Innovatsiyalar vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish


rivojlanishi, hosildorligi va hosil sifatiga ta’siri


Download 2.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/45
Sana10.10.2023
Hajmi2.52 Mb.
#1696837
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45
Bog'liq
Yusupov A Dissertatsiya 08.10.2023

rivojlanishi, hosildorligi va hosil sifatiga ta’siri 
4.1-§. Azotli o’g’itlar me’yori va biologik preparatni soya o‘simligi o‘sishi va 
rivojlanishiga ta’siri 
Surxondaryo viloyatining o’tloqilashib borayotgan taqirsimon tuproqlari 
sharoitida olib borgan dala tajribamizda minral o’g’itlar fonioda biologic preparat 
qo’llanilgandan tuproq oziq rejimi va soyaning oziqlanishini maqbullashishi 
hisobiga o‘simlikning o‘sishi hamda rivojlanishining jadallashganligi ma’lum 
bo’ldi. 
N40P90K60 kg/ga fonoda biologik preparatni qo’llash natijasida tuproqning 
agrokimyoviy xossalari yaxshilanib, uning unumdorligi, jumladan, harakatchan 
oziq moddalar miqdorining ortishi soyaning o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatdi. O‘g‘itsiz-nazorat variantda asosiy poya balandligi butun o‘suv davri 
davomida dinamikada sekin o‘zgardi. Mineral o‘g‘itlarni qo‘llash natijasida 
tuproqda harakatchan oziq moddalarni ortishi soyaning o‘sishini kuchaytirdi. Bu 
ayniqsa, azotli o‘g‘itlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘ldi. Soya shonalash fazasiga 
kirishi bilan o‘simlikning biologiyasiga ko‘ra, barcha variantlarda soyaning o‘sishi 
keskin kuchayish tomonga o‘zgardi. Soya asosiy poyasi balandligiga P90K60 
kg/ga fon variantiga nisbatan N40P90K60 + 200 gramm/ga biologik preparat 
qo’llanilgan variantda kuchli bo‘lganligi kuzatildi (4.1 - jadval). 
P90K60 kg/ga o’g’it me’yorini nazorat fonida alohida va azotli o’g’itni 40 
kg/ga me’yorida qo‘llanilganda ham g‘o‘za asosiy poyasining o‘sishi va 
rivojlanishini o‘g‘itsiz nazoratga nisbatan kuchayishiga olib keldi. Masalan, 
o‘g‘itsiz nazorat variantida 1-mayda soya asosiy poyasining balandligi (2022-2023 
y.y) mos ravishda 15,0 va 16,4 sm, 1-iyunda 20,8 va 21,5 sm, 1 iyulda 33.8 va 35,7 
sm va 1-avgustda 41,5 va 110,1 sm bo‘lgan bo‘lsa, P
90
K
60 
variantida bu 
ko‘rsatkich, yuqoridagiga mos ravishda 15,8 va 17,5; 22,4 va 23,6; 48,6 va 49,3 
hamda 52,7 va 54,6 sm hamda N
40
P
90
K
60
variantida esa mos ravishda 17,1 va 19,5 


64 
sm; 38,2 va 40,6 sm; 64,8 va 51,5 sm hamda 80,6 va 82,5 sm bo’lganligi qayd 
etildi (4.1 - jadval). 
Mineral o’g’itlar fonida N40P90K60 kg/ga fonida urug’larga 200 gramm/ga 
Rizovit-AKS preparati bilan ishlov berib ekilganda soya asosiy poyasining 
balandligi mineral o’g’itlarni o’zi alohida qo’llanilgan variantga nisbatan mos 
ravishda 3,0 va 3,6; 11,3 va 10,8; 27,0 va 23,1 hamda 23,7 va 27,6 sm ga 
yuqoriligi ma’lum bo’ldi. 

Download 2.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling