Innovatsiyalar vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish


Download 2.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/45
Sana10.10.2023
Hajmi2.52 Mb.
#1696837
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45
Bog'liq
Yusupov A Dissertatsiya 08.10.2023

4.3 - jadval 
Azotli o’g’it me’yori va biologik preparatni soya hosildorligiga ta’siri 
 
№ 
Mineral 
o’g’itlarning yillik 
me’yori, kg/ga 
Biologik 
preparat, 
Rizovit, 
gramm/ga 
Hosildorlik s/ga 


K
2022 
2023 
O’rtacha 
Nazoratga 
nisbatan 
qo’shimcha hosil 

15,3 
18,8 
17,05 

90 
60 
26,1 
27,6 
26,85 
9,8 

40 
90 
60 
29,1 
28,5 
28,80 
11,8 

90 
60 
200 
30,3 
33,5 
31,90 
14,9 

40 
90 
60 
200 
32,1 
35,1 
33,60 
16,6 
EKIF
05
2,08 1,98
Sx% 2,42 2,51
Soya O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida nisbatan yosh o‘simlik hisoblanadi. 
Uning donida 30-52 % oqsil, 18-25 % moy, 20 % uglevodlar bor. Soya donidagi 
oqsilning miqdoriga ko‘ra unga teng keladigan ekinni o‘zi yo‘q, har gektaridan 
chiqadigan proteinlik donning hajmi bo‘yicha soya gorox va no‘xatdan yuqori 
turadi. Oqsilning hazm bo‘lishi 77-92 % ga teng va organizmga singishi 84-100 %, 
soyadan eng oqilona foydalanish undan moyini ajratib olib, so‘ng kunjarasini 
chorvaga, parrandalarga berish hisoblanadi [78; 6-7-b.]. 
O.M.Shirinyan, N.F.Chayka [112; 192-204-b.] ma’lumotlariga ko‘ra, tuproq 
unumdorligini yuqori bo‘lishi, tuganak bakteriyalarning miqdorining ortishi va 
azotni fiksatsiya qilinishi soyaning don hosildorligi va uning tarkibidagi oqsil 


71 
miqdorini yuqori bo‘lishini ta’minlab, don hosili 0,4-0,7 t/ga, oqsil miqdori 3-8 % 
ga yuqori bo‘lishi aniqlangan. 
Soya donidagi oqsilning miqdoriga ko‘ra unga teng keladigan ekinni o‘zi 
yo‘q, har gektaridan chiqadigan proteinlik donning hajmi bo‘yicha soya gorox va 
no‘xatdan yuqori turadi. Oqsilning hazm bo‘lishi 77-92 foizga teng va organizmga 
singishi 84-100 foiz, soyadan eng oqilona foydalanish undan moyini ajratib olib, 
so‘ng kunjarasini chorvaga, parrandalarga berish hisoblanadi [75; 52-56-b., 78; 6-
7-b.]. 
Ayrim olimlarning ma’lumoti bo‘yicha fosforli o‘g‘itlar soyaning moylilik 
darajasini, azotli o‘g‘itlar oqsil miqdorini oshiradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 60 kg/ga 
fosfor solinganda donning tarkibida oqsil 19,7 dan 21,1 % gacha, moy miqdori 
17,5 dan 20,8 % gacha oshganligi aniqlangan. Soyaga 30 kg/ga fosfor solinganda 
don tarkibida 18-25 % oqsil bo‘lgan, o‘g‘itsiz ko‘rinishda 17,13 % bo‘lgan. 
Soya ekini donining kimyoviy tarkibi uning muhim sifat ko‘rsatkichlaridan 
biridir. Soya doni tarkibi oqsilga, uglevodlarga, moyga, mineral moddalarga
vitaminlarga boy bo‘lib, muhim oziq-ovqat, yem-xashak ahamiyatiga ega. 
Bizning tajribalarimizda donning kimyoviy tarkibi qo’llanilgan mineral 
o’g’itlar va biologik preparat (Rizovit-AKS) xususiyatlariga bog‘liq holda 
o‘zgardi. Biokimyoviy tahlillarini o‘tkazganimizda o’g’it qo’llanilmagan nazorat 
variantida (2022-2023 y.y) doning namligi mos ravishda 12,2-12,6 % ni, P90K60 – 
fon variantida 12,3-13,4% ni, mineral o’g’itlarni (N40P90K60) to’liq me’yori 
qo’llanilgan 12,5-12,8% ni, P90K60 – fonida 200 gramm/ga me’yorida Rizovit 
preparati qo’llanilganda 12,4-12,9% ni tashkil qilgan bo’lsa, ushbu ko’rsatkich 
mineral o’g’itlar (N40P90K60) fonida esa, biologik preparat Rizovitni 200 
gramm/ga me’yorida qo’llanilganda 12,6-12,1% ni tashkil qildi. Bundan ko’rinib 
turubtiki variantlar bo’yicha qo’llanilgan mineral o’g’itlar va biologik preparat 
olingan hosilning namlik darajasiga ta’siri sezilarli bo’lishi kuzatilmadi (4.5-
jadval). 


72 
O‘simlikda azot almashinuvining yaxshilanishi uning tarkibida oqsil 
moddasining ko‘p hosil bo‘lishiga olib keladi. o’g’it qo’llanilmagan nazorat 
variantida (2022-2023 y.y) dondagi oqsil miqdori mos ravishda 28,5-27,6 % ni, 
P90K60 – fon variantida 30,4-32,6% ni, mineral o’g’itlarni (N40P90K60) to’liq 
me’yori qo’llanilgan 34,5-35,2% ni, P90K60 – fonida 200 gramm/ga me’yorida 
Rizovit preparati qo’llanilganda 35,7-37,1% ni tashkil qilgan bo’lsa, ushbu 
ko’rsatkich mineral o’g’itlar (N40P90K60) fonida esa, biologik preparat Rizovitni 
200 gramm/ga me’yorida qo’llanilganda 36,4-38,6% ni tashkil qildi. Ushbu 
N40P90K60 – fonida 200 gramm/ga rizovit preparati qo’llanilgan variantda 
tuproqning agrokimyoviy xossalari va o’simlikda azot aylanishi jadal bo’lganligi 
hisobiga don tarkibidagi oqsil miqdori qolgan variantlarga nisbatan maksimal 
ko’rsatkichda bo’ldi. 

Download 2.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling