nafaqat biror iqtidorni aniqlash, balki uning sportdagi kelgusi muvaffaqiyatini taxmin qilishning imkoni mavjud emas deb o‘ylashadi. Shubhasiz, ushbu muammo juda murakkab.Chunki bu muammo o‘sha yoshdagi bolalarning qiziqishlari va layoqati barqarorligi bilan ham bog‘liq.Lekin bu pessimistik fikr to‘liq oqlanmagan.G.S.Tumanyan va E.G.Martirosov (1976) aytganidek, “Sportda saralash o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda”, bunga sabab, na bizning davlatimizda, na xorijda sportga saralash va yo‘naltirishning ilmiy asoslangan tizimlari mavjud emas. Bazi qo‘llanmalarda Sportda iqtidor indekslari”, “Motor” iste’dod testlari” va boshqa atamalarni uchratish mumkin, lekin ular, odatda, sodda jismoniy mashqlardangina iborat bo‘ladi.
Shu tarzda, sportga saralash va yo‘naltirish muammosi –murakkab muammo bo‘lib, ko‘plab mutaxassislar faoliyatini talab qiladi. Ushbu muammoni olimlar, murabbiylar va pedagoglar hamkorligida hal qilish zarur.
Demak, sport maktabi o‘z mamlakatining vatanparvarlari bo‘lgan faol fuqarolarni tarbiyalash uchun ma’nan mas’ul hisoblanadi.
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqsak, hozirgi vaqtda sport maktablari faoliyatining samaradorligini oshirishda tanlov o‘tkazish muammosi ayniqsa dolzarblashib borayotganligi bejiz emas. Biroq, aynan saralanish sport tayyorgarligi tizimini tashkil etish sifatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi va sport maktablari faoliyatining u qadar yuqori bo‘lmagan samaradorligi mezoni bo‘lib xizmat qiladi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, zamonaviy sportda murabbiyning roli, uning kasbiy va pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari ahamiyati keskin ortib ketdi.
Shuning uchun ham aynan bugun o‘zining davlat ishi sifatidagi asosini saqlab qolgan yosh sportchilarni tayyorlash tizimiga, sport maktablari ma’muriyati hamda murabbiylari tarkibi zimmasiga alohida mas’uliyat o‘z shogirdlarining sportdagi yutuqlari uchungina emas, balki mamlakatning kelajak avlodi salomatligi, ma’naviy-axloqiy qiyofasi uchun ham mas’uliyat yuklanmoqda.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Mamlakatimizdagi va chet ellik mualliflarning ilmiy-uslubiy adabiyotlarini tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, yosh sportchilarni tayyorlash tizimiga, xususan, turli yoshdagi bolalarni tarbiyalash jarayoniga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar ko‘pchilikni tashkil etadi. (V.P.Filin, 1994; L.P.Matveyev, 1999; J.K.Xolodov, 2003; A.N.Abdiev, 2005;
D.D.Sharipova, A.Musurmanova, 2005; L.P.Yugay, 2005; A.K.Ataev, 2007; F.A.Kerimov, 2008; Y.M.Yunusova, 2009 va Z.B.Boltaev,2012 b.). Biroq biz BO‘SM o‘quvchilar kontingentini barqarorlashtirishda aynan tanlov o‘tkazish metodologiyasiga oid ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda mazkur muammoni hal etish dolzarb hisobladik.
Tadqiqot maqsadi: BO‘SMlarda faoliyat olib borayotgan sport tugaraklariga o‘quvchilarni tanlov asosida qabo‘l qilish natijasida kontengentini barqarorlashtirish hamda sport maktabida o‘quv-mashg‘ulot jarayoni samaradorligini oshirish.
Tadqiqot vazifalari:
BO‘SMlarda faoliyat olib borayotgan sport tugaraklarida sho‘g‘ullanayotgan o‘quvchilarining mashg‘o‘lotlarni tashlash sabablari va uning xususiyatlarini aniqlash.
2.O‘quvchilarining Sportga yo‘naltirish va sportda saralashning tibbiy-biologik aspektrlarini ochib berish.
3. BO‘SM kontingentini mustahkamlashga yo‘naltirilgan o‘quv-mashg‘ulot jarayonini takomillashtirishda tanlov o‘tkazish bo‘yicha pedagogik tadbirlar majmuasini ishlab chiqish hamda tajribalar yordamida asoslab berish.
Tadqiqot obyekti va predmeti: BO‘SMlarda faoliyat olib borayotgan sport tugaraklariga o‘quvchilarni tanlov asosida qabul qilishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish jarayoni.
Tadqiqot metodlari:

  1. Maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlardan olingan ma’lumotlarni nazariy tahlil qilish va umumlashtirish.

  2. So‘rovnoma asosida savol-javob o‘tkazish yordamida BO‘SM murabbiylarining amaliy tajribasini tahlil etish.

  3. BO‘SM o‘quvchilarni faoliyati ustidagi pedagogik kuzatish.

  4. BO‘SM o‘quvchilarining umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi darajasini pedagogik testlash.

  5. Pedagogik tajriba.

  6. Tadqiqot natijalarini matematik-statistik jihatdan tahlil qilish.

Tadqiqot farazi. O‘z ishimizda biz shundan kelib chiqdikki, BO‘SMlarda faoliyat olib borayotgan sport tugaraklariga o‘quvchilar tanlov o‘tkazish yo‘li bilan emas, balki guruxlarni shakillantirish va to‘ldirish evaziga tashkil etish qonuniyatlarining buzilishi bilan yo‘lga qo‘yilmoqda, guruxlarni tanlov asosida shakillantirish yo‘lga qo‘yilmagani bilan bog‘liq. Taxminimizcha, BO‘SM kontingentini mustahkamlashga yo‘naltirilgan o‘quv-mashg‘ulot jarayonini takomillashtirishda tanlov o‘tkazish bo‘yicha pedagogik tadbirlar majmuasini ishlab chiqishga doir tadbirlarni kiritish o‘quvchilar kontingentini saqlab qolish hamda, umuman,
BO‘SM faoliyati samaradorligini oshirishga yordam beradi. Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar:

  1. BO‘SMlarda faoliyat olib borayotgan sport tugaraklarida sho‘g‘ullanayotgan o‘quvchilarni o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olmaydigan murabbiylari faoliyatida tashkiliy-usuliy tamoyillarning buzilishi BO‘SM kontengentini barqarorlashishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

  2. BO‘SMlarda faoliyat olib borayotgan sport tugaraklariga o‘quvchilarni qabul qilish ,guruxlarni shakillantirish hamda yo‘naltirilgan faoliyat asosida o‘quvmashg‘ulot ishlarining tashkil etilishini o‘zgartirishni talab qiladi.

Ishning ilmiy yangiligi. O‘quvchilarining Sportga yo‘naltirish va sportda saralashning tibbiy-biologik aspektrlarini ochib berildi. BO‘SM kontingentini mustahkamlashga yo‘naltirilgan o‘quv-mashg‘ulot jarayonini takomillashtirishda tanlov o‘tkazish bo‘yicha pedagogik tadbirlar majmuasini ishlab chiqildi hamda tajribalar yordamida asoslab berildi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. BO‘SMlarda faoliyat olib borayotgan sport tugaraklariga aniq mezonlar asosida o‘quvchilarni qabul qilish natijasida mashg‘o‘lotlar samaradorligi oshishi hamda sportda o‘zoq vaqt faoliyat olib boradigan sportchi yoshlarni tarbiyalash vazifalarni hal qilishga ham imkon beradi.
Natijalarning joriy qilinishi. Tadqiqot natijalari Samarqand shahar sportning o‘yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashgan bolalar-o‘smirlar sport maktabini kurash sport tugaragiga guruxlarni shakllantirish jarayoniga joriy qilindi .
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kompyuterda terilgan 90 sahifadan iborat matnda bayon qilingan, kirish, to‘rtta bob, xotima, amaliy tavsiyalar, 180 ta manba keltirilgan adabiyotlar ro‘yxati, 18 ta jadval, 2 ta rasm, 4 ta ilova va 2 ta joriy etish dalolatnomasidan iborat.

Download 101.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling