Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti magistratura


Inson rivojlanishida ijtimoiy va biologik faoliyatlarining bog‘liqligi


Download 101.32 Kb.
bet4/15
Sana20.06.2023
Hajmi101.32 Kb.
#1627537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Muxammadali123

1.2. Inson rivojlanishida ijtimoiy va biologik faoliyatlarining bog‘liqligi.
Ma’lumki, ba’zi shaxslar boshqalardan ko‘ra biror faoliyatni egallashdaustunlikka egaligi va bir vaqtning o‘zida boshqa sohada ortda qolishi mumkin. Buning sababi nimada? Qobiliyatlarga bog‘liq bo‘lishi ehtimoli ham mavjud.Qobiliyatlar insonga hos bo‘lib, biror faoliyatni muvaffaqiyatli bajarilish imkonini beradi. Inson muayyan qobiliyatli bo‘lib dunyoga kelmaydi. Insonga uni tanlash imkoni berilgan. Shu sababli, qobiliyat insonning anatomik –fiziologik xususiyatlar nishonalari asosida shakllandi. “Biror qobiliyat nishonasi ko‘rinmagan insonni tarbiyalashning imkoni yo‘q”, degan edi B.M.Teplov (1961) Qobiliyat odatda faoliyat jarayonida shakllanadi. Ta’lim va tarbiya esa o‘z navbatida ijtimoiy va tarixiy shart- sharoitlarga (tashqi muhit ta’sirlarining hal qiluvchi vazifasida) uzviy bog‘liq bo‘ladi.Lekin ta’lim va tarbiya inson qobiliyati rivojlanishining darajasini belgilaganida, bir xil noyob tarzida turli indivudual farqlar kuzatilmagan bo‘lar edi. Platon ham o‘z davrida: “Aynan bir xil iqtidorli insonlar uchramaydi, chunki har bir insonning qobiliyati o‘ziga hos” degan fikrini bildirgan edi. Qobiliyatning irsiyligi va irsiy emasligi borasidagi munozara necha asrlardan buyon davom etib kelmoqda.Munozara tarafdorlari ularning umumiy dunyoqarashi bilan belgilanib, mushohadali bo‘lgan. Yaqin orada biologiya va ayniqsa, genetika sohasida erishilgan yutuqlar ushbu masalani obyektiv baholash imkonini beradi.Lekin olimlar insonning normal belgilari variantlari irsiyligi haqida yetarlicha bo‘lmagan ma’lumotga ega bo‘lib, ularni o‘rganish imkoniyatlari juda cheklangan.Bu borada insonlarni yillar davomida kuzatish uslublari, alohida oilalarda ko‘rsatgichlarni qiyoslash (shu jumladan, bir necha avlod) shuningdek, bir xil, ya’ni, o‘xshash egizaklar bilan bir xil bo‘lmagan, ya’ni o‘xshash bo‘lmagan egizaklarni o‘rganish uslubi egizaklar uslublari qo‘llanilmoqda.
Ayniqsa, qobiliyatlar shaklanishiga irsiy yoki muhit omillarining ta’sir doirasini baholash qiyinchilik tug‘diradi. Istalgan irsiy omil turli muhit sharoitlarida turlicha ta’sir ko‘rsatadi.Istalgan muhit omillari turli irsiy materialga turlicha ta’sir qiladi.Tashqi muhitning barcha cheksiz omillari, genotipning butun umri davomida o‘zaro ta’sir dinamikasi hisobga olinmasa va o‘lchanmasa, bunday baholash natijasi samarali bo‘lmaydi.Ushbu muammoni soddalashtirishdan voz kechish zarur. Chin qobiliyatni emas, uning nishonalarini, ya’ni muhit ta’siriga nisbatan reaksiya meyorini belgilaydi.Ta’lim va tarbiya ham bunga mutlaq qodir emas.Amerikalik pedagog Dj.Votson aytganidek “Menga bir necha bolalarni bering, men istaganimni: yani ulardan shifokor, huquqshunos, sotuvchi, rassom, va hatto o‘g‘rini yasayman” degan fikr bildirishi noto‘g‘ri.Bu jumla uzoq yillar davomida tarbiya va ta’limning qudrat ramzi bo‘lib kelgan.Pedagogik optimizm to‘g‘ri ta’lim berish orqali har bir insonda istalgan qobiliyatni rivojlantirishda emas, balki sog‘lom odamlar orasida qobiliyatsiz insonlar bo‘lmasligini tan olishdir. Biror sohada qobiliyatsiz inson boshqa sohada qobiliyatli bo‘lishi mumkin.Mashhur ruhshunos V.M. Banshikov “Shaxsning murakkab ijtimoiy tuzilmasiga qaramay, har bir inson uchun biologik belgilangan “Ekologik burchak bo‘lib, unda u samarali mehnat qilishi, salomatligini uzoq saqlashi va jamiyatda naf keltirishi mumkin” deb hisoblaydi.Qobiliyatlar to‘g‘risidagi eng birinchi kitoblardan birini 1575 yil ispaniyalik shifokor Xuan Uarte yaratgan.Uning fikricha, “Har bir inson unga tabiat in’om etgan san’at bilan shug‘ullanib, boshqalaridan voz kechishi lozim, inson bir vaqtning o‘zida harf teruvchi va duradgor bo‘la olmaydi, chunki inson tabiati bir vaqtda ikki xil san’at yoki fanlarni yaxshi bajara olmaydi”.Ingliz faylasufi Lokk va fransuz marifatchisi Gelvetsiy bu fikrga mutlaqo qarama-qarshi g‘oyani ilgari surishgan. XVIII asrda ular “Fikrlashning turfa xilligiga sabab tarbiyadagi turlicha yondashuvlar” degan fikr bildirishgan.Boshqa fransuz ma’rifatparvari, qomusiy olim Didroning fikri eng muqobildir. “Inson tug‘ilganidayoq biror qobiliyatli bo‘ladi, tarbiyalashning vazifasi uning oilasiga yoqadigan insonga aylantirish emas, balki u qobiliyatiga mos keladigan mashg‘ulot bilan muntazam shug‘ullanishga undashdir”.Iqtidorning irsiylik g‘oyasini ilk marotaba ingliz psihologi va antropologi Galton ilmiy jihatdan asoslashga harakat qildi. U turli mashhur kishilar (qo‘mondonlar, siyosiy arboblar, yozuvchilar, shoirlar, musiqachilar, huquqshunoslar va olimlar) ning kelib chiqishini o‘rgandi va iqtidor, ayniqsa, iste’dod irsiy jihatdan avlodlarga beriladi degan xulosa keldi.Lekin XIV-XIX asr yozuvchilari va shoirlari (7000 atrofida) tarjimai holini o‘rgangan fransuz olim Oden ular uchun eng muhim ahamiyatni ijtimoiy iqtisodiy sharoitlar va ta’lim egallaganini: yani, ulardan 90% i oliy va o‘rta ijtimoiy-iqtisodiy darajali oilaga tegishli, 90% i yirik shaharlardan kelib chiqqanligi; 98% erkin ta’lim olganligini aniqladi.Odatda, iste’dod irsiyligiga mashhur bastakor Ioganna Sebastiyana Baxa misol sifatida keltiriladi.Uning oilasida 50 dan ortiq musiqachi va bastakorlar bo‘lib, ulardan 20 tasi taniqli bo‘lgan. Bu avlodda ilk musiqiy iqtidor 1550 yilda ko‘zga tashlanib, 1800 yilgacha davom etgan. Ioganna Sebastiyana Baxa va 1550 yillar orasida 5 avlod almashgan.Motsartning oilasi ham musiqiy iqtidorga ega bo‘lgan. O.Fershuer (1959) “Genotip va musiqiy iqtidor uzviyligi empirik isbotlangan deb tan olinishi mumkin” deb o‘ylagan.
Buyuk matematik Bernulli genealogiyasi ham diqqatga sazovor. Charlz Darvin mashhur Fransuz Galtonuning amakivachchasi bo‘lib, uning ko‘plab qarindoshlari Qirollik ilmiy jamiyati a’zolari bo‘lgan, o‘sha yillarda bu martaba yuqori ko‘rsargichi hisoblangan.Mashhur nemis shoirlari Shiller va Gilderlin faylasuflari Shilling va Gegel, fizik Maks Plankning umumiy ajdodi Iogana Banta bo‘lib, u XV asrda yashab o‘tgan. Barchaga ota o‘g‘il va buva Dyumalar ham ma’lum.Lekin bu holat iqtidorli inson istalgan oilada istalgan halq va ijtimoiy muhitda shaklanmaydi degan fikrni bildirmaydi.Aynan shu sababli, halq orasidan iste’dodlarni topish asoslangan.Aksariyat dunyoga mashhur shaxslar oddiy halq orasidan chiqqan (nemis faylasufi Kant,astronom Kepler, bastakorlar Betxoven va Shuman).
Avloddan avlodga salbiy belgilardan ko‘ra iste’dodning o‘tishini kuzatish murakkab vazifadir. Patologiya bir yoki bir nechta genlarning noqobilligi tufayli yuzaga kelishi, iqtidorning genetik asosi ko‘p omilli bo‘lib, irsiy belgilarning o‘tishida ko‘p sonli genlar ishtirok etishi bilan izohlanadi. Aynan shu sababli, iqtidorli ota-onalarning bolalari iqtidorli bo‘lishi shart emas.Shunday qilib, alohida genotip talab qilinadigan funksiyalar mavjudligi to‘g‘risida xulosa qilish mumkin.Lekin bu fikr iste’dod genetik jihatdan belgilangan degan ma’noni anglatmaydi.
Alohida iqtidor borasida so‘z borganda qobiliyatlar emas, balki iste’dod va hatto dohiylik borasida so‘z boradi.Ehtimol, insoniyatda aqliy farqlar muammosi kabi tadqiqot natijasida shu qadar e’tibor va faollikni talab qilmagan. Inson sifatida aqliy tafakkur koeffitsienti (/o) ni keltirish mumkin.Shu vaqtgacha, “Intellekt” tushunchasi to‘liq izohlanmagan bo‘lsada, /o o‘lchov uslublari tanqid ostiga olinmoqda.Mualliflar turli darjada qarindosh bo‘lgan.30 mingdan ortiq korrellyatsiya koeffitsientlarini 8 davlat va 4 qit’ada o‘tkazilgan, 52 tadqiqotlar natijalarini umumlashtirildi./o bir biriga yaqin uslublar yordamida o‘rganildi.Ushbu ma’lumotlarga asoslangan ko‘plab olimlar intellekt (aql) hech bo‘lmasa 2/3 da irsiy jihatdan beriladi degan xulosaga kelishdi.
Lekin ko‘pchilikning fikricha, inson qobiliyatini belgilamaydi. Shaxsning ijodiy yutuqlariga emas, balki yangi tushunchalarni yaratish va yangi ko‘nikmalarini shakllantirish, ya’ni uning ijodkorligi qobiliyatiga bog‘liq.Hozirgi kunda, ijodkorlikni o‘lchovchi ishonchli uslublar mavjud emas. “Iste’dodli inson” tushunchasi qobiliyatlardan tashqari motivatsiya, yani istalgan faoliyatga muhabbatni o‘z ichiga olishi kerak. Nobel mukofoti sohibi N.N.Semenov “Bu muhabbatni yoshligida his qilmagan inson hech qachon iqtidorli bo‘la olmaydi” deb hisoblaydi.Ijodkor shaxsni qanday belgilar ajratib turadi? I.P.Pavlovning fikricha, uni o‘z sohasiga bo‘lgan mehnatsevarlik, o‘ziga hoslik tafakkur mustaqilligi va erkinligi, tavakkalchilik, hazilga moyillik diqqatni jamlay olish va
“To‘xtovsiz fikrlash” belgilari ajratib turadi.Iste’dodning eng yuqori cho‘qqisi borasida turli fikrlar mavjud.Ba’zi buyuk kishilarda iste’dod juda namoyon bo‘lsa, boshqalarda kechroq bilinadi. Gayden 6 yoshda, Medlenson 9 yoshda o‘z iqtidorini ko‘rsatgan. Buyuk Lomonosov esa o‘qishni kech boshlagan, Shunday bo‘lsa-da, bir necha sohalarda ko‘plab yutuqlarga erishgan.Ota-onalar iqtidori odatda bolalarda ko‘ringan, iqtidorga mos kelmaydi, ya’ni iqtidor predmeti ota-onalar va bolalarda turlicha bo‘lishi mumkin.Iqtidor har qadamda uchramaydi, lekin muqobil tarbiya va ta’lim keng ommaning ijodiy potensialini faollashtirishi bor gap.Shu tarzda, “Qobiliyat” tushunchasi har doim tug‘ma va orttirilgan biologik va ijtimoiy, tabiiy va jamoaviy nisbat bilan bog‘liq. Inson bu ikki omil-tabiiy va ijtimoiydan hosil bo‘lgan biosotsial mavjudot bo‘lib, uning har bir qirrasi ushbu omillarning o‘zaro ta’sirini aks ettirishi kerak. Belgilangan vaziyatlarda bu omillarning ta’siri turlicha bo‘ladi.

Download 101.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling